Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


FUQAROVIY DA’VONING ASOSI



Yüklə 1 Mb.
səhifə222/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

FUQAROVIY DA’VONING ASOSI – yuridik faktlarning yig‘indisi, fuqaroviy da’vogar esa ulardan o‘zining talablarini shakllantiradi. Bu faktlar: jinoyat sodir bo‘lishi; fuqaroviy da’vogar tomonidan moddiy zararning mavjudligi; jinoyat va zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish.

FUQAROVIY JAVOBGAR – ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga ko‘ra jalb qilingan mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot.

FUQARONING MUOMALA LAYOQATI – fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. U voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.

FUQARONING HUQUQ LAYOQATI – barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati. Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.


G


GAROV – ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob varag‘iga topshiriladigan pul mablag‘i yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida ko‘chmas mulk ham qabul qilinishi mumkin.

GUVOH – jinoyat sudlov ishlari yuritishning ishtirokchisi sifatida qonunga muvofiq, jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs.

GUVOHLANTIRISH – guvohlantirish tergov harakati: 1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, dog‘larni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tug‘ilgan hollarda (agar buning uchun ekspertiza o‘tkazish lozim bo‘lmasa); 2) ekspertiza o‘tkazishni talab qilmaydigan usullarni qo‘llash yo‘li bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tug‘ilgan hollarda o‘tkaziladi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin