Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə225/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

HUKMNI E’LON QILISHsud majlisi zalida, raislik qiluvchi yoki xalq maslahatchisi tomonidan tuzilgan hukmni o‘qib eshittirishga qaratilgan protsessual harakat.

HUQUQ ANALOGIYASI (o‘xshashligi) – yunoncha “analogia” so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosiga ko‘ra “muvofiqlik”, “o‘xshashlik” so‘zlariga yaqin. Huquqda o‘xshash normalar yo‘q bo‘lsa, bu holda huquqning tegishli huquq tarmog‘i va huquq institutini huquqiy tartibga solishning umumiy asoslari va umumiy prinsiplari qo‘llaniladi.

HUQUQ VA ERKINLIKLAR KAFOLATI – huquq va erkinliklarning amalga oshishini, ro‘yobga chiqishini ta’minlovchi vositadir. Huquq va erkinliklarni qonunlarda yozib qo‘yish bilan cheklanmay, shu qonunlarda ularni amalga oshirish yo‘llari ham belgilanishi huquqiy kafolat hisoblanadi. Konstitutsiyaning 10-bobi huquq va erkinliklarning kafolatlarini belgilab qo‘ygan. Unga asosan huquq va erkinlik davlat, sud hokimiyati tomonidan kafolatlanadi, O‘zbekiston Prezidenti ham huquq va erkinliklarning kafilidir. Bundan tashqari, huquq va erkinliklarning amalga oshishi uchun iqtisodiy manbalar, imkoniyatlar ham zarur. Ana shu imkoniyatlarning yaratilishi iqtisodiy kafolat hisoblanadi. Davlatimiz iqtisodiy jihatdan qanchalik baquvvat bo‘lsa, huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyati shunchalik kuchayadi.


I


ISBOTLASHNING UMUMIY SHARTLARI – qonunda belgilangan qoidalar bo‘lib, ular isbotlashning o‘ziga xos jihatlarini ifoda etadi hamda dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash hamda qarorlar qabul qilish tartibiga nisbatan qo‘yiladigan qat’iy protsessual talablarni belgilaydi.



ISBOTLASHNING PROTSESSUAL SHAKLI – qonun bilan belgilangan qoidalar tizimi hisoblanib, jinoyat protsessining barcha bosqichlarida ularga qat’iy rioya qilish shartdir, ya’ni isbotlash jarayonini huquqiy tartibga solinishi jinoyat ishlari yurituvida haqiqatni aniqlash vositalari va usullarini protsessual normalarda mustahkamlaydi.

ISBOT QILISH – jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni olishga qaratilgan harakatlar tizimidir. U jinoyat protsessini harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, u protsessning bir bosqichidan ikkinchisiga tadrijiy o‘tishini to jinoyat ishi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar ta’minlaydi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin