Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA EKSPERTIZA O‘TKAZISHDA MAXSUS BILIM



Yüklə 1 Mb.
səhifə229/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA EKSPERTIZA O‘TKAZISHDA MAXSUS BILIM – fan, texnika, san’at va kasb-hunar sohalarida uzoq vaqt davomida mashg‘ul bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan ko‘nikmalar.

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA EKSPERTIZA EKSPERTIZANI O‘TKAZISHDA TERGOVCHI YOKI SUDNING HARAKATLARI – ekspertiza muassasasini va xulosa berishi lozim bo‘lgan ekspertni aniqlash va jalb qilish; ekspert amalga oshirishi va aniqlashi kerak bo‘lgan holatlarni belgilab berish; o‘tkazilayotgan ekspertizaning qonuniyligini nazorat qilish; ekspertiza xulosasini olish, tahlil qilish, baholash va daliliy ahamiyatini aniqlash va b.

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA EKSPERTIZA TERGOV HARAKATINING BOSHQA TURDAGI TERGOV HARAKATLARIDAN FARQLOVCHI XUSUSIYATLARI – a) maxsus bilimlarga tayanish; b) ekspertizaning o‘ziga xos ketma-ketlikda amalga oshirilishi; d) ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lum bir holatni qayta tiklash maqsadida amalga oshirilish; e) ekspertizani o‘tkazuvchi maxsus subyektning ishtiroki; f) ekspertiza tadqiqotining o‘tkazilishi va natijasi isbotlashning mustaqil turi bo‘lmish maxsus rasmiylashtiriladigan hujjatda – ekspertiza xulosasida namoyon bo‘lishi; g) ushbu jarayon jinoyat protsessi bir necha subyektlari faoliyatining umumlashmasidan shakllanishi; h) jinoyat ishi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lum bir obyekt yoki predmetni tadqiq qilishda maxsus bilimlarning qo‘llanilishi; i) tadqiqotning vakolatli shaxs (tergovchi, sudya) ko‘rsatmasiga muvofiq, maxsus subyekt, ya’ni ekspert tomonidan amalga oshirilishi; j) ekspertizani tayinlash, o‘tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish tartibining qonun bilan qat’iy o‘rnatilganligi; k) dalilning mustaqil turi bo‘lgan, o‘tkazilgan tadqiqotning natijasi sifatida olingan natijalarini ekspert xulosasi shaklida rasmiylashtirilishi va b.

JINOYAT ISHI YURITUVI – jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va hal etish mazmunini tashkil etgan surishtiruv, dastlabki tergov organlarining prokuror va sudning faoliyati.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin