KASSATSIYA INSTANSIYASIDA ISH KO‘RISHDA SUD TARKIBI – yuqori turuvchi sud ishni kassatsiya tartibida kollegial tarzda uchta malakali sudyadan iborat tarkibda ko‘radi.
KASSATSIYA INSTANSIYASINING VAKOLATLARI – sud jinoyat ishini kassatsiya tartibida ko‘rib, hukmni yoki ajrimni (qarorini) o‘zgartirishsiz qoldirishi; hukm yoki ajrimni (qarorni) bekor qilib, ishni qo‘shimcha tergovga yoki yangitdan sudda ko‘rish uchun qaytaradi; jinoyat ishini tugatadi.
|
KASSATSIYA TARTIBIDA ISH YURITISH – birinchi instansiya sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan kiritilgan shikoyat yoki protestlar yuzasidan jinoyat ishining kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi.
|
KASSATSIYA SHIKOYATI VA PROTESTI – ishning hal qilinishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning birinchi instansiya sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari ustidan kassatsiya tartibida bildirilgan protsessual murojaatidir.
|
KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN TERGOV HARAKATLARI – muayyan jinoyat ishi yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan ayrim tergov harakatlarini kechiktirmay amalga oshirilishi.
|
KORXONALAR, MUASSASALAR, TASHKILOTLAR, JAMOAT BIRLASHMALARI VA MANSABDOR SHAXSLAR BERGAN XABARLAR – yuridik shaxslarning jinoyat to‘g‘risidagi yozma (xizmat xati, tasdiqlangan telefonogramma, telegramma, radiogramma shaklida) bayon etilgan murojaati.
|
KOMPLEKS EKSPERTIZA – ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi.
|
|