KOMISSIYAVIY EKSPERTIZA – ekspertizada qatnashayotgan ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi. Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
KO‘ZDAN KECHIRISH – jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir bo‘lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni ko‘zdan kechirishdan iborat tergov harakati.
|
KO‘RSATUVLAR – asosiy dalil manbalaridan hisoblanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchining jinoyat hodisasi yuzasidan bergan ma’lumotlaridir.
|
KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH – surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bo‘lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga qaratilgan tergov harakati.
|
KO‘CHAR NARSALARNI TANIB OLISH – jinoyatga aloqador bo‘lgan narsalar, ularning bo‘laklari, hayvonlar va tergov harakatlari olib borilayotgan joyga yoki sudga olib borish imkoniyati bo‘lgan har qanday narsalar tanib olish uchun olib kelinishi kerak.
|
KO‘CHMAS OBYEKTNI TANIB OLISH – haqiqatni aniqlash va jinoyat haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumotlar olish maqsadida ko‘chmas mulklarni, buyum va predmetlarni, joy, bino, inshoot, binoning ma’lum bir xonasini jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o‘rnini aniq aytib bera olmasa, shu joyga borish yo‘lini ko‘rsatishga istak bildirsa, unga shu joyni ko‘rsatishga imkon beriladi.
|
Dostları ilə paylaş: |