Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə252/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

T


TAFTISH – ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqidagi ma'lumotlarni tekshirilayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan olish mumkin bo‘lgan tergov harakati.

TAQDIMNOMAjinoyat ishi yurituvida sudga, davlat organiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga yoki mansabdor shaxslarga kiritiladigan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning protsessual hujjati.

TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH – shaxsning yoki ashyoning aynanligini aniqlash uchun olib boriladigan tergov harakati.

TANIB OLISH – insonning ko‘rish, eshitish, bilish hissiyotlarining kompleks majmuasi orqali aniqlab, boshqa shaxslar, boshqa predmet va buyum, narsalar ichidan ajratib olish orqali amalga oshiriladi. Bu tanib olish anatomik belgilar asosida, ya’ni jinsi, yoshi, bo‘yi, tuzilishi, gavdasining shakli, hajmi, tana qismlarini alohida xususiyatlari, yuz tuzilishi, milliy yoki irqiy ko‘rinishi v.h.lar orqali amalga oshirilishi mumkin.

TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH BAYONNOMASI – surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan tuziladi. Bayonnoma tanib olishni o‘tkazayotgan shaxs tomonidan o‘qib eshittiriladi va protsess ishtirokchilaridan qo‘shimcha yoki e’tirozlari bor-yo‘qligi aniqlanadi. Sud tergovi chog‘ida o‘tkazilgan tanib olish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.

TANIB OLISH JARAYONI – ilgari kuzatuvda bo‘lgan obyektni tanish hisoblanadi. Shu bois insonning eslash qobiliyati jinoyat sodir bo‘lgan paytdan boshlab vaqt o‘tishi bilan bu hodisa to‘g‘risidagi taassurotlar va ularni esda saqlash darajasi vaqt o‘tishi bilan pasayib borishi sababli mazkur tergov harakatini tezkor o‘tkazish taktik jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin