USHLAB TURILGAN SHAXS – jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasdan yoki jinoyat ishi bo‘yicha shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilinmasdan ushlab turilgan shaxs.
USHLAB TURISH – jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iborat protsessual majburlov chorasi.
|
V
VOYAGA YETMAGAN – o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs.
|
VOYAGA YETMAGAN BOLANING SHAXSIY NOMULKIY HUQUQLARI – voyaga yetmagan bolaning shaxsiy nomulkiy huquqlariga, oilada yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi, o‘z fikrini ifoda etish huquqi, ism, ota ismi va familiya olish huquqi, ismi va familiyasini o‘zgartirish kabi huquqlari kiradi.
|
VOYAGA YETMAGANLARNI KUZATUV OSTIGA OLISH UCHUN TOPSHIRISH – voyaga yetmaganlarni ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasining ma’muriyati kuzatuv ostiga olishi mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning tergovchi, prokuror huzuriga va sudga o‘z vaqtida kelishi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishni taminlash mas’uliyatini yozma ravishda o‘z zimmasiga olishi.
|
VOYAGA YETMAGAN GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHINI SO‘ROQ QILISH – voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoyachi ishtirokida so‘roq qilish. So‘roq qilish chog‘ida tergovchining ruxsati bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. So‘roq oxirida himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirishga haqli. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak.
|
|
Dostları ilə paylaş: |