Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat protsessi prinsiplari



Yüklə 1 Mb.
səhifə31/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Jinoyat protsessi prinsiplari – bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Jinoyat-protsessual kodeksida mustahkamlangan, jinoyat ishlarini yuritishning eng muhim xususiyatlari, xarakteri va mazmun-mohiyatini belgilovchi hamda jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish, sudda ko‘rib chiqish va hal qilish bilan bog‘liq jinoyat-protsessual faoliyatida jinoyat-protsessual munosabatlari sohasiga jalb etilgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalda ta’minlashga va jinoyat protsessi maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy qoidalardir.

Prinsiplar yaxlit tizim doirasida amal qilib, bu tizimda har bir prinsipning mohiyati nafaqat uning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi, balki butun tizimning ishlab turishi bilan aloqador bo‘lib turadi. Tizimda ayrim prinsip buzilishi, qoida tariqasida, boshqa prinsiplar va shu bilan birga, ish bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylik buzilishiga olib keladi.


Prinsiplar umumiy tusdagi normalar bo‘lib, amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan barcha masalalar hal qilinishini ta’minlaydi. Protsessual huquqning ayrim normalari o‘rtasida muammolar yoki qarama-qarshiliklar vujudga kelsa, bu qiyinchiliklarni hal qilish vositasi sifatida prinsiplar xizmat qiladi.
O‘z mazmuniga ko‘ra prinsiplar imperativ, hokimiyat-buyruq tusga ega bo‘lib, bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadigan umumiy majburiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga qamrab oladilar.
Mafkuraviy kategoriya sifatida prinsiplar ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar ta’siri ostida shakllanadi, biroq protsessual faoliyatni va uning sohasida vujudga kelayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga solish vazifasini g‘oyalar emas, balki ularga asoslangan norma-prinsiplar bajaradi. G‘oya huquq normalarida mustahkamlab qo‘yilmaguncha odil sudlov prinsipi bo‘la olmaydi, u huquqiy ong mahsuli va ilmiy xulosa bo‘lib qolaveradi.
Prinsiplarning normativligi davlat faoliyatining alohida turi bo‘lgan odil sudlov tabiatidan ajratib bo‘lmaydigan ularning asosiy xususiyatidir. Ular inson va fuqaro hamda tegishli davlat organlariga qaratilgan bo‘ladi. Protsessni olib borayotgan davlat organlari belgilangan prinsiplarga rioya qilgan holda faoliyatini amalga oshirib, ularni buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin