Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1.37 Mb.
səhifə16/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1.37 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

B/B/B jadvali


Bilaman

Bilishni istayman

Bilib oldim

1

2

3
















































Nazorat savollari

1. Milliy tarbiyaning bosh maqsadini tushuntiring.

2. Milliy g‘oyani fuqarolar ongiga singdirish vositalari qanday?

3. Milliy g‘oyani fuqarolar ongiga singdirish yo‘alishlarini ko‘rsating.

4. “Mafkuraviy tarbiya” tushunchasining mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari.

5. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning ahamiyati.
Foydalanilgan adabiyotlar

1.I.A.Karimov.O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida- T.:O‘zbekiston, 2011

2. I.A.Karimov.”YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” - T.:O‘zbekiston, 2008

3. Mamashokirov S., Tog‘aev SH. Erkin va farovon xayot qurilishining g‘oyaviy- mafkuraviy masalalari. -T.:“Ma’naviyat”, 2007.



4. O‘zbekistonda davlat qurilishi sohasidagi islohotlar va huquqiy siyosat: rivojlanish bosqichlari, erishilgan natijalar va istiqbollar. - T.:“Akademiya”, 2010.

5.O‘zbekiston: siyosiy islohotlar strategiyasi, erishilgan natijalar va istiqbollar. -T.: “Akademiya”, 2010.

TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINING MAZMUNI VA HAJMI


Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi ” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.

Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning deyarli barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 4 mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan:

1.Prezident Islom Karimov - milliy istiqlol g‘oyasi konsepsiyasining asoschisi.



2. Demokratiyaning zamonaviy shakl-ko‘rinishlari va bu boradagi mafkuraviy qarashlar va ta’limotlar.

3. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi, undagi ijtimoiy- ikqisodiy va siyosiy o‘zgarishlar mohiyati.

4. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”, undagi asosiy yunalishlar va vazifalar.

KEYSLAR BANKI

http://scheglenko.school04.smoladmin.ru/images/keys.jpg

1-Keys.

  1. Inson hayoti har narsadan ustundir. Faraz qiling siz o‘ta qimmatbaho, antikvar buyumlar saqlanadigan muzey o‘qituvchisisiz. Muzeyga to‘satdan bosqinchilar hujum qilib qoldi. Siz inson hayoti oliy qadriyat ekanligi prinsipiga amal qilgan holda o‘z vazifangizni tashlab qochib qoldingiz. YA’ni siz bu bilan o‘z hayotingiz va bosqinchilar hayotini – inson hayotini saqlab qoldingiz.

Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi




Muammo (asosiy va kichik muammolar)

Echim

Natija


















Savollar:

  1. Bu vaziyatda qanday ma’naviy dilemma o‘rtaga chiqyapti?

  2. Antikvar buyumni saqlab qolish uchun jon fido qilish axloqning inson hayoti oliy qadriyat ekani haqidagi prinsipga zid emasmi? Aksincha bo‘lsa-chi?

  3. Agar aksincha bo‘lganda, ya’ni siz antikvar buyumni saqlab qolish uchun bosqinchini otib o‘ldirsangiz, inson hayotini o‘sha buyumdan qadrsiz ko‘rgan bo‘lmaysizmi? SHunday hisoblasangiz, fikringizni asoslang?

  4. Ushbu vaziyatni baholashda qaysi axloqiy tushunchalar qo‘l keladi?

2-Keys

Toshkent shahridagi OTMdan birining auditoriyalaridan biriga dars jarayonidan tashqi ko‘rinishi shubhali bir yosh yigitning kirib qolgani kuzatilgan. Dars olib borayotgan o‘qituvchi uning darsda o‘tirishiga ruxsat bergan. Notanish yigit dars asnosida o‘qituvchiga diniy savollar bilan murojaat qilgan, ayrim savollarga o‘qituvchi javob olmasligi o‘zaro kelishmovchilikka sabab bo‘lgan. Mazkur yigitning vaziyati ekspertlar tomonidan prozelitizmning olib keluvchi holat deb baholangan.


Keyslarga javob bering:

1. Bu vaziyatda o‘qituvchining tutgan yo‘li to‘g‘rimi?

2. Prozelitizm haqida nimalarni bilasiz?

3. Bu o‘rinda notanish yigit tomonidan qaysi me’yoriy-huquqiy xujjatlarning talablari buzilgan?

4. Agar siz ushbu ushbu vaziyatda bo‘lsangiz nima qilgan bo‘lar edingiz?
3-Keys
Mamlakatimizning Farg‘ona vodiysidagi tumanlardan birida Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tmagan, ammo ilgari masjid sifatida qurilgan bino bor edi. Odamlar binodan masjid sifatida foydalanib kelishar, ibodatlar amalga oshirilar edi. Mazkur bino keyinchalik Tuman hokimiyati tasarrufiga o‘tkazildi va oradan yana bir necha muddat o‘tganidan keyin yana boshqa bir tashkilot tasarrufiga o‘tkazildi. Bu esa odamlarda muayyan norozilik kayfiyatini uyg‘otdi.
Keyslarga javob bering

1. Masjidlar Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan faoliyat olib borishi to‘g‘rimi?

2. Tuman hokimining buyrug‘i to‘g‘ri chiqarilganmi?

3. Odamlar tuman hokimining qarorini o‘zgartirish va binodan yana masjid sifatida foydalanish huquqiga egami?

4. Bu o‘rinda odamlar tomonidan qaysi me’yoriy-huquqiy xujjatlarning talablari buzilgan?

5. Agar siz ushbu ushbu vaziyatda bo‘lsangiz nima qilgan bo‘lar edingiz?



4-Keys
Keyslarga javob bering:

  1. Ma’naviyat qaysi turlarga bo’linadi?

  2. Milliy, mintaqaviy va umuminsoniy ma’naviyatnig farqi nimada?

2.Islom Karimov o’zining hajmi jihatdan kichik bo‘lsa ham, ammo mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini o’zida aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bo‘lgan «O‘zbekistonnnig o‘z istiqloli va taraqqiyoti» nomli asarida O‘zbekistonni ma’naviy – ma’rifiy rivojlantirishning strategik vazifalarini belgilab berdi. Bu asar O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgari surilgan barcha g‘oyalar o‘tgan davrda o‘zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi. Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning milliy -ma’naviy tiklanish konsepsiyasini yaratdi va uni o’zining «O‘zbekistonnnig o‘z istiqloli va taraqqiyoti» nomli asarida ilk marta e’lon qildi. «O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi» – deb ko‘rsatdi. Islom Karimov ushbu asarida mamlakat milliy-ma’naviy taraqqiyotini amalga oshirishlarinig quyidagi yo’nalishlarini belgilab berdi. Bular:

  • umuminsoniy qadriytlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • vatanparvarlik.

Asarda mamlakat taraqqiyotining muhim omillari yoritib berilgan. Jumladan, Islom Karimov mamlakat taraqqiyoti dunyo xalqlari tomonidan e’tirof etilgan qadriyatlarga bog’liq ekanligini ta’kidlab shunday yozadi: «Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir.

Jadvalni to’ldiring:

Vaziyat turi

Vaziyatning kelib chiqish sabablari

Mazkur vaziyatda Siz qanday qaror qabul qilasiz



TESTLAR

1. Qaysi davlat mustahkam, qudratli va obod bo‘ladi?

a) o‘z milliy g‘oyasi, milliy mafkurasiga ega bo‘lgan;

b) o‘z milliy mafkurasiga ega bo‘lgan;

v) o‘z qudratli armiyasiga ega bo‘lgan;

g) o‘z milliy g‘oyasiga ega bo‘lgan;

d) harbiy qurolli kuchlariga ega bo‘lgan davlat.

2. Ijtimoiy hayot nimalar asosida rivojlanadi?

a) siyosiy institutlar asosida;



b) siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida;

v) mafkura va fikrlar xilma-xilligi asosida;

g) mafkuralar asosida;

d) iqtisod asosida.



3. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi nima?

a) ozod va obod Vatan;

b) xalq farovonligi;

v) ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot;

g) erkin hayot;

d) mustaqillik.

4. Bizning bosh strategik maqsadimiz nimalardan iborat?

a) bozor iqtisodiyotiga utish;

b) erkin demokratik davlat barpo etish;

v) fuqarolar jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish;



g) bozor iktisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fukarolik jamiyatining mustaxkam poydevorini shakllantirish;

d) javob yo‘q.


5. Milliy istiklol mafkurasining asosiy goyalari.

a) komil inson, bagrikenglik, totuvlik;

b) dinlararo bagrikenglik, Vatan ravnaki, yurt tinchligi;

v) xalk farovonligi, ijtimoiy xamkorlik, millatlararo totuvlik, komil inson;



g) b va v;

d) hamma javob to‘g‘ri.


6. Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz.

a) ona-Vatanga sadokat;

b) mukaddas dinimizga sog‘lom munosabat;

v) boy tariximizga sog‘lom munosabat;



g) a, b, v;

d) bo‘ysunish.



7. Ma’naviy barkamol inson deganda qanday odamni tushunasiz?

a) Milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni chuqur egallagan va unga amal qilgan ziyoli shaxs;

b) Adabiy, san’at, falsafa, xuquqka doir chuqur bilimga ega bo‘lgan kishilar;

v) Jamiyatda mavjud barcha qonun-qoidalarni, axloq me’yorlarni mukammal o‘zlashtirgan shaxslar;

g) Diniy bilimlarni chukur o‘zlashtirgan, unga to‘la amal qiladigan shaxs;

d) Jaholatga qarshi ilg‘or g‘oya bilan kurashadigan shaxs.

8. Bizga yot g‘oyalarga qarshi qanday kurashmok lozim?

a) g‘oyaga karshi g‘oya, jaxolatga karshi nafrat bilan;



b) g‘oyaga karshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan;

v) fikrga karshi fikr, yot g‘oyaga karshi qonuniy kurash bilan;

g) jaholatga qarshi ilg‘or g‘oya bilan;

d) qat’iylik bilan.



9. Vayronkor g‘oyalar deganda kanday g‘oyalar nazarda tutiladi?

a) mustaqillik, millatchilik, bosqinchilik;

b) terrorchilik, mustabidlik, jaholatparastlik, vatansizlik, yovuzlik;

v) aqidaparastlik, bosqinchilik, irqchilik, maxalliychilik, millatchilik;



g) b va v;

d) barcha javoblar to‘g‘ri.



10. Bunyodkor g‘oyalar kaysilar?

a) ozodlik, tinchlik, do‘stlik, hurfikrlik;

b) bag‘rikenglik, vatanparvarlik, mustaqillik, adolat, hamkorlik;

v) birdamlik, ma’rifatparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik;



g) barchasi;

d) hech biri.



11. Vayronkor g‘oyalar nimalarga xizmat kiladi?

a) davlatni tanazzulga olib keladi;



b) jamiyat, xalk, davlatning tanazzuliga sabab buladi, g‘ayriinsoniy maqsadlarga hizmat qiladi;

v) jamiyat ravnaqiga xalaqit beradi;

g) g‘ayriinsoniy maqsadlarga xizmat kiladi;

d) quroliga.



12. Kaysi g‘oyalar tarakkiyotga xizmat kiladi?

a) mustaqillik g‘oyalari;

b) vatanparvarlik g‘oyalari, tinchlik g‘oyasi;

v) bunyodkor g‘oyalar;



g) barchasi;

d) sinfiy g‘oyalar.



13. Xozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar qanday xususiyatlarga ega?

a) integratsiyalashish, globallashish, differensiyalashish;

b) demokratiyalashish, milliy chegaralar kilib kuymaslik, insonparvarlashish;

v) jamiyat xayotining xamma sohalariga ta’sir ko‘rsatish, siyosiylashish;



g) barchasi;

d) hech biri.



14. Nimalar Uzbekiston xavfsizligiga ta’sir kilishi mumkin?

a) mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, ekologik muammolar;

b) etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, maxalliychilik, urug-aymokchilik;

v) milliy gururning yukligi;



g) a va b;

d) dengizdan uzoqlik.



15. Milliy istiklol g‘oyasining tarixiy ildizlari?

a) xakkoniy yozilgan tarix, buyuk mutafakkirlar merosi, xalkning tarixiy xotirasi, san’at va adabiyot durdonalari, milliy kaxramonlar xayoti, faoliyati merosi, milliy davlatchilik an’analari, yozma manbaalar, kadimiy adiblar, xalk og‘zaki ijodi;

b) madaniy merosimiz, an’analar, adabiyot va san’at;

v) milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar, diniy manbalar;

g) tarixga doir asarlar, yodgorliklar.

d) ibtidoiy jamoa tuzumi.

16. Milliy istiklol goyasining falsafiy ildizlari?

a)jaxon falsafa durdonalari, dunyoviy kashfiyotlar, milliy ahloqiy qarashlar;

b) diniy-iloxiy qadriyatlar, ma’rifatparvarlik g‘oyalari;

v) kadimgi shark va Markaziy Osiyo falsafasi va ahloqshunosligi;

g) b va a.

d) din.

17. Foyalarning turlari?

a) diniy, ilmiy, vayronkor g‘oyalar, zamonaviy;

b) diniy, ilmiy, falsafiy, badiiy, tabiiy;

v)diniy, ilmiy, falsafiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy, umuminsoniy;

g) umuminsoniy, milliy, mintakaviy, iktisodiy.

d) qadimiy.

18. Milliy kanday g‘oya?

a) xalkning tub manfaatlarini ifoda etadigan;

b) maksad sari birlashtiradigan;

v) safarbar etadigan;



g) barchasi.

d) to‘g‘rit javob yo‘q.



19. Foyaviy bushlik nima?

a) oldingi mafkura utmishga aylangach, uning o‘rnini bosadigan ilg‘or g‘oyaviy tizimning xali shakllanmagan holati;

b) yangi g‘oya paydo bulmagan holat;

v) eski g‘oya o‘z o‘rnini bo‘shatib bermagan holat;

g) o‘zga mafkura ta’sir eta boshlagan holat.

d) yangi g‘oyani qabul qiluvchi holat.

20. Dinlararo bag‘rikenglik deb nimaga aytiladi?

a) xilma-xil e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning xamkorligi;

b) bir zamin, bir Vatanda hamjixat bo‘lib yashash;

v) olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida umr kechirish;

g) barchasi.

d) to‘g‘ri javob yo‘q.

21. Milliy istiklol mafkurasini xalkimiz ongi va qalbiga singdirish usullari nimalardan iborat?

a) ta’lim-tarbiya, ko‘rgazmalilik, uzluksizlik, yangi pedagogik texnologiyalar;

b) ilg‘or tajriba, malaka, shaxsiy qobiliyat, kat’iylik;

v) tarixiy-mantiqiy izchillik, targ‘ibot-tashviqot, keng kamrovlilik, maqsadga

yunaltirilganlik, ishonchlilik, ilmiylik;

g) a va b.

d) kuch.


22. Islom dini kanday goyaga asoslangan?

a) kupxudolilik;

b) nasroniylik;

v) yakka xudolik;

g) buddiylik.

d) zoroastrizm.

23. Qadriyatlar nima?

a) Ijtimoiy tarakkiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar;



b) Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadigan moddiy, ma’naviy, diniy, axloqiy, falsafiy boyliklar

majmui;

v) Odamlar ma’naviyatini oshirishga qaratilgan ishlar majmui;

g) Ongdagi mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan g‘oyaviy-tarbiyaviy ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui;

d) Ta’lim-tarbiyadagi ko‘rgazmalilik.



24. Umuminsoniy qadriyatlar nima?

a) Barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad, intilishlarining yaxlitligi,

umumiyligini ifodalaydi;

b) Davlatning maksadlarini ifodalaydi;

v) Iqtisodiy taraqqiyotni amalga oshirish;

g) Ijtimoiy taraqqiyot va xalk birligi;

d) YAngi g‘oyani qabul qiluvchi holat.

25. G‘ayriinsoniy g‘oyalarni xususiyatlarini sanab o‘ting

a) G‘oyaviy yakkahokimlikga intilish, ijtimoiy, ziddiyatlarni quvvatlash;

b) Demokratiya qadriyatlarini tan olishlik;

v) Fikrlar plyuralizmini qo‘llab-quvvatlash;

g) Jamiyatda ijtimoiy siyosiy barqarorlikni yoqlash;

d) Davlatning maksadlarini ifodalash.

26. Ekstremizm nima?

a) Ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora-

tadbirlar fikr va qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot;

b) Diniy davlatni barpo etish harakatlari;

v) Dunyoviy davlatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar;

g) Jamiyatda ijtimoiy siyosiy barqarorlikni yoqlash;

d) Odamlar ma’naviyatini oshirishga qaratilgan ishlar majmui.

27. Ta’lim sohasidagi islohotning ikkinchi bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

a) 2000-2003 yillar;

b) 2001-2006 yillar;

v) 2001-2005 yillar;

g) 2002-2005 yillar.

d) 2003-2007 yillar.

28. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to‘g‘risidagi

qonun xujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, unda qanday qoidalar qo‘llaniladi?

a) Ta’lim to‘g‘risidagi O‘zbekiston qonuni qoidalari qo‘llaniladi;

b) Birlashgan Millatlar tomonidan belgilangan qoidalar qo‘llaniladi;

v) Xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi;

g) Vazirlar Mahkamasi qarori qo‘llaniladi.

d) Qulay qoidalar.

29. Hozirgi vaqtda o‘z ta’sir doirasini kengaytirayotgan siyosiy kuchlar qanday vositalardan foydalanmoqda?

a) Siyosiy vositalar;



b) Mafkuraviy vositalar;

v) Diniy vositalar;

g) Zamonaviy texnika vositalari;

d) Qulay qoidalar.



30. Globallashuv jarayoni nima?

a) Jamiyatning barcha soxalarini rivojlanish jarayoni;

b) Millat va milliy uzlikning rivojlanish jarayoni;

v) Davlatlarni rivojlanish jarayoni;



g) Axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universal

texnologiyalari bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar;

d) Dunyoviy davlatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar.



31. Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul qaysi tartibda amalga oshiriladi?

a) O‘z ustavlarida belgilangan tartibda;

b) Vazirlar Mahkamasining alohida qaroriga asosan;

v) Davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda;

g) Muassasa rahbariyati belgilangan tartibda.

d) Hammasi to‘g‘ri.

32. O‘zbekiston Respublikasida qaysi mafkura davlat mafkurasi bo‘lishi mumkin?

a) Milliy istiqlol mafkurasi;



b) Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi bo‘la olmaydi;

v) Jamiyat barcha a’zolarining manfaatlarini ifoda etadigan;

g) Zamonaviy rivojlangan demokratik mamlakatlar mafkurasi.

d) Foydali mafkura.



33. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun nechta moddadan iborat?

a) 40 ta;

b) 46 ta;

v) 34 ta;

g) 32 ta.

d) 35 ta.

34. Magistratura ta’limi:

a) bakalavriatdan keyingi kamida 3 yillik hunar ta’limi;



b) aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim;

v) bakalavriatdan keyingi bir yillik ta’lim;

g) fundamental uch yillik ta’lim.

d) besh yillik ta’lim.



35. Jadidchilarning asosiy g‘oyasi nimadan iborat bulgan?

a) Jamiyatni rivojlantirish;

b) Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga asosiy omil sifatida qarash;



Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə