Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


IIbo‘lim. O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY – IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1,37 Mb.
#54537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

IIbo‘lim. O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY – IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI:

Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning tamoyillari va qonuniyatlari. O‘zbek iqtisodiy modelini shakllantirish va amalga oshirish. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning tamoyillari va qonuniyatlari. O‘zbek iqtisodiy modelini shakllantirish va amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari. Aholi turmush darajasini baholashning zamonaviy mezonlari, modernizatsiyalash va globallashuv sharoitida ularni optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

«O‘zbek modeli»ning konseptual mazmuni, undagi asosiy tamoyillarning g‘oyaviy-mafkuraviy tavsifi: O‘zbekiston xayotida davlat - bosh islohotchi tamoyilining amal qilish xususiyatlari; kelajakda iqtisod bilan siyosat munosabatlarining qanday amal qilishi; qonun ustuvorligi borasida yuzaga keladigan shart-sharoitlar; bosqichma-bosqich rivojlanish hamda kuchli ijtimoiy siyosatning qanday bo‘lishi. Ularga doir ilmiy tasavvur-qarashlar.Demokratik g‘oyalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning O‘zbek modelida namoyon bulishi. Insoniyat xayotidagi demokratik jamiyat qurish modellari. Demokratiyaning tarixiy shakllari, ularning g‘oyaviy-mafkuraviy mazmuni. Taraqqiyotning O‘zbek modeli - bozor iqtisodiyotiga asoslangan SHarqona demokratik jamiyat qurishning o‘ziga hos konsepsiyasi. SHarqona demokratik munosabatlarning mohiyati va rivojlanish bosqichlari, bu boradagi o‘ziga xos g‘oya, nazariya va ta’limotlar, ularning O‘zbek modelida namoyon bulish xususiyatlari.“O‘zbek modeli”ning jahon ijtimoiy-siyosiy ta’limotlari taraqqiyotida tutgan o‘rni. Zamonaviy davlat va jamiyat qurilishiga doir ijtimoiy-siyosiy qarashlar va ta’limotlar, ularning rivojlanish xususiyatlari. Bu boradagi muqobil konsepsiyalar: YApon modeli, Turkiya modeli, AQSH, Xitoy, Koreya va boshqa milliy taraqqiyot modellari. O‘zbek modelining boshqa modellardan farqi, unda ma’naviy xayot tamoyillari va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti va SHarqona demokratiyaning rivojlanish istiqbollari. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi, undagi ijtimoiy- ikqisodiy va siyosiy o‘zgarishlar mohiyati.(4 soat). Mamlakatni demokratiyalash va modernizatsiyalashtirish borasidagi nazariy va amaliy ishlar, ularning SHarqona demokratik xarakteri. Bugungi O‘zbekiston taraqqiyotining insoniyat xayotining yangi mingyillikdagi rivojlanish maqsadlariga muvofikligi. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning amalga oshishi. O‘zbek modeli va SHarqona demokratiyaning rivojlanish istiqbollari, unda ma’naviyatning o‘rni, roli va ahamiyati. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21;31.



Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning g‘oyaviy-mafkuraviy axamiyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning roli. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor va davlat mexanizmlarining o‘zaro aloqasi. O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va milliy ishlab chiqarishning o‘ziga xosligi. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanishini ta’minlash. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”, undagi asosiy yunalishlar va vazifalar.(4 soat) Davlat hokimiyati va boshkaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh etish, axborot va so‘z erkinligini, saylov huquqini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish masalalari. O‘zbekistonda mikroiqtisodiyot sub’ektlari faoliyatining o‘ziga xosligi. O‘zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhiti.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot barpo etishda konsepsiyaning o‘rni. Jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy- ma’rifiy taraqqiyotining istiqbollari, bu boradagi ilmiy qarashlar va tasavvurlar.

a) O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining bosqichlari: moddiy ishlab chikarish va aholi turmush darajasining yuksalishi. O‘zbekiston jahondagi eng boy davlatlardan biriga aylangan, aholi turmush extiyojlari (uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va xok), moddiy-iqtisodiy manfaatlari to‘la qondirilgan holat va shart-sharoitlar;

b) O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va huquqiy munosabatlarning rivojlanish istiqbollari: huquqiy demokratik davlat va erkin fukarolik jamiyati qurish g‘oyasidagi maqsad va orzu-intilishlarning ruyobga chiqishi; O‘zbekistonning xalqaro maydonda yuksak obru-e’tiborga ega bo‘lishi; xalqimiz xayotida tom ma’nodagi siyosiy-huquqiy tenglik va eng ilgor demokratik tamoyillarning to‘la amal qilishi; siyosat - adolatga, huquq- ahlok va imonga, barcha faoliyat turlari ezgu maqsadlarga asoslangan erkin va farovon xayotning namoyon bulishi.

v) O‘zbekistondagi ma’naviy-madaniy va ma’rifiy taraqqiyotning holati: Milliy g‘oya va mafkuraning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanib, jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabat shakllari umuminsoniy mazmun kasb etgan; o‘zbekchilik madaniyati, yangicha sharqona ma’naviy xayot tamoyillari va demokratik qadriyatlar qaror topgan; xayotiy manfaat va extiyojlar xamda ularga doir qarashlar va munosabatlar tubdan o‘zgarib, moddiy manfaatlarga nisbatan ruxiy- ma’naviy manfaatlar ustuvor bulgan shart-sharoitlar.Milliy mafkuraning umumbashariy mazmuni va maqomi. Milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g‘oyalarning to‘la ruyobga chiqishi. Ma’naviyatning ijtimoiy taraqqiyot mezoniga aylanishi va O‘zbekistonda dunyodagi eng mukammal ijtimoiy tuzum yuzaga kelishi. O‘zbek xalqining barcha orzu-umidlari amalga oshib, milliy mafkurasining umumbashariy mazmun kasb etishi. Buyuk davlat, adolatli jamiyat va yangicha xayotning real tavsifi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21.

Milliy iqtisodiyotning dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvi. O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga o‘tish strategiyasi, uning g‘oyaviy asoslari va dolzarb vazifalari. Islom Karimov hozirgi zamon va jahon hamjamiyatining rivojlanish tamoyillari to‘g‘risida. Prezident asarlarida globallashuv va ko‘pqutbli dunyoning siyosiy manzarasi, geosiyosat va mustaqillikka erishgan yosh davlatlarning dunyo mamlakatlari bilan munosabatlari masalalari.

O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari darajasiga ko‘tarilishining fundamental asoslari va strategik ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro maydondagi maksad va vazifalari. Iqtisodiyotning etakchi bazaviy tarmoklarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyixalarni amalga oshirish uchun to‘g‘ridan- to‘g‘ri chet et investitsiyalarini jalb qilish masalalari, mamlakatning siyosiy va savdo-iqtisodiy sherik sifatidagi xalqaro mavqeini mustaxkamlashga aloxida e’tibor qaratilayotgani.

Milliy iqtisodiyotning dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda O‘zbekistonning roli va o‘rni. Iqtisodiy islohotlar va mamlakat iqtisodiy xavfsizligi. Ijtimoiy siyosat va O‘zbekiston ijtimoiy tizimini takomillashtirish. Aholi turmush darajasini baholashning zamonaviy mezonlari, modernizatsiyalash va globallashuv sharoitida ularni optimallashtirish. O‘zbek iqtisodiy modelini shakllantirish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Bu jarayonda mamlakatimiz mustaqilligini va milliy xavfsizligimizni yanada mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, fuqarolik jamiyatiga asoslangan erkin demokratik davlat qurish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish uchun qulay tashqi sharoitlar yaratish, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashida mamlakat milliy manfaatlarini ishonchli ximoya qilish masalalari. Milliy iqtisodiyotning dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda O‘zbekistonning roli va o‘rni. Iqtisodiy islohotlar va mamlakat iqtisodiy xavfsizligi.

Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib qolmaslik, xotirjamlik kayfiyatiga berilmaslik hamda globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholash, xayot talablariga javob berish, davr bilan xamqadam bo‘lish, istiqboldagi ustuvor vazifalarni aniq-tiniq belgilab olish va ularni amalga oshirish bo‘yicha izchil choralarni ko‘rish masalalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21;A26;A27;A28.


Milliy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqotni tashkillashtirish hamda aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari. Foyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tushunchalari, ularning funksional mazmuni, o‘zaro bog‘liqligi va boshqa ta’lim-tarbiya shakllari bilan aloqadorliklari. Milliy ta’lim-tarbiya istiqlol g‘oyasini rivojlantirish.G‘oyaviy ta’lim-tarbiyaning ob’ekti, sub’ekti, usul-vositalari hamda inson va jamiyat xayotiga ta’sir yo‘nalishlari. Davlat va jamiyat taraqqiyotida g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqotning o‘rni, roli va ahamiyati.O‘zbekistonda axborot xavsizligini ta’minlash.Axborot orqali amalga oshirilayotgan mafkuraviy taziyqlar.

O‘zbekistonda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot institutsional tizimining rivojlanish xususiyatlari. O‘zbekistonda va dunyodagi boshqa mamlakatlarda amalga oshirilayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy ishlar, ularning tashkiliy-uslubiy asoslari va yo‘nalishlari. O‘zbekistondagi g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot institutsional tizimi, uning demokratik xususiyatlari. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarga mutasaddi muassasa-tashkilotlar: Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, g‘oyaviy ta’lim-tarbiya tizimi, ularning tuzulishi, faoliyat yo‘nalishlari, maqsadlari va vazifalari. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda ta’lim muassasalarining o‘rni.Foyaviy-mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish va boshqarishning demokratik asoslari, bu boradagi ilmiy yondoshuv va tamoyillar: tizimlilik, ilmiylik, izchillik, uzluksizlik, maqsadga muvofiqlik, plyuralizm, differensial yondoshuv va boshqalar. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda nazariya va amaliyot birligini ta’minlash masalalari. Turli bosqich, soha, yo‘nalish, daraja va ko‘lamdagi g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarni demokratiyalashtirish va modernizatsiyalash, ta’lim va targ‘ibot texnologiyalarini takomillashtirish vazifalari.Foyaviy-mafkuraviy ishlarni aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari. Jamiyatdagi turli ijtimoiy-siyosiy institutlar va madaniy-ma’rifiy muassasalarning g‘oyaviy-mafkuraviy faoliyatini tizimli tashkil qilish va aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari. Mafkuraviy siyosat, uning mazmun-mohiyati va amal qilish xususiyatlari. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarning milliy taraqqiyot manfaatlari va maqsadlariga muvofiq bo‘lish zaruriyati. Fuqarolarda ertangi kunga umid va ishonchni shakllantirish - g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarning muxim maqsadi. OAV, adabiyot va san’at, fan, din, madaniy-ma’rifiy muassasalar va siyosiy tashkilotlar faoliyatining g‘oyaviy-mafkuraviy vazifalari, ularni anig‘ maqsadlarga yo‘naltirish usul-vositalari. Jamiyatdagi oilalar va jamoatchilik joylarida g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarni maqsadli olib borish usullari.

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash siyosatining mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Ta’lim-tarbiya tizimi, uning rivojlanish xususiyatlari. Ta’lim- tarbiya tizimini isloh qilishning O‘zbek modeli, uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining g‘oyaviy- mafkuraviy mazmuni. YAngicha kadrlar tayyorlash tizimi, undagi asosiy yo‘nalishlar.O‘zbekistonda ma’naviy-mafkuraviy ishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi, uning tashkiliy-uslubiy asoslari. Oliy o‘quv yurtlaridagi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi, ularda malakali mutaxassislar tayyorlash tartibi. Davlat ta’lim standartlari, ulardagi talablar. Jamiyatda o‘z kuchi va bilimiga tayanib yashaydigan kadrlarni tarbiyalash va tanlash zaruriyati.Hozirgi davrda kadrlarning sifati va saviyasini belgilovchi mezonlar: Milliy g‘urur, vatanparvarlik va yuksak ma’naviyat, ularning kadrlar sifati va saviyasidagi o‘rni. Mafkuraviy e’tiqod, intellektual salohiyat va pedagogik mahorat - kadrlar sifati va saviyasining muhim omili. Kadrlarning ijtimoiy mavqei va etakchilik mas’uliyati, ularning davlat va jamiyat taraqqiyoti kelajagi haqida aniq bilim, tasavvur-qarashlarga ega bo‘lish zaruriyati.

Turli soha va yo‘nalishlardagi kadrlar faoliyatining g‘oyaviy-mafkuraviy mazmuni. Mafkuraviy faoliyat, uning o‘ziga xosligi. Milliy g‘oya va mafkurani kishilar ongi va qalbiga singdirishda rahbar kadrlarning o‘rni, bu boradagi tarixiy tajribalar va zamonaviy uslublar. Jamiyatdagi kadrlarning g‘oyaviy- mafkuraviy faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish va aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari. Iqtisodiy usul, siyosiy usul, yuridik usul; ma’muriy usul, texnokratik usul; ishontirish, rag‘batlantirish, ibrat ko‘rsatish va boshqa usullar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.



Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21;
Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasifani bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotining kalendar tematik rejasi


t/r

Ma’ruza mavzulari(barcha)


soat

I mavzu(bob).

I Bo‘lim. MILLIY G‘OYA:


I.1.

Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik asoslari

2

I.2.

Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari

2

I.3.

Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari.

4

I.4.

Mustaqillik tafakkuri va yangi dunyokarashni shakllantirishning milliy g‘oyaviy negizlari

2

IIbo‘lim. O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY – IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI:


II.1.

Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning tamoyillari va qonuniyatlari. O‘zbek iqtisodiy modelini shakllantirish va amalga oshirish

2

II.2.

“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning g‘oyaviy-mafkuraviy ahamiyati.

4

II.3.

Milliy iqtisodiyotning dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvi. O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga o‘tish strategiyasi, uning g‘oyaviy asoslari va dolzarb vazifalari.

2

II.4.

Milliy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqotni tashkillashtirish hamda aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari.

2

Jami




20


Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari
Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik Milliy g‘oya va mafkura paradigmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik masalalari. G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari va rivojlanish xususiyatlari. Ideologiyaning tadqiqot ob’ekti va predmeti. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati.Turli xil g‘oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, “Esse”,“Klaster”, muammoli ta’lim,aqliy xujum.

Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21;A26;A27;A28.



Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari

G‘oya va mafkuralarni turkumlashtirish tamoyillari, ularning yo‘nalishlari.

Milliy va umuminsoniy g‘oyalar, ularning rivojlanish xususiyatlari. G‘oyalarning harakatlantiruvchi motivlari va mexanizmlari. Davlat va jamiyat qurilishiga doir dastlabki g‘oya va mafkuralar.“Ijtimoiy tuzum” tushunchasi. Adolatli tuzum, demokratik jamiyat g‘oyalarining ijtimoiy-tarixiy ildizlari va rivojlanish bosqichlari.

Modernizm, uning g‘oyaviy-mafkuraviy mazmuni.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21;



Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari.

(1 – mashg‘ulot)

Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari.

Milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasining dunyoviy xarakteri va uni takomillashtirish kafolatlari. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyatini. Davlat va jamiyat qurilishing g‘oyaviy-mafkuraviy masalalari.

(2 – mashg‘ulot)

O‘zbekiston tarixidagi dastlabki g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar.O‘zbek milliy davlatchilik mafkurasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati va rivojlanish bosqichlari.

Ezgu fikr , ezgu so‘z , ezgu amal g‘oyalari, ularning milliy davlatchilik mafkurasining shakllanishidagi o‘rni. Islom Karimovning davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, Blits-so‘rov, “Esse”,“Klaster”, munozara, BBB.

Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;;A26;A27;



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin