Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1.37 Mb.
səhifə5/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Asosiy adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston 2016.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi to‘g‘risida. 2010 yil 27 yanvar, P.-1271-son.



3..“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. 2010 yil 12 noyabr

Qo‘shimcha adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - xayot haqiqatini aks ettirish. - T.:O‘zbekiston, 2009.

  2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. -T.:Uzbekiston, 2010.

  3. Abilov U. O‘zbekiston taraqqiyotining optimistik ruxi (Ma’naviy- mafkuraviy, g‘oyaviy asoslari) -T.:“Istiqlol”, 2003.

  4. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik / Asqar Maqkam tarjimasi. -T.:“SHarq”, 2001.

  5. Azamat Ziyo.O‘zbek davlatchiligi tarixi. -T.:SHarq, 2000.

  6. Boboev X,. O‘zbek davlatchiligi tarixi. -T.:Fan, 2004. 1-kitob.

  7. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. -T.: 2002.

  8. Byukenen T. Smert Zapada. -M.:Gardariki, 2004.

  9. YOkubov A. “Qutadgu bilig”da davlatchilik konsepsiyasi. -T.:“Meros”, 1997.

  10. Gafarli M.M. Kasaev A.CH. Rivojlanishning o‘zbek modeli: tinchlik va barkarorlik - taraqqiyot omili. -T.:O‘zbekiston, 2000.

  11. Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana. V tryox tomax. -T.:Uzbekiston, 2009.

  12. Islomov Z.M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga. -T.: 2002.

  13. Mamashokirov S., Tog‘aev SH. Erkin va farovon xayot qurilishining g‘oyaviy- mafkuraviy masalalari. -T.:“Ma’naviyat”, 2007.

  14. Milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. -T.: 2002.

  15. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. -T.: 2002.

  16. Milliy istiqlol g‘oyasi (Uzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat boskichi uchun darslik). -T.:“Akademiya”, 2005.

  17. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (Uquv qullanma). - T.:“YAngi asr avlodi”, 2002.

  18. Milliy istiqlol g‘oyasi: nazariya va amaliyot. -T.:“Ijod dunyosi”, 2002.

  19. Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. - T.:O‘zbekiston, 2007.

  20. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. -T.:“Universitet”, 2001.

  21. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari. -T.:“SHark”, 2001.

  22. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at. -T.:“SHark”, 2000.

  23. Nazarov K. Ergashev I. Milliy g‘oya va rahbar ma’naviyati. -T.:Akademiya, 2007.

  24. Ravshanov F. Ma’naviy taraqqiyotga tahdidlar. -T.:“Muharrir”, 2010.

  25. Tog‘aev SH. Milliy g‘oyaning davlat va jamiyat qurilishiga doir mazmunini yoritish masalasi (Uquv-uslubiy qullanma). -T.:TAQI bosmaxonasi, 2007.

  26. Eshov B. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi. -T.:“MARIFAT”, 2009.

  27. O‘zbekistonda davlat qurilishi sohasidagi islohotlar va huquqiy siyosat: rivojlanish bosqichlari, erishilgan natijalar va istiqbollar. - T.:“Akademiya”, 2010.

  28. O‘zbekiston: siyosiy islohotlar strategiyasi, erishilgan natijalar va istiqbollar. -T.: “Akademiya”, 2010.

  29. Uljaeva SH. Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi. -T.“Fan”, 2005.

  30. Karshiboev M. Taraqqiyotning o‘zbek modeli. -T.:“Ijod dunyosi”, 2002.

  31. Xasanov S., Dustjonov T. O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lida. -T.: 2004.

Internet saytlari:


  1. www.gov.uz.

  2. www.press-service.uz.

  3. www.bilim.uz.

  4. www.philosophy.ru.

  5. www.filosofiya.ru.

  6. www.philosophy.nsc.ru.

  7. http // philosophy.albertina.ru.

  8. www.history.ru.


FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL METODLAR

«Baliq skeleti» texnikasi

UShbu texnologiya ata muammolarning echimini topiShga qaratilgan. YUqori qismida muammolar turi yozilsa, pastki qismida esa misollar bilan izohlanadi.




Умуминсоний маънавиятга мисоллар келтиринг



Erkin yozish” interfaol metodini qo‘llashga doir ko‘rsatma


O‘qituvchi talabalarga besh minut vaqt davomida Kasbiy pedagogika haqida bilganlarini daftarlariga yozishni so‘raydi. Vaqt tugagach, ba’zi talabalardan yozganlarini o‘qib berishni so‘raydi. Vaqtdan yutish uchun qolgan talabalar avval o‘z yozganlarini o‘qib bergan talabalarnikiga o‘xshamagan fikrlarini aytishlari mumkin.

Quyida berilganlarga:

F – fikringizni bayon eting.

S – fikringizning bayoniga sabab ko‘rsating.

M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.

U – fikringizni umumlashtiring.



KICHIK GURUXLARDA ISHLASH” METODI-t’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruxlarga ajratgan xolda o‘quv materiallarini urganish yoki topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. j0149396

Guruhlarda ishlash qoidasi

1. SHerigingizni diqqat bilan tinglang.

2. Guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing.

3. Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.

4. Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.

5. Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.



Aniq tushunmog‘imiz lozim:



Aqliy xujum metodi-biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir echimga kelinadigan metoddir.

KLASTER” metodi- o‘quvchilarga berilgan mavzu xususida erkin o‘ylash va turli javoblar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi metoddir.

Klaster” metodini o‘tkazish qoidalari

1. Nimaniki uylagan bulsangiz, shuni qog‘ozga yozing.Fikringizning sifati tug‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring

2. YOzuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jixatlariga e’tibor bermang

3. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ulguncha davom ettiring

4. Muayan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va hlar o‘rtasidagi aloqalarning ko‘rsatishini cheklamang.
MUAMMOLI VAZIYAT” metodi– ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir

metodining tuzilmasi:

1. Muammoli vaziyat tavsifi beriladi

2. Guruhlar muammmoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar

3. Guruhlar muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar

4. Guruhlar muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar

5. To‘g‘ri echimlar tanlab olinadi




NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI

1 - mavzu. Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik asoslari (2 soat).

REJA:

1.Milliy g‘oya va mafkura paradigmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik masalalari

2.Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillarining mazmun-moxiyati.

3.Inson va jamiyat xayotida g‘oya va mafkuraga bulgan talab-ehtiyojlar.

4.Milliy g‘oyadan ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar.

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Milliy g‘oya, istiqlol g‘oyasi, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy mafkura, mafkuraning asosiy falsafiy ildizlari,mafkura paradigmalari.
Jamiyat taraqqiyoti muayyan fikrlar, g‘oyalar, mafkuralar tarixidir. Jamiyat taraqqiyotida kishilarning tevarak olam sirlarini o‘rganishi, tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etishi, tabiiy bilimlari va dunyoqarashlari juda muhim ahamiyatga ega. Dunyoning tuzilishini tushuntirgan va unda qanday yashash lozimligini ko‘rsatgan ilmiy bilimlarning yuzaga keli-shida insoniyatning eng ilg‘or vakillari yaratgan dunyoviy g‘oyalar hamisha taraqqiyot uchun xizmat qilib kelgan.

Jumladan, Demokritning atomlar to‘g‘risidagi farazlari, Kopernikning geliotsentrik nazariyasi, Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi yutuqlari, Beruniyning «G‘arbiy yarim sharda quruqlik bor» degan fikrlari, Ulug‘bekning koinot sirlarini o‘rganish sohasidagi yutuqlari, Eynshteynning nisbiylik nazariyasi kabi ilmiy g‘oyalar insoniyat taraqqiyotiga juda kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Inson tafakkuriga tayangan fan taraqqiyoti olam kabi uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda tasdiqlanmagan, eskirgan fikrlar yangi ilmiy g‘oyalar bilan o‘rin almashaveradi. Millatlar tashkil topgan davrlar-dan, milliy g‘oya va mafkuralar eng dolzarb, siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy masala hisoblanib, jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, ommani ma’naviy ruhiy jihatdan tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan.

Inson kamolotini fikrsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, jamiyat tarixini ham g‘oya va mafkuralarsiz tushuntirib bo‘lmaydi. G‘oya va mafkura, ayniqsa, milliy g‘oya birdaniga qisqa muddatda paydo bo‘ladigan hodisa emas. Aslida guyo birdaniga paydo bo‘lganday tuyulgan g‘oya zamirida ham ongning ko‘p asrlik taraqqiyoti yotadi. SHu jihatdan qaralganda milliy g‘oya uzoq jarayonlarning hosilasi bo‘lib, o‘zida xalqning tarixi, dunyoqarashi, maqsad va intilishlari, ma’naviyatini mujassam etadi.

Milliy g‘oya va mafkura har bir fuqaro ongi va shuuriga chuqur tasir qilib uning oila, mahalla, jamiyat, davlat, xalq oldidagi burch va masuliyati qay darajada ado etilayotganini nazorat qilib turadi.

Milliy g‘oya - millat tafakkurining ko‘p asrlik mahsuli va davr taqozosi bilan takomillashib boruvchi uzluksiz hodisadir. Falsafada, fikrlayapman, demak yashayapman, degan hikmat bor. Milliy g‘oya - inson va jamiyat hayotiga ma’no -mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar majmui, xalq hayotining fikriy ifodasidir.

Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham mil-liy g‘oya bo‘la olmaydi. CHunki shaxsiy fikr o‘ziga xos bir qarashdir. Ammo u o‘sib, ijtimoiy fikrga aylanishi mumkin. Boshqacha aytganda, fikrsiz g‘oya yo‘q. Ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqazo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.

Milliy mafkura - mohiyatan milliy g‘oyaga etish yo‘li. Nima qilinsa shu g‘oyaga intilish tezlashadi, osonlashadi, maqsad amalga oshadi, qanday ish tutilsa mazkur g‘oyaga zid harakatlarning yo‘li to‘siladi - milliy mafkura aynan shu savollarga javob beradi va o‘ziga xos vazifalarga ega.

Ilmiy tarzda aytganda milliy mafkura - taktika bo‘lib, tarixan diniy, axloqiy, huquqiy, siyosiy, estetik, falsafiy shaklllarda namoyon bo‘ladi.

Milliy mafkura - xalqning o‘zgalarga tobe bo‘lmay erkin va ozod yashashi, o‘zini o‘zi idora etishga qaratilgan, uning istiqbolini belgilaydigan orzu umidlari, qarashlari, eng ilg‘or fikrlari majmuidir. Tarixiy jarayon tabiatidan kelib chiqadigan mazkur xususiyatning dialektikasi insoniyat uchun doimiy bo‘lgan «ezgulik» va «yovuzlik» o‘rtasidagi abadiy kurash deb atalmish muxtasar ta’rifda o‘z aksini topgan.

«Ezgulik» - taraqqiyotga intiluvchi kuchlarni, insonparvarlik va yuksak axloq falsafasini, ijtimoiy adolat tamoyillari yoki «Avesto» da bayon qilingan «ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ish» ning negizini tashkil etadigan qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi. «g‘vuzlik» esa tarixiy reaksiya, taraqqiyot g‘ildiragini orqaga burish, qora kuchlar faoliyati va hukmronligini ifodalaydi.

Insoniyatning, jumladan, O‘zbekistonning necha yuz yillik solnomasida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo‘rlik, kulfat urug‘larini sochish va qon to‘kilishiga sabab bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalar va mafkuralarning halokatli ta’siri bilan bog‘liq qayg‘uli sahifalar ko‘p. Bu g‘oyalar o‘zlarida siyosiy bosqinchilik va mustabidlik intilishlarni goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda diniy, milliy, sinfiy shiorlarni bayroq qilib maydonga chiqqanini ko‘ramiz. Lekin mohiyat hamisha o‘zgarmay qolavergan. YA’ni, ular millatlar va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati, an’ana va urf - odatlarini kuch bilan o‘zgartirishga, keng xalq ommasini boshqalarning siyosiy irodasiga bo‘ysundirish va mafkuraviy asoratga solishga, o‘zaro adovatga asoslangan ijtimoiy tartiblarni qaror toptirishga, millatga yot mafkuraviy tasavvurlarni tiqishtirishga qaratilgan. Buzg‘unchi g‘oyalar va mafkuralarning amalga oshirilishi millatlar va xalqlar azaliy madaniyatning emirilishiga, davlat va jamiyat hayotida salbiy hodisalarning kuchayishiga sabab bo‘lgan, ko‘plab xalqlarni o‘z yo‘lini o‘zi tanlash huquqidan mahrum etgan.

G‘oyalar hukmronligining tamal toshi aynan qadimiy sivilizatsiyalar davrida qo‘yilgan edi. Unga binoan, odatlar va taomillarga emas, balki g‘oyalar yoki biror maqsadga bo‘ysundirilgan muayyan tildagi inson xulq - atvorini shakllantirish mumkin edi. Lekin shu bilan bir vaqtda, qadimdanoq kishilar ongini nayrang va aldovlar vositasida, yolg‘on ideallar bilan zaharlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi.

Qadimiy sivilizatsiyalarda ijobiy g‘oya va qadriyatlar bilan birga, salbiy xarakterdagi mafkuralarning ham unib chiqishi uchun zamin bo‘ladigan tasavvur - tushuncha maydonga kela boshlagan edi. Masalan, qadimiy Rimda bunday qadriyatlar tizimini, bir qarashda umuminsoniy qadriyatlar jumlasidan bo‘lgan, vatanparvarlik tushunchasini belgilar edi. Ammo, bu tushuncha Rim xalqining xudo tomonidan alohida tanlangani, taqdirning o‘zi tomonidan zafarli istilolar va Rim saltanati hududini kengaytirish uchun safarbar qilingani to‘g‘risidagi soxta tasavvurlarga asoslangan edi. Soxtalik esa doimo yovuzlikga yo‘l ochadi. Bunday mafkuraviy asoslar imperiyalik tafakkur tarzining shakllanishiga sabab bo‘ldi.

Boshqa hududlarni bosib olishga rag‘batlantiruvchi ushbu g‘oya keyinchalik dunyoqarashlar tizimida bir xalqning boshqa xalq tomonidan mustamlakatchilik asoratiga solinishini nafaqat ahloqiy jihatdan oqlaydigan, balki uni qahramonlik darajasiga ko‘taradigan buyuk davlatchilik mafkurasining rivojlanishiga omil bo‘ldi.

O‘rta asrlarga o‘tilishi bilan, asosan Evropada, din va cherkovning roli misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. Bu davrda xudoga otashin va jazavali ishonch xukmronlik qildi va bu e’tiqod inson hayotining barcha tomonlarini, tug‘ilishdan o‘lishgacha bo‘lgan har bir qadamini belgilab berdi. Ushbu davrda din mustabid, yagona hukmron mafkura shakli sifatida maydonga chiqdi.

Bu bir tomondan, o‘z diniy uyushmasi ichidagi dahriyga yoki «murtad» ga chiqarilgan shaxslarning turli bahonalar bilan ommaviy ravishda qirg‘in qilinishida, ikkinchi tomondan esa, diniy va hududiy istilolarni maqsad qilib olgan xunrezlik urushlarida o‘zining ayanchli ifodasini topdi. Evropaning xristian dunyosi tomonidan musulmonlarga qarshi amalga oshirilgan salib yurishlarini bu urushlarga misol qilib keltirishi mumkin. Rim papasi hokimiyati na faqat salbchilarga fatvo berdi, balki XIII asrda g‘oyaviy dushmanlariga qarshi maxsus sud muassasasi - inkivizatsiya(lot. - tekshiruv, qidiruv)ni ham joriy etdi. Inkivizatsiya davrida josuslik, ayg‘oqchilik, ig‘vogarlik, g‘oyaviy sotqinlik g‘oyat avj olib, birgina Ispaniyaning oliy inkivizatori 18 yillik xizmati davrida 10220 kishini gulxanda yondirtirgan. Inkivizatsiyaning G‘arbiy Evropa va keyinchalik Amerikaga ham yoyilganini hisobga olsak, buzg‘unchi bir g‘oyaning millionlab kishilar umriga zomin bo‘lganini ko‘ramiz.

O‘rta asrlar diniy ekstremizmi, o‘z navbatida, javob reaksiyasi tarzida - antagonizmga asoslangan turli g‘oyalar hamda ateizmning kuchayishiga ham sabab bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan alohida siyosiy kuchlar bunday g‘oyalar va xudoga murosasizlikka asoslangan ateizmdan ham o‘zlarining mafkuraviy maqsadlari yo‘lida foydalandilar.

G‘oyalar va mustabid mafkuralar tarixida bundan foydalangan sobiq kommunistik ta’limot alohida o‘rin tutadi. U tashqi jihatdan adolat idealini o‘zida mujassam etgan olijanob intilishlarni asos qilib olgandek ko‘rinsa-da, oxir - oqibatda mustabid jamiyatni shakllantirish mafkurasiga aylanadi.

Bolshevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida ildizlari sotsialistik g‘oyadan suv ichgan mustabid g‘oya va mafkuraning boshqa shakli - fashizm (ital. Fashio - birlashma) paydo bo‘ldi. Sobiq sotsialist B. Mussolini Italiyada fashistlar harakatning asoschisi bo‘ldi. Germaniyada milliy satsialistik partiya tuzgan A. Gitler esa fashizimning «ma’naviy ota» siga aylandi. Fashizm II jahon urushi olovini yoqdi, 50 mln. dan ortiq kishining qirilib ketishiga sabab bo‘ldi. Bizning mamlakat ham motam libosiga o‘raldi. Ikkinchi Jahon urushi jabhalarida kurashga ketgan o‘zbekistonlik jangchilardan 263005 nafari halok bo‘ldi, 132670 kishi dom - daraksiz ketdi, 604552 kishi nogiron bo‘ldi.

Bolshevizm va fashizm mafkuralari o‘rtasida ko‘plab o‘xshash jihatlar mavjud. Ayni paytda jiddiy tafovutlar ham ko‘zga tashlanadi. Asosiy farqlardan biri, bu millat omilining turlicha baholanishidir. Agar kommunistik ta’limot, xalqlarning milliy - etnik o‘ziga xosliklarini yo‘qotish, «proletar baynalminalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo‘lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy - etnik sofligi» ni mutlaqlashtirishini targ‘ib - tashviq etadi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi.

«Rasizm» so‘zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Evropada «insoniyat nasli» ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq», «qora» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo‘llana boshladi. Irqchilik ta’limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog‘onalarida turishini «asoslab» beradi. Uning asosiy g‘oyasi o‘zining «ilohiy» tabiatiga ko‘ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustida xukmron qilishga d’avat etishga qaratilgan edi.

Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko‘ra ajralib turuvchi kishilarga taziyq o‘tkazish, ularni xaqoratlash, urish va o‘ldirish kabi harakat - xodisalarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy hukmronlik shakllaridan birining mafkurasi bo‘lar ekan, buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy afzalligi g‘oyalari bilan chambarchas bog‘lanib ketdi.

Irqchilik - ko‘p qiyofali. Masalan, o‘zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, fransuz bosqinchilari o‘rta asrlar va ayniqsa, XVIII - XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda erli xalqlarni ko‘plab qirib tashladilar. Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan XX asrda uzoq yillar mobaynida o‘tkazib kelingan irqiy ayirmachilik siyosati - shafqatsiz irqiy tahqirlash va kamsitishda o‘z ifodasini topdi. 1865 yilda AQSHda tuzilgan «Ku - kluks -klan» terroristik tashkiloti ham o‘zining oshkora irqchilik yo‘nalishidagi faoliyat bilan ajralib turadi. Negrlarning fuqarolik huquqlariga qarshi kurash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish uning asosiy g‘oyasi hisoblanadi.



«Milliy istiqlol g‘oyasi» fanining o‘qitilish sabablari: O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘layotganligini ta’kidlab o‘tgan edi. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi mazmunini xalqqa, yoshlar tarbiyasi jarayoniga olib kirish bugungi kunning dolzarb masalasi qilib qo‘yildi. Bu avvalo 3 jihatni o‘z ichiga qamrab oladi:

1) Milliy dasturning asosiy maqsadi barkamol shaxsni shakllan-tirish. Aslida bu Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ham ustuvor jihatidir.

2) Milliy dastur maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi huquqiy davlat qurish, tafakkur va munozara madaniyatini rivojlantirish, shaxs ichki dunyosini boyitishdan iboratdir.

3) Milliy istiqlol g‘oyasini ijtimoiy ong sifatida shakllantirishni davr taqozo etmoqda.

SHuningdek, Prezident Islom Karimov «Jamiyatni baxt-saodatga, buyuk va yorug‘ kelajakka boshlab boruvchi yagona kuch - ma’naviyatdir» - degan edilar. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilar tufayli jamiyat yangilanib, kuchayib, taraqqiy topib boradi. YOshlar ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga etkazish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasi» kengaytirilgan majlisining 2000 yil 30 sentyabrdagi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etish haqida»gi Qaroriga ko‘ra 2000-2001 o‘quv yilining 2-choragidan e’tiboran umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv rejasidagi 7-9-sinflar uchun «Ma’naviyat asoslari» o‘rniga «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» o‘quv fani joriy etildi. 2000 yil 9 oktyabrda Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bu masalani yana bir bor ko‘rib chiqib uni hayotga joriy qilish uchun zaruriy ishlarni belgilab oldilar.

2001 yil 18 yanvarda O‘zbekiston Prezidentining «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoyishi qabul qilindi1.

Milliy istiqlol g‘oyasining ob’ekti sifatida O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e’tirof etish mumkin. SHuningdek, xalqning madaniyati, milliy-madaniy merosini, odamlarning ijtimoiy munosabatlarini qator toptirish bilan bog‘liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo‘lishini tahlil etish ham muhimdir. SHuningdek, fanning ob’ekti - O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma’naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.
«Milliy istiqlol g‘oyasi»ning metodlari:

Barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar uchun umumiy bo‘lgan falsafiy metodlar: bu fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi. Bular:



Dialektik metod.

Qiyoslash va taqqoslash metodi (eski metod)

Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o‘tish)

Axloqiy metod.

Izohlash metodi.

Siyosiy prognozlash metodi (ijtimoiy to‘qnashuvlar oldini olish).

Axborotlash metodi yoki integratsiyalash metodi ham deyiladi, ya’ni umumlashtirish metodi: fan yutuqlaridan foydalanish.

Eksperiment metodi.

Kuzatish metodi.

Empirik sotsiologik metodlar (so‘rov, anketa, matematik model).

Statistik umumlashtirish metodi.

Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiylik va h.k.).


Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə