Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1.37 Mb.
səhifə7/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18

Milliy istiqlol g‘oyasini tadqiq qilish bo‘yicha yondoshuvlar. Mazkur mavzuining dolzarb-ligini yana quyidagilar bilan asoslash mumkin.

Birinchidan, milliy istikolol g‘oyasi jamiyat ma’naviy haetining uzviy kismi, kishilar, ijtimoiy va etnik guruxlar faoliyatining dasturiga aylanib bormokda. Bu milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining ijtimoiy-tarixiy mohiyati va etnik jarayonlar bilan

Uzaro aloqadorligini o‘rganishni hayotiy-amaliy ehtiyojga aylantirmoqda.



Ikkinchidan, odamlar, turli ijtimoiy qatlamlar, millatlar va elatlar ongini egallab zabt etish g‘oyaviy kurashning asosiy maqsadiga aylanib borayotgani dunyoning mafkuraviy manzarasiga xos xususiyatlar, xukmron mayllar rivojlanishini, uning shakllanishida etnik omilning rolini o‘rganish va bundan kelib chiqqan holda, mavjud mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish bilan bog‘lik muammolarni falsafiy taxlil etishning hayotiy ahamiyatga egaligini kursatadi.

Uchinchidan, kup millatlilik sharoitida millatlararo munosabatlarni takomillashtirmay, turli millat va elat vakillarining ijtimoiy jarayonlardagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlamay turib, jamiyat hayotini har tomonlama yangilanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uzoq yillar davomida kishilar ongida shakllangan stereotiplar qayta ko‘rib chiqilayotgan hozirgi davrda bu ayniqsa muhimdir. Qayd etilgan holat mustaqillikka erishgan O‘zbekiston milliy siyosatining mazmun-mohiyatini har tomonlama va chuqur yoritib berishning zarurligini kursatadi. Bu o‘z navbatida bir qator savollarga javob topishni talab qiladi. Uzbekistan milliy siyosatining o‘ziga xosligi nimada? Millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirishga va yuzaga kelayotgan muammolarni echishda nimalarga e’tibor berilmoqda? Demokratik qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish jarayoniga qanday ta’sir qilmoqda? Ushbu savollar O‘zbekiston milliy siyosatining g‘oyaviy asoslari va amaliy natijalarini taxlil qilishni talab qiladi.

To‘rtinchidan, milliy istiklol g‘oyasini targ‘ab qilish va millatlararo totuvlikni qaror toptirishda maqsadli va tadrijiy amalga oshiriladigan mafkuraviy tarbiyaniig o‘rni beqiyosdir. Bu ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etishi yo‘llarini tizimiy o‘rganishni talab qiladi.

Qayd etilgen omillar uzviy birlikda milliy istiklol g‘oyasining millatlararo munosabatlarni takomillashtirishdagi o‘rni va rolini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etiish zaruratini belgilab berdi.

Har qanday millat, har qanday xalq bor ekan, uning o‘z manfaatlari, o‘z maqsad va orzu-umidlariga ega bo‘lishi tabiiy. Ana shu orzu-umidlar va maqsadlarni ifoda etadigan, ularni ruyobga chiqarish uchun xalqni safarbar qiladigan g‘oyalar esa muayyan mafkuraga asos bo‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu- midlarini,olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi.



Milliy istiklol g‘oyasini tadqiq qilish davr talabi. SHu ma’noda, «O‘zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir». Milliy istiqlol g‘oyasi tushunchasini uning mohiyati va mazmunini chuqur o‘rganish muhim masaladir.
Milliy g‘oyadan ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar.
Har qanday jamiyat o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi.
 Inson hech qachon tashqi dunyodan, o‘zini qurshab olgan olamdagi o‘zgarishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqea  jarayonlardan  ajralib qolgan, ularni his etmagan xolda ularning ta’sirisiz yashay  olmaydi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy - siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bo‘lgan turli mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g‘oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta’sir etadi.

       Hayotda maqsadi, yuksak  g‘oyasi, ezgu  orzu – intilishlari bo‘lmagan inson va jamiyat a’zolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, ma’naviy yuksaklikka erishishi qiyin. Ayrim yovuz kuchlar ta’sir o‘tkazish orqali o‘z g‘arazli niyatlariga etish maqsadida foydalanishlari mumkin. SHu sababli barcha davrlarda inson va jamiyat o‘z maqsad muddoalarini ifoda etadigan manfaatiga zid bo‘lgan zararli va begona g‘oyalarga qarshi turadi. Har bir xalq, millat  va jamiyat o‘z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta’minlashga yordam beradigan muayyan g‘oyaga ehtiyoj sezadi. 

       Binobarin,  g‘oya muayyan millat va xalqning maqsad- muddoalari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Milliy istiqlol g‘oyasi ham millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o‘zida  mujassamlashtiradi. U o‘zining hayotbaxsh g‘oyalari, buyuk maqsadlari bilan o‘z kuch g‘ayrati, aql-zakovati va hatto  hayotini, buyuk g‘oyalar yo‘lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.  

         Insoniyat tarixidan ma’lumki, er yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, qabila jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «CHunki, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida  mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat, xalq, inson va jamiyatning o‘ziga xos g‘oyasi va  mafkurasi bo‘lgan. CHunki insonning, jamiyatning, xalqning o‘z oldiga qo‘ygan  aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat ahlini  birlashtiradigan, safarbarlikka  undaydigan  g‘oyasi va mafkurasi bo‘lmasa u muqarrar  ravishda halokatga mahkum bo‘ladi.

G‘oya va mafkura inson va  jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi bo‘lib busiz jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qo‘limizda engilmas bir kuchga aylansin»[Karimov I.A. Milliy isstiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir -T.: «O‘zbekiston», 2000, 6-bet.].

         Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga  bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddoalarini ifodalaydigan, ularga  ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bo‘ladi. SHu sababli  ham mafkura barcha davrlarda  jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon  birlashtirib, jamiyat ahli o‘rtasida  sog‘lom  munosabatlarni shakllantirgan. Hamda ezgu orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan.  SHuning uchun ham g‘oya va mafkura  barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni  umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir. 

SHu sababli ham insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim rol o‘ynaydi. Mafkuraning  hayotbaxsh kuchi, avvalo  insonning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bog‘liq. CHunki, insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga undash va shu tariqa ko‘zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma’no-mohiyatini tashkil etadi.

SHu sababli ham milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari tizimida insonning jamiyatdagi o‘rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. Istiqlolning bosh g‘oyasi ham, asosiy g‘oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yo‘g‘rilgan. CHunki  bunyodkorlik - xalqimizning eng olijanob fazilati. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o‘zbek tom ma’noda bunyodkordir, do‘ppisida suv tashib bo‘lsa ham daraxt ko‘kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari va  bunyodkorlik ishlari bunga yorqin misol  bo‘ladi.



2 – mavzu. Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari (2 soat).

REJA:

1.G‘oya va mafkuralarni turkumlashtirish tamoyillari, ularning yo‘nalishlari.

2.Inson omili to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyaviy-siyosiy qarashlar:

3.Milliy istiqlol g‘oyasi konsepsiyasining yaratilishi, uning ijtimoiy- falsafiy asoslari.

TUSHUNCHALAR:

Milliy va umuminsoniy g‘oyalar, g‘oyalarning harakatlantiruvchi motivlari va mexanizmlari, insoniyat xayotidagi dastlabki g‘oyaviy-siyosiy qarashlar, g‘oya va mafkuraga munosabatlar evolyusiyasi, I.Karimov - milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining yaratilishi.

G‘oya va mafkuralarni turkumlashtirish tamoyillari, ularning yo‘nalishlari.
Milliy mafkura - mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarniig mafkurasi, u har bir vatandoshimizning jamiyat, el yurt oldidadgi o‘z burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotgashshgini belgilaydigan ma’naviy mezondir. Fukoro mafkurasining kuchi ularda yashash manfaatinipg nechog‘lik kuchliligidan kelib chiqadi. SHuning uchun hum u to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari bilan chambarchas bog‘lapady va ular bilan uyg‘unlik kasb etadi. Fuqaro qanchalik mustaqil fikrlovchi, o‘z taqdirini yurt, xalk takdiri bilai bog‘lovchi, o‘z o‘rni va qadriga ega bo‘lsa milliy mafkura shunga ma’noli, jozibali, ta’sirchap va kuchli, yaratuvchan bo‘ladi.

Milliy mafkuraning tamal toshini qo‘ygan tarixiy shaxs I. Karimovdir. Ma’lumki, u kishi mamlakatimizning"? birinchi rahbari sifatida 1989 yil iyunidan ish boshladilar va mustaqillik tavdirini xal qilishii o‘z qo‘llariga oldilar.Milliy mustaqillik g‘oyasining asosiy tamoyillari o‘sha yillari ishlandi. U kishining rahbarligida 1989 yil 21 oktyabrdamillat ko‘zg‘usi - o‘zbek tiliga davlat maqomi berildi.

Oradap roppa-rosa besh yuz uch kun o‘tgach Respublika Prezidenti (1990 yil 24 mart) lavozimi joriy qilindi. I. Karimov O‘zbekiston Oliy kengashi sessiyasida Prezidept bo‘lib saylaidi. Oradan ko‘p o‘tmay shuyil 20 iyunda u kishi Mustaqillik Deklaratsiyasipi qabul qilishning tashabbuskori bo‘lib chiqdilar. 1991 yil 31 avgustdamamlakatning mustaqilligi e’lon qilindi. Bularning bari milliy mustaqillik g‘oyasining dastlabki tantanalaridan biri edi.Endi hamma gap mustaqillikni ximoya etish, uni mustahkamlashda edi. 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko‘p narsalarda uzilish bo‘lib, juda og‘ir ahvolga tushib. naq ocharchilik ostonasida turar edik. Iqtisodiyotdan tashqari siyosat, ma’navit,ijtimoiy xayot sohalarida ham talay muammolar qalashib etar edi. Mana shu sohalarni tubdan o‘zgartirib, mustaqillik zaminida,o‘z kuch qudratimizga ishongan holda nafaqat osqqa turishimiz, balki, xech kimning etagisiz yurib ketishimiz kerak edi. Minglab dolzarb savollarga zudlik bilan miiglab oqilonalik bilan javoblar topish kerak edi. YUrtboshimiz ana shu savollarga «etti
marta o‘lchab bir kesish» tamoyiliga amal qilgan holda javoblar topdi. Bu javoblar majmuini esa mustaqillikii mustahkamlashmilliy g‘oyasining majmuini tashkil etadi.

1992 yil iyulida bo‘lib o‘tgap O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq X sessiyasida Prezidentimiz «Bugungi kunda xalqni yakdil qila oladigan ishlar va g‘oyalar oz emas, ular ichida eng ulug‘i, eng oliyjanobi – O‘zbekiston Respublrkasi mustaqilligii ta’minlashdir. Ana shu maqsad, ana shu g‘oya atrofida birlashsak, aslo xor bo‘lmaymiz, aziz vatandoshlar», deb chaqirdilar. Xa, hamma gap mustaqillikni mustahkamlash, unga yorqin kelajak baxshida etish, uni amalga oshirishning aniq yo‘l va vositalarini ishlab chiqish, xalqni bunga ishontirish va ularni bu ezgu maqsad yo‘lida uyushtirishda edi. Bu murakkab vazifalar yanada o‘ktam fikr, qat’iy echimlar, ilxombaxsh g‘oyalarni talab qilar edi.

YUrtboshimiz mazkur sessiyadagi nutqlarida mamlakat oldida turgan barcha muammolarning echimini o‘zida ifodalashi mumkin bo‘lgan g‘oyani - xalqchil, adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish g‘oyasini ilgari surdilar. Bu g‘oya zaminida mamlakat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy xastiga bog‘liq bo‘lgan qarashlar tizimini bayon qilib berdilar va bu qarashlarning oddiy gap emasligiga va bularni amalga oshiruvchi kuchlarnipg mamlakatda bor ekapligiga sessiya qatnashchilarini ishontirdilar, hamda Vatan uchun bor kuchu-g‘ayrati bilan ishlaydigan fidoiy kishilarsiz O‘zbekistonning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi, ular deqoilar orasida ham, ishchilar orasida ham, ziyoliylar orasida ham juda ko‘plab uchraydi. Buiday insonlar biqiriq-chaqiriq kuruq da’vatlar bilan emas, balki haqiqiy bunyodkorlik bilan mashg‘ul. YAngi tarihimiz ijodkorlarini har qancha duo qilsak, ularning nomlarini har qaicha ulug‘lasak arziydi, deb uqtirdilar.

Milliy istiqlol g‘oyasi evolyusiyasida I.A.Karimovning O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat konsepsiyasining axamiyati.

Ijodiy izlanishlar natijasida Prezidentimiz O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Bu konsepsiyada o‘z yo‘limizning shart-sharoiti va zaminlari, O‘zbekistoi demokratik va ijtimoiy adolat jamiyati ekanligi, O‘zbekistoi - kelajagi buyuk, mustaqil, demokratik, hukuqiy davlat, bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodidan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taminlab beradigan davlat ekanligi ilmiy- pazariy jixatdan asoslab berildi.

Konsepsiyada milliy manfaatlarning ustivorligi va teng huquqligi, hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatning mohiti, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mustaqil O‘zbekistonning ichki sissatining negizi zkanligi, bunda inson mapfaatlariga qaratilgan mehnatni rag‘batlantirish, kuchli mexanizmiga ega bo‘lgai va aholinipg‘ ijtimoiy nochor bo‘lgan qatlamlariii davlat yo‘li bilan himoya qilish, mamlakat rivojlanishining ma’naviy-ahloqiy negizlari bo‘lgan umumiisoniy qadriyatlariga sodiqlik, xalqimizking ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, iisonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik kabi bosh g‘oyaviy tamoyillar tariflab berildi. Xalqning ma’naviy ruxini mustahkamlash va rivojlantirish mamlakatda davlat va jamiyatnipg eng muxim vazifasi ekanligini ko‘rsatib berildi.

SHunday qilib YUrtboshimiz rahnomoligida erkni qo‘lga kiritgan halqimiz u kishi raxnomoligida o‘z taraqqiyot yo‘lining, yangi jamiyat bunsd etishning o‘z andozalari xisoblangan bosh g‘oyalar tizimiga ham ega bo‘ldilar. Biz milliy davlatga hos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiot yo‘li orqali, barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik, hukuqiy davlatni, fuqarolik jamiyatini, xalqning muposib turmushini, huquqi va erkinligini kafolatlaydigan, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni qayta tiklash, insonning ma’naviy-ahloqiy barkamolligni ta’minlashiga xizmat qiladigan jamiyatni qurishga kirishdik.

Milliy istiqlol mafkurasinipg nazariy asoslarining takomillashuvida 1992 yili 8 dekabrda qabul qilipgap O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Konstitutsil bevosita I.A. Karimovning fuqaro huquqi mafkurasi, davlat va uning funksiyalariga oid qarashlari asosida tayyorlandi. Bunda 12-modda bilan Respublikasidagi ijtimoiy xayot siyosiy institutilar, mafkuralar va fikrlarning xilma xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilish mumkin emasligi deb belgilab qo‘yildi. Bu milliy mafkuramizning naqadar demokratik va gumanistik xarakterga ega ekanligipi qonunga ko‘ra belgilab berdi.

Inson omili to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyaviy-siyosiy qarashlar:
Ma’lumki, ma’naviy umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim zaminini tashkil qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar o‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilish, dunyodagi ko‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning o‘tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqieti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy, milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.

Aytish joizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog‘liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to‘ldiradi, mazmunan va mohiyatan boyitadi.

Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ajratib olib, unga mahliyo bo‘lib ketish, o‘z millatini maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish boshqa millat vakillarining milliy tuyg‘ulari va nafsoniyatlariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg‘ular millatchilik va "shovinistik" tuyg‘ulariga aylanib ketishi mumkin. SHuning uchun ham bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, me’yordan chiqib ketmaslik, o‘zga millat kishilari tili, madaniyati, tarixi, an’ana va udumlarini astoydil hurmat qilish talab qilinadi. Zero, mamlakatimizda bironta ham xalq; va millat o‘zidan boshqa xalqlar, millatlardan, umumiy jahon sivilizatsiyasidan ajralgan holda tarixga ega emas. Milatlararo boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan. SHuning uchun ham har bir millat o‘z doirasida cheklanib qolmay, boshqa millatlar va xalqlar bilan birgalikda taraqqiy etadi. Agar biror millat boshqa millatlar bilan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lmaganda, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lmaganda, ulardan o‘rganmagan va o‘zidagi yutuqlarni boshqalar bilan baham ko‘rmaganda edi, bunday millat jahon sivilizatsiyasining samaralaridan foydalana olmagan bo‘lardi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: "Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy kadriyatlar takomilda ulkan xissa ko‘shgan. Turli millat vakillariga xurmat, ular bilan baxamjixat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar xam xalqimizda azaldan mujassam".

SHu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, xalqlarning ulug‘vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoyaiy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasidadir. Milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo‘yish, millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o‘rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o‘zbek xalqining ham o‘ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona, xolisona o‘rganish O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi iqtisodiy, madaniy, ma’naviy taraqqietining asosiy shartlaridan va konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga mamlakatimizda yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlari, dini, tili va madaniyati hurmat qilinadigan yagona mafkura, dunyoqarash hukmronlik qilmaydigan, so‘z va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik kafolatlanadigan, ilm-ma’rifat va barkamol inson kamol topadigan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurishning demokratik qadriyatlar va tamoyillar shakllanishini ta’minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi Uzbekistoyada fuqarolik jamiyatining kelajak maqsadlarini belgilab berdi. Zero, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati sharoitida Markaziy Osiyoning suveren davlatlari o‘rtasida "Turkiston - umumiy uyimiz" g‘oyasiga asoslangan millatlararo munosabatlarda umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlardagi millatlararo totuvlik, erkinlik, inson salomatligi, ijtimoiy adolat, qonun oldida tenglik, axxl qo‘shnichilik, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalanish imkoniyatlari va u haqda g‘amxo‘rlik qilish, mehnatsevarlik va har kim o‘z ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari, ezgulik, yaxshilik qilish, tinchlik, do‘stlik, halollik, vatanparvarlik, o‘zidan kattalarni, ota va onani hurmat qilish, farzandlar haqida g‘amxo‘rlik qilish, vijdon, burch, baynalmilolchilik va boshqalar har bir xalq, millatning ma’naviy qadriyatida o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘lishini ko‘ramiz

Suqrotning "O‘zligingni bil" degan hiqmatli so‘zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlagandir. Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni "kichik olam" deb xisoblangan.

O‘rta asrning buyuk donishmandi Abu Nasr al-Forobiy talqinicha, inson omili va uning aqli dunyo rivojlanishining eng oliy mahsulidir. Zero, "Aql va nafs" inson omilining eng yuksak mezoni sifatida qaraladi. Abu Ali ibn Sino inson omili va mezonini ikki xil ko‘rinishga ajratib asoslaydi:



1) ma’lum darajadagi organik xayot;

2) ruxiy xayot (iroda, xoxish, bilish saloxiyatlari).

Mutafakkir ta’kidlashicha, ruh ham uch xil bo‘ladi:



1) xaetiy rux, ya’ni tanning organik xayoti;

2) aloxida vokealar va narsalarni biluvchi rux saloxiyat;

3) insonning akliy faoliyatini boshkaruvchi rux,

Zero, yansondagi insonlik mohiyati o‘zlikni anglashdan, voqea va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishdan iborat, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag‘ishlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko‘mak beradigan kuchdir.



Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, insonni hayvondan ajratib turuvchi eng muhim fazilat, bu insondagi tafakkur salohiyatidir. Inson tafakkur kuchi ila o‘z mohiyatini ham, tabiat va jamiyatga xos qonuniyatlarni ham bilib oladi. Inson mohiyati tabiat va jamiyat ta’sirining natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz sa’y-harakatlar va aqliy bilish orqali tubdan o‘zgartirishi mumkin.

Har bir inson o‘z xulq-atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, inson uchun g‘amxo‘rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish mutafakkirning inson omili va mezoni to‘g‘risidagi idealidir.

Ma’lumki, Amir Temur, Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rahimxon-Feruz kabi buyuk ajdodlarimiz hukmronlik qilgan bu ko‘hna zaminda kadim-qadimdan inson omilini faollashtirish bilan bog‘liq tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, tafakkur, aql va idrok, hur va erkin fmkr qadrlanganligini, adabiyot va san’atning, madaniyat va ma’naviyatning naqadar yuksak darajada ravnaq topganidan ko‘rish mumkin.

Darhakiqat, inson omilini faollashtirish - bu bir tomonlama tor tushuncha emas. Bunda ob’ektiv va sub’ektiv omillarning rolini aniq ko‘rsatish kerak, albatta. Ob’ektiv omillar - tashqi muhit, ijtimoiy-siyosiy hayot, jamiyatda etakchilik qiluvchi yaqtisodiy va ma’naviy tamoyillar va insonning kundalik hayotiga bevosita ta’sir kilib turuvchi barcha voqealar, xodisalar, narsalar va h.k.



Sub’ektiv omillar - insonning ichki imkoniyatlari, aql-idroki, qobiliyati ko‘zg‘oladi, bularning barchasi tafakkur izmiga bo‘ysunib rivojlanish. yuksalib, muvaffaqiyat, samara kabi tushunchalarda ifodalangan boyliklar va qadriyatlarni yuzaga keltiradi. SHu tariqa inson omili jamiyag taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga aylanadi, bu hakiqatni to‘tri tushunmaslik, uning roliga etarli e’tibor bermaslik inson omilini faollashtirish uchun barcha chora-tadbirni ko‘rmaslik tushkunlikka olib keladi.

YAqin o‘tmishdagi voqealar buning yorqin guvohidir. Sobiq Sovet ittifoqida inson omilini faollashtirish haqida ko‘p gapirilar edi. Kompartiya va hukumat qarorlarida, iqtisodiy rivojlanishga bag‘ishlangan risolalarda inson omilini faollashtirish ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi ekanligi qayta-qayta uqtirilardi, Ammo amalda inson omilini faollashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yo‘q edi. Markazlashgan rejali iqtisodda yashlab chiqaruvchi o‘zining ishlab chiqargan mahsulotining‘ oxirgi natijalaridan manfaatdor emasdi, ishlab chiqarishni boshqarishda ham, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonida ham, tovarlar realizatsiyasida ham inson erkin fikrlay olmas, erkin harakat qila olmas, erkin, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olmas edi.

SHu bois sobiq totalitar tuzumning yakka hukmron mafkurasi ta’siri natijasida kishilarimiz xarakteriga va ularni faollashtirishga putur etgan edi. Haqiqatga ishonmaslik, o‘z ijodiy mehnati zavqini tuymaslik, loqaydlik, fikrsizlik, ruhsizlik kabi illatlar jamiyatda ildiz otgan edi. SHuning uchun ham, mustaqillikka erishilg‘an dastlabki kundanoq, shaxsni tafakkur mustaqilligiga, o‘zini o‘z miyasidag‘i totalitar sarqitlardan tozalashga asosiy e’tibor berildi. YA’ni inson mustaqil bo‘lmay turib faol, faolliksiz mustaqil bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasida "jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulugi - inson degan fikrni ilgari surdik", -deganda haqdir. SHuning uchun ham YUrtboshimizning 2002 yil 29 avgustda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida so‘zlagan dasturiy ma’ruzasida inson omilini kuchaytirish masalasiga fuqarolik jamiyatini barpo qilishning ettinchi yo‘nalishi sifatida katta urg‘u berildi. Zero, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan "bu, barcha isloxotl,rimizning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir, - deydi I.A.Karimov. Bu - o‘ylaymanki, demografik va boshka milliy xususiyatlarni xisobga olgan xolda kuchli ijtimoiy siesat olib borish demakdir.

Prezidentimiz tomonidan YAngi yylni Inson va uning manfaatlari bilan bog‘liq - «Oila yili», «Ayollar yili», «Sog‘lom avlod yili», «Onalar va bolalar yili», «Qariyalarni qadrlash yili», «Obod mahalla yili», «Mehr-muravvat yili» deb belgilab berilishi davlat siyosati va ezgu an’anaga aylandi. Buning siyosiy va ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, yil davomida insonga e’tibor qaratiladi va uning qadr-qimmati e’zozlanadi, odamlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash, mehr-oqibatni kuchaytirish maqsadida ko‘pdan-ko‘p xayrli ishlar amalga oshiriladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda O‘zbekistonda adolatli, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllanishida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni qurishda, iqtisodiy islohotlarning samarali bo‘lishida inson omili muhim o‘rin tutadi. Zero, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishini inson omilisiz tasavvur qilish qiyin. Inson omilining ham kasbiy, ham g‘oyaviy jihatdan kuchaytirilishi iqtisodiyotni yuksak darajaga ko‘taradi. Agarda iqtisodiyotning inson kasbiy jihatdan yuksak malakali bo‘lsa-yu, g‘oyaviy jihatdan noqis bo‘lsa-chi? Bunda iqtisodiy jinoyatlar, poraxo‘rlik, shartnomani bajarmaslik, soxta tenderlik, intizomsizlik, tashmachilik, mas’uliyatsizlik, loqaydlik har qanday gullab yashnayotgan iqtisodiyotni kemirib tashlaydi. Demak vijdoniylik, mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik, halolik, intizomlilik nafaqat ma’naviy, mafkuraviy, balki iqtisodiy omillar xam muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri - har tomonlama komil insonni tarbiyalashdash iborat. Komil inson esa, bu - ozod shaxs, erkin fikr etuvchi, o‘z xalqining ideallari uchun kurashuvchi inson, o‘z Vataniga halol xizmat qiluvchi kishidir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir.

Komil inson g‘oyasi azal-azaldan xalkimiziiig zzgu orzusi, millat ma’naviyatining uzviy xismi bo‘lib kelgan. Zardushtiylikning mukaddas kitobi "Avesto"da xolol mezon komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil inson g‘oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada, kengroq ma’no-mazmun kasb etgan. Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Navoiy kabi mutaffakirlarning komil insonni tarbiyalash xaqidagi fikrlari jamiyat tarakkiyotiga yangi ma’naviy imkoniyatlar izlash maksadlari bilan boshlangan. Forobiy fozil shaxar axolisi xakidagi g‘oyalarni ilgari surar ekan, shaxsning ma’naviy kamolotini adolatli jamiyat kurishning asosiy sharti deb xisoblagan.

Tariximizda komillik timsollari ko‘p: Alpomish -xalqimizning ideal qahramoni, u - aql, fahm-farosat, jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlikning badiiy timsoli. Hazrat Navoiy uchun ideal - Farhod obrazi. U aqliy va jismoniy kamolot egasi. Farhod Naqshbandiyning «Dil ba yoru, dast ba kor» tamoyilini o‘zida mujassam etgan shaxs. Oybekning «Navoiy» romanida esa Navoiy - ideal obraz. Ayni paytda u real tarixiy shaxs, komil insondir.

Komil inson xarakteri qanday bo‘lmog‘i kerak, degan masala bilan Abu Nasr Forobiy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al Hakim at-Termiziy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa mutafakkirlar shug‘ullanib, muhim xulosalarni baen etganlar.


Milliy istiqlol g‘oyasi konsepsiyasining yaratilishi, uning ijtimoiy- falsafiy asoslari.
Milliy mafkura - mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarniig mafkurasi, u har bir vatandoshimizning jamiyat, el yurt oldidadgi o‘z burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotgashshgini belgilaydigan ma’naviy mezondir. Fukoro mafkurasining kuchi ularda yashash manfaatinipg iechog‘lik kuchliligidan kelib chiqadi. SHuning uchun hum u to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari bilan chambarchas bog‘lapady va ular bilan uyg‘unlik kasb etadi. Fuqaro qanchalik mustaqil fikrlovchi, o‘z tavdirini yurt, xalk takdiri bilai bog‘lovchi, o‘z o‘rni va qadriga ega bo‘lsa milliy mafkura shunga ma’noli, jozibali, ta’sirchap va kuchli, yaratuvchan bo‘ladi.

Milliy mafkuraning tamal toshini qo‘ygan tarixiy shaxs I. Karimovdir. Ma’lumki, u kishi mamlakatimizning"? birinchi rahbari sifatida 1989 yil iyunidan ish boshladilar va mustaqillik tavdirini xal qilishii o‘z qo‘llariga oldilar.Milliy mustaqillik g‘oyasining asosiy tamoyillari o‘sha yillari ishlandi. U kishining rahbarligida 1989 yil 21 oktyabrdamillat ko‘zg‘usi - o‘zbek tiliga davlat maqomi berildi.

Oradap roppa-rosa besh yuz uch kun o‘tgach Respublika Prezidenti (1990 yil 24 mart) lavozimi joriy qilindi. I. Karimov O‘zbekiston Oliy kengashi sessiyasida Prezidept bo‘lib saylaidi. Oradan ko‘p o‘tmay shuyil 20 iyunda u kishi Mustaqillik Dekloratsiyasipi qabul qilishning tashabbuskori bo‘lib chiqdilar. 1991 yil 31 avgustdamamlakatning mustaqilligi e’lon qilindi. Bularning bari milliy mustaqillik g‘oyasining dastlabki tantanalaridan biri edi.Endi hamma gap mustaqillikni ximoya etish, uni mustahkamlashda edi. 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko‘p narsalarda uzilish bo‘lib, juda og‘ir ahvolga tushib. naq ocharchilik ostonasida turar edik. Iqtisodiyotdan tashqari siyosat, ma’navit,ijtimoiy xayot sohalarida ham talay muammolar qalashib etar edi. Mana shu sohalarni tubdan o‘zgartirib, mustaqillik zaminida,o‘z kuch qudratimizga ishongan holda nafaqat osqqa turishimiz, balki, xech kimning etagisiz yurib ketishimiz kerak edi. Minglab dolzarb savollarga zudlik bilan miiglab oqilonalik bilan javoblar topish kerak edi. YUrtboshimiz ana shu savollarga «etti
marta o‘lchab bir kesish» tamoyiliga amal qilgan holda javoblar topdi. Bu javoblar majmuini esa mustaqillikii mustahkamlashmilliy g‘oyasining majmuini tashkil etadi.

1992 yil iyulida bo‘lib o‘tgap O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq X sessiyasida Prezidentimiz «Bugungi kunda xalqni yakdil qila oladigan ishlar va g‘oyalar oz emas, ular ichida eng ulug‘i, eng oliyjanobi – O‘zbekiston Respublrkasi mustaqilligii ta’minlashdir. Ana shu maqsad, ana shu g‘oya atrofida birlashsak, aslo xor bo‘lmaymiz, aziz vatandoshlar», deb chaqirdilar. Xa, hamma gap mustaqillikni mustahkamlash, unga yorqin kelajak baxshida etish, uni amalga oshirishning aniq yo‘l va vositalarini ishlab chiqish, xalqni bunga ishontirish va ularni bu ezgu maqsad yo‘lida uyushtirishda edi. Bu murakkab vazifalar yanada o‘ktam fikr, qat’iy echimlar, ilxombaxsh g‘oyalarni talab qilar edi.




Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə