Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə1/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1,37 Mb.
#54537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI


MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI

FANIDAN O‘QUV USLUBIY MAJMUA

Toshkent – 2016
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI


TASDIQLAYMAN”

O‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor, f.f.n Aliyev S.U

_________________

“___” _________2016_ yil




MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY- IQTISODIY

RIVOJLANISH STRATEGIYASI FANIDAN

O‘QUV USLUBIY MAJMUA

Toshkent - 2016

Tuzuvchilar:

N.S.Salimsakova - Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi


Taqrizchi:

Ikromjonov A. M. – TDSHI “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” dotsenti

O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining soha uslubiy kengashning 2016 yil 15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.

Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov

O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi
__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi
Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev


MUNDARIJA:
1.Ishchi dastur 4 bet

2.Sillabus 23 bet

3.Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar. 30 bet

4.Nazariy mashg‘ulot materiallari 31 bet

5. Seminarlar uchun materiallar 100 bet

6.Keyslar banki 117 bet

7.Mustaqil ta’lim mavzulari 119 bet

8.Testlar 122 bet

9.Glossariy 136 bet

10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 139 bet



Kirish

Mustaqillik yillari Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, bu sohada milliy g‘oyani ilmiy o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq qilishda salmoqli tajribalar toplandi. Ayni paytda, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, jamiyatimizda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirish, xususan, bunda milliy g‘oyani o‘qitish izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, bu boradagi ishlarni ta’lim tizimidagi har bir bosqichga moslab differensiyallashtirish, ya’ni o‘rta maktab, litsey(kollej) hamda bakalavriat, magistratura va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bosqichlarida milliy g‘oya va mafkuraga doir qaysi masalalar qanday o‘qitilishini konkretlashtirish zaruriyati, ta’lim tizimida milliy g‘oya o‘qitilayotgan fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Mazkur o‘quv dasturi ayni shu ehiyojdan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimida milliy g‘oya va mafkurani o’qitishni O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq yaratildi va unda magistratura bosqichida tayyorlanayotgan mutaxassis- kadrlarga milliy g‘oya va mafkuraning tub mazmun-mohiyatini, ularning nazariy- metodologik masalalarini chuqur o‘rgatish belgilandi.

Ishchi dasturni yaratishda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida - o‘rta maktab, litsey, kollej va bakalavriatlarda “Milliy istiqlol goyasi” fanini o’qitishning amaldagi dasturlari qiyosiy tahlil qilib chiqildi va oliy ta’limda ularning takrorlanishi bartaraf etildi. Ishchi dasturdagi mavzular Prezidentimiz I.Karimov asarlaridagi milliy g‘oya, ma’naviyat va mafkuraga doir yul-yuriq va ko’rsatmalar hamda “Milliy istiqlol mafkurasi asosiy konsepsiyasi” mazmuniga muvofiq tuzuldi. Ishchi dasturda talabalarning milliy g‘oyani o‘rganish bo’yicha ta’limning oldingi bosqichlarida olgan bilimlarini mantiqiy davom ettirish nazarda tutilib, ularning muayyan g‘oyaviy-mafkuraviy tayyorgarliklari hamda ixtisosliklari hisobga olindi va predmetning nazariy-metodologik jihatlari kuchaytirildi.


Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanining maqsadi va uning vazifalari
Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga yangi jamiyat qurish, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish, milliy ong va g‘ururini uyg‘otish, yoshlarni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun faol kurashchi komil inson qilib tarbiyalashdan iborat. Mazkur fan yosh avlodni ulug‘ xalqimizning olijanob milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari halollik, poklik, odillik, adolatlilik ruhida tarbiyalamog‘imiz kerak. Undan tashqari mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnasha oladigan idrokli va qobiliyatli o‘zining tarixiy ildizlarini anglashga, yurtiga, vataniga, ona xalqiga cheksiz mehr-muhabbat bilan to‘lgan avlod kamolga erishishiga xizmat qiladi.
Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani bo‘yicha magistr-talabalarning bilimiga, o‘quviga, ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar.


  • milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlar falsafiy masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi;

  • insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, jamiyat va shaxs ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi; zamonaviy sivilizatsiya va uning taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim etish usullari to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirishi;

  • ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bo‘yicha muntazam ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi;

  • ilmiy ijodiyot metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar bo‘yicha menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni ta’minlashi;

amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yo‘naltirilgan axborot texnologiyalari va tizimlarini o‘zlashtirishni ta’minlashi kerak.
Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanining o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan ketma-ketligi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”fani boshqa ijtimoiy – gumanitar fanlar, hususan, arheologiya, etnografiya, numizmatika, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, falsafa, iqtisod, geografiya, demografiya kabilar bilan bevosita bog‘liq rolda o‘rganiladi. Fanlararo aloqalardan unumli foydalanish, o‘zaro uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”fanining ta’lim – tarbiya beruvchi, ma’naviyat yuksaltiruvchi va inson kamolot hamda millat ravnaqini ta’minlovchi vazifalarini to‘laqonli amalga oshirishga xizmat qiladi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Fanni o‘qitishda mantiqiylik, tarixiylik, sistemalilik tamoyillariga amal qilish, ta’limni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quv jarayonida samarali ta’lim usullarini qo‘llash, xususan, darslarda “Aqliy xujum”, “Munozara”, “Bumerang”, “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi” kabi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qarati.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.


Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:


t/r

Mavzular nomi

Jami

soat


Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

TMI

Jami

1

Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik asoslari

4

2

2

5

9

2

Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari

4

2

2

5

9

3

Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari.

8

4

4

-

8

4

Mustaqillik tafakkuri va yangi dunyoqarashni shakllantirishning milliy g‘oyaviy negizlari

4

2

2

-

4

5

Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning tamoyillari va qonuniyatlari. O‘zbek iqtisodiy modelini shakllantirish va amalga oshirish

4

2

2

4

8

6

“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning g‘oyaviy-mafkuraviy axamiyati.

8

4

4

4

12

7

Milliy iqtisodiyotning dunyo xo‘jaligigaintegratsiyalashuvi.O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga o‘tish strategiyasi, uning g‘oyaviy asoslari va dolzarb vazifalari.

4

2

2

-

4

8

Milliy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-shviqotni tashkillashtirish hamda aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari

4

2

2

-

4




Jami

40

20

20

18

58



Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.

Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi

Ma’ruza mashg‘ulotlari

I Bo‘lim. MILLIY G‘OYA:

Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy g‘oya va mafkura paradigmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik masalalari. G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari va rivojlanish xususiyatlari. Ideologiyaning tadqiqot ob’ekti va predmeti. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati.Turli xil g‘oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari. Islom Karimov asarlarida milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarining asoslab berilishi. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillarining mazmun-moxiyati. “G‘oya”,“mafkura , “milliy g‘oya” tushunchalarining nazariy asoslari va mamlakatimizga xos jihatlari. G‘oya va mafkuralarga turli xil karashlar va nazariyalar. Milliy g‘oyaning falsafiy, tarixiy asoslari. Inson va jamiyat hayotida g‘oya va mafkuraga bo’lgan talab-ehtiyojlar, ularning ob’ektivligi. Prezident Islom Karimov tomonidan “Mafkuraning xar qanday jamiyat xayotida zarurligi. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar” ekanligining asoslanishi.

Milliy g‘oyadan ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar. O‘zbekiston ijtimoiy hayotining mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanishi. Milliy g‘oyaning gumanistik mohiyati va demokratik xarakteri, uning xalq madaniy merosi va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayanishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.



Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.
Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari

G‘oya va mafkuralarni turkumlashtirish tamoyillari, ularning yo‘nalishlari. Milliy va umuminsoniy g‘oyalar, ularning rivojlanish xususiyatlari. G‘oyalarning harakatlantiruvchi motivlari va mexanizmlari. Milliy va umuminsoniy g‘oyalarning o‘zaro nisbati, ularning shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Milliy g‘oyani shakllantirishda madaniy me’rosning o‘rni.Insoniyat xayotidagi dastlabki g‘oyaviy-siyosiy qarashlar: turli tarixiy ertak, doston, afsona va rivoyatlardagi g‘oyalar; “Veda” adabiyotlari - Upanishadlar, “Avesto”, “Tavrot(Injil)” va boshqa manbalardagi ma’lumotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy moxiyati. Qadimgi Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy, YUnoniston xamda Markaziy Osiyo xalqlari xayotida shakllangan g‘oya va mafkuralar, ularning davlat va jamiyat qurilishiga doir asosiy mazmuni. Milliy istiqlol g‘oyasi konsepsiyasining yaratilishi, uning ijtimoiy- falsafiy asoslari. Mustaqil O‘zbekistonda g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning rivojlanish xususiyatlari. G‘oya va mafkuraga munosabatlar evolyusiyasi. Milliy g‘oyani shakllantirishning ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari. “Konsepsiya” tushunchasi, uning mazmuni va maqomi. Prezident Islom Karimov - milliy istiqlol g‘oyasi konsepsiyasining asoschisi. (5 soat).Konsepsiyaning ijtimoiy- falsafiy mohiyati va nazariy-metodologik asoslari. “Milliy mafkura - davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai” asari.Konsepsiyaning tuzulishi, maqsadi va vazifalari. I.Karimov - milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining mazmuni va maqsadlari haqida. Konsepsiyadagi asosiy masalalar tavsifi: milliy g‘oya va mafkuralar tarixi; xozirgi zamonda inson ongi va qalbi uchun kurash; O‘zbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muammolar; milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish masalalari, bu borada amalga oshirilgan nazariy va amaliy ishlar. Konsepsiyada yangi jamiyat qurilishiiga doir masalalar. YAngi jamiyat qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy masalalarini yoritish - milliy mafkurani shakllantirishning muxim sharti. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning mazmun-mohiyatini, uning kelgusi rivojlanish bosqichlarini haqqoniy yoritish vazifalari, buning ilmiy-amaliy ahamiyati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.



Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19.
Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari. Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari.

Milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasining dunyoviy xarakteri va uni takomillashtirish kafolatlari. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyatini. Davlat va jamiyat qurilishing g‘oyaviy-mafkuraviy masalalari. Davlat va jamiyat qurilishiga doir goya va mafkuralarning tarixiy tiplari, shakllari va yunalishlari, ularning ijtimoiy-siyosiy moxiyati va namoyon bulish xususiyatlari. Monarxiya, politiya(respublika), oligarxiya, tiraniya, timokratiya va demokratiya to‘g‘risidagi Platon, Arestotel va boshqa mutafakkirlarning ta’limotlari. Liberalizm, konservatizm, pragmatizm, sotsial demokratiya va totalitarizm g‘oyalari. «Ijtimoiy tuzum» tushunchasi. Ijtimoiy tuzum xarakterini belgilovchi omillar: davlat siyosati va xalq mentaliteti. Ijtimoiy tuzumlarning turli shakl-ko‘rinishlari, bu boradagi o‘ziga xos qarashlar va ta’limotlar. Ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializm, kommunizm va kosmopolitizm haqidagi qarashlar. Milliy davlatchilik g‘oyalarining mazmun-moxiyati va namoyon bulish xususiyatlari. «Davlatchilik», «Milliy davlatchilik» tushunchalari, ularning g‘oyaviy-mafkuraviy mazmuni. Milliy davlatchilik g‘oyalarining tarixiy shakllari va muqobil modellari: hoqonlik, sultonlik, qirollik, podsholik, xonlik, amirlik; monarxiya, respublika va xok. Adolatli davlat g‘oyasi, uning ijtimoiy- siyosiy asoslari, nazariy-metodologik manbalari, namoyon bo‘lish xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari. Milliy davlatchilikda tarixiylik va vorisiylik munosabatlari.O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning rivojlanish bosqichlari: dastlabki g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar va ta’limotlar. «Avesto», «Urxun-enisey bitiklari», «Qutadg‘u bilig» va boshqa tarixiy manbalardagi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar. Zardushtiylik, Moniylik va Mazdakiylik mafkurasi. Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, YUsuf Xos Xojib, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshka mutafakkirlarning asarlaridagi davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning mohiyati. Jadidchilik g‘oyalari.Diniy va dunyoviy davlat tuzumlari, ularning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari va rivojlanish bosqichlari. Ijtimoiy xayotda diniy va dunyoviy turmush tamoyillarining amal qilish xususiyatlari. “Dunyoviy davlat” tushunchasi. Davlat va jamiyat qurilishida diniy qadriyatlarning o‘rni. Diniy va dunyoviy davlat tuzumlaridagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar mohiyati, ulardagi an’anaviylik va zamonaviylik, milliylik va umuminsoniylik nisbati.Hozirgi davrdagi davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar va munosabatlardagi asosiy tendensiyalar: diniy-mifologik qarashlar, ilmiy-falsafiy ta’limotlar, siyosiy-sotsiologik va texnokratik konsepsiyalar, futurologik g‘oyalar, ularning asosiy xususiyatlari. “An’anaviy jamiyat”, “Postindustrial jamiyat”, “Axborotlashgan jamiyat”, “Texnokratik jamiyat”, Modernizm, Neokommunizm va Kosmopolitizm, ularning g‘oyaviy-mafkuraviy mohiyati. Demokratiya. Dunyo xalqlari xayotida demokratiyaning amal qilish xususiyatlari. Demokratiyaning zamonaviy shakl-ko‘rinishlari va bu boradagi mafkuraviy qarashlar va ta’limotlar.(5 soat).

O‘zbek milliy davlatchilik g‘oyasining gumanistik mazmuni va demokratik xarakteri, uning ijtimoiy-falsafiy va tarixiy ildizlari. “Ezgu fikr”, “Ezgu suz”, “Ezgu amal” g‘oyalari, ushbu g‘oyalarning ijtimoiy-siyosiy mazmuni va milliy davlatchilik mafkurasining shakllanishidagi o‘rni. O‘zbek davlatchiligining asosiy tamoyillari, ularning gumanistik mohiyati. O‘zbek davlatchiligida milliylik va umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik nisbati, ulardagi ma’naviyat, demokratik qadriyatlar, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari ustuvorligi. “Huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish” g‘oyasi.

I.Karimov faoliyati va o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti. O‘zbek davlatchiligi tarakkiyotining yangi boskichi. Unda I.Karimov faoliyatining o‘rni. I.Karimovning davlat va jamiyat qurilishiga doir ijtimoiy-falsafiy qarashlari, ularning g‘oyaviy-mafkuraviy mohiyati. I.Karimov - yangi o‘zbek davlatining asoschisi. “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish” konsepsiyasi va “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” g‘oyalari. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning asosiy mazmuni.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21.

Mustaqillik tafakkuri va yangi dunyokarashni shakllantirishning milliy g‘oyaviy negizlari. G‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarning muqobillashish va muvofiqlashish tendensiyasi hamda ularning qonuniyatlari. Hozirgi davrda g‘oyaviy-mafkuraviy hamkorlikning tarixiy zaruriyati, imkoniyatlari va muammolari. G‘oyaviy ta’lim-tarbiya tamoyillari. Milliy ta’lim-tarbiya istiqlol g‘oyasini rivojlantirish imkoniyatlari.“Mustaqillik tafakkuri” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Prezident Islom Karimov asarlarining mustaqillik tafakkuri va yangicha dunyokarashni shakllantirish va rivojlantirishda nazariy asos bulib xizmat qilayotgani. Istiqlol arafasi va mustaqillik yillarida YUrtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot modelini tanlab olgani va bu yo‘lni sobitqadamlik bilan amalga oshirish jarayonida odamlarning ongi, tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgarib, ularning islohotlarga dahldorlik xissi oshib borgani, bu borada amalga oshirilgan ishlar va ularning g‘oyaviy- mafkuraviy mohiyati. “YAngi dunyoqarash” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bulish xususiyatlari. Hozirgi davrda jamiyatimiz a’zolari, ayniqsa yoshlarda mustaqillik tafakkuri va yangicha dunyoqarashni shakllantirishda samarali natijalarga erishlayotgani. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” - mustaqillik tafakkuri va yangicha dunyoqarashni mustahkamlash omili.

Mustaqillik tafakkuri va yangicha dunyoqarashni shakllantirishning ma’naviy-ma’rifiy negizlari. Ma’naviyat, fan va ta’lim-tarbiya sohalaridagi islohotlarning maqsad-muddaolari va ahamiyatiga aloxida e’tibor qaratilgani. Bu tushunchalarni axolining ongi va qalbiga singdirish, milliy mentalitetning tarkibiy qismiga aylantirish masalalari.Mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy barqarorlikning ma’naviy-ma’rifiy negizlari mustahkamlanayotgani, xayotning bu sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlarning dunyo jamoatchiligi, nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilayotgani. Davlatimiz rahbari asarlarida ana shu tadrijiy jarayonning mazmun- mohiyati va ahamiyati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.



Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19;A20;A21.
Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin