Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»


Ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari



Yüklə 88,32 Kb.
səhifə3/5
tarix28.02.2023
ölçüsü88,32 Kb.
#123689
1   2   3   4   5
Ilmiy tadqiqotning bosqchlari

2. Ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari
Ilmiy-tadqiqot ishlari keng ijodiy faoliyat va tinimsiz mex,nat demakdir. Bu yulda tadqiqotchini juda ko’p xilma-xil kiyinchiliklar kutadi, ularni yengish uchun esa kuchli bardosh, kat’iyat lozim. Boshlovchi tadqiqotchilar, odatda, o’z ishlarini qanday tashkil etishni, uni qay yusinda olib borishni bilmaydilar.
Xar qanday ilmiy tadqiqot quyidagi asosiy, mantiqan uzaro bog’liq bosqichlarga bulinishi mumkin:

  • tadqiqot mavzusini tanlash; u, albatta, mazkur tadqiqotning ob’ekti sifatida tanlab olingan masalaning o’rganilganlik darajasini aniqlashga, ilmiy ishlan- malarning muayyan usuliyatini qo’llashning mavjud imkoniyatlariga qarab mo’ljal olishga asoslanadi hamda tadqiqotning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish bilan yakunlanadi;

  • ish rejasini tuzish, xususan, tadqiqot usullarini o’zlashtirish hamda uning asosiy bosqichlarini belgilashda uz aksini topadigan uzil-kesil karordir;

  • tadqiqot materiallarini yig’ish, to’plash va ularga dastlabki ishlov berish; bu ish mazkur ilmiy tadqiqot oldida to’rgan vazifalarga va ularni xal etish uchun tanlangan usullarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi;

  • ma’lumotlarni taxlil qilish va umumlashtirish bajarilgan ishlarni jamlash hamda tadqiqot natijalari bo’yicha aniq xulosalar chiqarish bilan yakunlanadi;

  • tadqiqotni tugallash uz ichiga uning natijalari muxokamasi, ishni adabiy hamda texnik jixatdan shakllantirish, shuningdek, uni tarkatish (sotish) bilan bog’liq imkoniyatlarni aniqlash amallarini qamrab oladi.

Ilmiy tadqiqotning sanab utilgan bosqichlari nafaqat uzaro bog’liq, ularning biri ikkinchisiga singib, kirishib Xam ketgan. Izlanish jarayonida tadqiqotchi muntazam ravishda bajargan ishlariga tuzatishlar, uzgartishlar kiritib turadi. Masalan, ish davomida yig’ilgan ma’lumotlarning sifatiy tavsifnomasi haqida yetarlicha aniq tasavvur paydo bulgach, tadqiqotning nomlanishi, maqsad va vazifalariga aniqlik kiritishga turri keladi yoki tadqiqot materiallarini taxlil qilish hamda umumlashtirish chorida kushimcha ma’lumotlar olish zarurati paydo bo’ladi. Bularning barchasi tadqiqotchiga material yig’ish va to’plash bilan bog’liq keyingi ishlarga uz vaqtida uzgartishlar kiritish, demak, vaqt va mexnatni tejash imkonini beradi.
Ilmiy tadqiqotning muvaffaqiyati uning qanday tuzilganligi va usuliy ta’minlanganligigagina emas, ilmiy xodimningtanlangan mavzuga qanday munosabatda ekanligiga xam bog’liqdir. Ishga kirishar ekan, tadqiqotchi uzida tanlab olingan mavzuga chuqur ilmiy qiziqish xis etishi, bor vujudi bilan unga berilib, doimo u xakda o’ylashi, uz oldidagi tadqiqot masalalarini yechishning eng samarali yo’llarini izlashi lozim. SHuningdek, ilmiy izlanishlar olib borishga intilayotgan tadqiqotchining umumiy va maxsus tayyorgarligi tadqiqot xajmi hamda mavzuning mazmuniga muvofiq bo’lishi kerak.
Tadqiqot mavzusini tanlash
Ilmiy tadqiqot jarayoni mavzu tanlashdan boshlanadi, uning to’g’ri tanlanishi esa ko’p jixatdan keyingi ishlarning muvaffaqiyatini belgilaydi. SHuning uchun xam tadqiqotning turri tanlangan mavzusi katta axamiyatga ega bo’lib, o’ziga tadqiqotchi tomonidan xam, uning ilmiy raxbari tomonidan xam jiddiy e’tiborni talab etadi.
Jismoniy tarbiya va sport soxasidagi ilmiy ish mavzusi tadqiqotchining keyingi maqsadli faoliyati uchun istikbolli bo’lishi, demak, u ilmiy tadqiqotlarga qo’yiladigan umumiy talablarga to’la javob berishi shart. Ilmiy tadqiqot mavzusining istik,bolli ekanligini belgilaydigan asosiy mezonlar: a) uning dolzarbligi, ya’ni jismoniy tarbiya va sportning muayyan soxasidagi nazariy hamda amaliy axamiyati; b) olinadigan ma’lumotlar, tadqiqot usuli va yo’nalishining yangiligi; v) murabbiylik va pedagoglik amaliyotining eng muxim ex,tiyojlari bilan bevosita alokadorlik; g) sport fanining mazkur soxasiga oid muayyan ilmiy masalani xal etish maqsadiga yunaltirilganlik; d) mavjud sharoitda qo’yilgan ilmiy vazifalarni bajarish mumkinligi (raxbarlik kdpuvchi va bajaruvchi xodimlarning yetarliligi, xodimlarning tayyorlanganlik darajasi, zarur moddiy-texnika bazasining mavjudligi).
Ilmiy tadqiqotning istikbolli yo’nalishini to’g’ri belgilash va uning aniq mavzusini tanlab olishda ilmiy- texnik axborotlar katta axamiyatga ega. Ular xar qanday turdagi ilmiy-tadqiqot ishlarining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Xar bir tadqiqotchi ishni tanlangan mavzuga doyr o’zigacha kulga kiritilgan ma’lumotlarni to’plash va o’rganishdan boshlaydi, izlanishlarni uzi erishgan natijalar to’g’risidagi u yoki bu ma’lumotlar bilan tugallaydi.
Ilmiy tadqiqot mavzusining istikbolliligi mezonlarini aniqlash uchun tadqiqotchi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha olib boriladigan ishning dastlabki taxlilini amalga oshirish kerak:

  • mavzuning o’rganilganlik darajasini aniqlash;

  • tadqiqotda qo’llanilishi mumkin bo’lgan usullarni belgilash;

-tadqiqotning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish.
Tadqiqot mavzusining o’rganilganlik darajasini aniqlashdan maqsad - mazkur masalaning moxiyati haqida umumiy tasavvur xosil qilish, utmishda uning ilmiy tomondan ishlanishi kaysi yo’llardan borganligi to’g’risida tushuncha xosil qilishdan iborat. Bunday ma’lumotlar, birinchidan, amalga oshiriladigan tadqiqotning aniq vazifalari va unga asos bo’ladigan usullarni turri belgilash imkonini bersa, ikkinchidan, avvalgi tadqiqotlarda yetarlicha yoritilgan masalalar ustida ishlash uchun ortikcha kuch va mablar sarflashning oldini oladi.
Bunday dastlabki tanishtirish manbalari sifatida «Теория и практика физиcкеской культуры» («Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti») ilmiy jurnali (unda Rossiya bo’yicha ximoya qilingan dissertatsion ishlar ro’yxati keltiriladi), dissertatsiya ishlari avtoreferatlari, ilmiy anjumanlar to’plamlari, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha monografiyalar, Uzbekistan Respublikasi OAK byulleteni, tadqiqotchini qiziqtirgan masala bo’yicha adabiyotlarning umumlashtirilgan referativ obzorlari xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotda qo’llanilishi mumkin bo’lgan usullarni belgilash xam ilmiy ishning mavzusini va uni bajarish yo’llarini uzil-kesil tanlab olishda katta axamiyatga ega. Tadqiqotchi tanlagan usullar izlanishning maqsadiga eng samarali yo’llar bilan erishish, tadqiqot ob’ekti to’g’risida ishonchli ma’lumotlar olish hamda o’rganilayotgan xodisa yoki jarayonning moxiyatini iloji boricha chuqur ochishni ta’minlamogi lozim.
Tadqiqotchi tekshirilayotgan masala ustida ilmiy ish olib borish jarayonida qo’llashi mumkin bo’lgan tadqiqot usullari to’g’risida tasavvur xosil qilish uchun dissertatsiya va avtoreferatlar kabi asosiy adabiy manbalardan foydalanishi, ular orqali tanlagan mavzusining o’rganilganlik darajasini aniqlashi mumkin.
Tadqiqot usullarini belgilash uni muayyan sharoitlarda amalga oshirishning mavjud imkoniyatlariga bog’liqdir. Masalan, zarur moddiy-texnika bazasi - maxsus kompьyuter dasturi asosida taxlil qilinadigan tezkor videotasmaga tushiruvchi uskunalar bulmasa, sportchi xarakatlarining biomexaniq xususiyatlarini tadqiq etishni rejalashtirishga Qanday xojat bor?
Biroq tadqiqotchini tekshiruvning faqat an’anaviy yoki soddalashtirilgan usullaridan foydalanishga yunaltirish turri bo’lmaydi. Tadqiqotchi yangi usuliy yul-yuriklarni qo’llash bo’yicha qo’lidan kelgan barcha choralardan foydalanishi kerak. Buning uchun zarur asbob-uskunalarga ega bo’lgan muassasalar bilan ilmiy alokalar urnatish lozim bo’ladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish ilmiy ish mavzusini tanlash amallarini oxiriga yetkazadi. Tadqiqotchi o’zini qiziqtirgan mavzuning o’rganilganlik darajasini hamda aynan shu muayyan sharoitda ilmiy jixatdan ishlanishi zarur bo’lgan masalalarni o’rganishda qo’llaniladigan usullarni aniqlagach, mazkur tadqiqotning vazifalarini belgilab olishi, oldida to’rgan maqsadni ifodalab bera bilishi shart. Yanada tushunarlirok qilib aytganda, u ilmiy-tadqiqot ishining bosqichlarida amal qilinadigan ishchi farazlarni aniqlashtirib olishi kerak.
Ishchi farazlar shakllantirilgach (keyingi barcha ishlar shu zaminga tayanadi), tadqiqotning ish rejasi tuziladi. Ilmiy xodim tanlagan farazlariga amal kilgan holda Qanday materiallar to’plashi lozimligini, qanday tadqiqot ob’ektlari talab etilishini, oldinga surilgan farazlarni isbot qilish yoki rad etishga yarokli ma’lumotlarni olish uchun tadqiqotni kaysi usullarda olib borishi zarurligini belgilaydi.
Tadqiqotning ish rejasini tuzish
O’tkazilajak tadqiqotning ish rejasi uning yo’nalishini belgilab berishi, ilmiy ishning maqsadi, chegaralari hamda asosiy vazifalari moxiyatini aniq ko’rsatishi kerak.
Ish rejasida mavzuning ishlanish bosqichlari boshlanadigan va tugallanadigan muddatlar ko’rsatilib, bunda amalga oshiriladigan vazifalarning turlari batafsil sanab utiladi. Masalan, adabiyotlarni yig’ish va o’rganish, odatda, quyidagilarni uz ichiga oladi:
a) tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiy manbalarchi turli ьibliografik ko’rsatkichlarni kuzdan kechirish yo’li bilan shiklash; b) chuqur o’rganilishi kerak bo’lgan adabiy manbalarning ro’yxatini (kartotekasini) tuzish; v) ajratib olingan asarlarni uk,ib chiqish va ularga tegishli ishlov berish (k,isk,acha mazmunini yozib olish, zarur ma’lumotlarni kuchirish): g) o’rganilgan adabiy manbalarning tanqidiy obzorini tuzish va xulosa chiqarish.
Ilmiy tajriba shaklidagi tadqiqotlarni rejalash- tirishda quyidagilarni kuzda tutish zarur: a) ilmiy tajribani o’tkazish usuliyatini o’zlashtirish; b) zarur asbob- uskunalar, xujjatlarni tayyorlash, pedagogik tajriba o’tkaziladigan bo’lsa, u holda sportchilarning jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarligi darajasiga ko’ra tajriba guruxlarining tarkibini, pedagogik tajriba uchun ajratilgan muddatlarni belgilash; v) tadqiqotchining usuliy va texnik jixatdan tayyorgarligini aniqlash maqsadida dastlabki pedagogik tajribani o’tkazish; g) ishchi farazlarning zarur isbotini olish uchun ilmiy tajribani yoki ularning seriyalarini yulga kuyish; d)tajriba ma’lumotlariga statistik ishlov berish va uning tajribalarini taxlil qilish; ye) kushimcha tajribalarni (zarur bo’lganda) o’tkazish;
j) ilmiy tajriba natijalarini umumlashtirish va ularni ilmiy farazlar bilan taqqoslash.
Tadqiqot bosqichlari va ularda olib boriladigan ishning muayyan turlarini rejalashtirishda belgilangan amallar ketma-ketligi hamda mantiqiy izchilligini aniq oydinlashtirib olish zarur. Muayyan topshiriklar rejada ularni u yoki bu vaqt bo’lagida bajarish mumkinligidan kelib chikib (masalan, tajriba tadqiqotlarining moddiy-texnika bazasi tayyorgarligini xisobga olgan holda) ko’rsatiladi.
Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirishning juda muxim nuktalaridan biri belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadigan tadqiqot usullarini uzil-kesil tanlab olish masalasidir. Eng ishonchli usullar tanlab olingach, ish rejasida o’rganiladigan ob’ektlar soni (sportchilar, mashg’ulotlar, musobakalar toifasi) hamda o’rganiladigan ob’ektlarni kuzatish muddati belgilab qo’yiladi. Bunda rejadagi kuzatishlar miqdori olingan ma’lumotlarning statistik jixatdan ishonchliligiga mezon bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqotni rejalashtirish ish rejasini tuzish bilan tugamaydi. Tadqiqotlar o’tkazish chogida dastlab tuzilgan ish rejasi muntazam ravishda taxrir qilib boriladi. Unga ishning aloxida bosqichlarini amalga oshirish muddatlarini aniqpashtirish, kushimcha tadqiqotlar o’tkazish zarurati, ba’zan esa ilgari kuzda tutilmagan yangi ilmiy masalalarning yuzaga chiqishi bilan bog’liq uzgartishlar kiritilishi mumkin.
Shunday qilib, tadqiqotning ish rejasi tadqiqotchi bajaradigan barcha ishlarning yunaltiruvchi kuchi xisoblanadi, u o’tkaziladigan ilmiy tadqiqotning maqsadi hamda undagi asosiy masalalar moxiyatini ochik-oydin ko’rsatishi kerak. Tadqiqotning ish rejasi garchi xali taxminiy bo’lsa xam, bunday reja juda zarurdir. Usiz umuman ishga kirishish mumkin emas, chunki rejasiz tadqiqotchi ish jarayonida nimalar qilishi, kaysi yuldan borishi va qanday natijalar olmokchi ekanligini bilmaydi. Ish rejasining dastlabki varianti qanchalik turri tuzilgan bo’lsa, tadqiqot o’tkazish davomida unga shuncha kam uzgartirishlar kiritishga turri keladi.
Tadqiqot materiallarini yig’ish va to’plash
Material yig’ish va to’plash xar qanday yangi, o’ziga xos ilmiy tadqiqotning markaziy qismini tashkil etadi va, odatda, unga sarflanadigan vaqtning ko’progini mazkur faoliyat band kiladi. Ilmiy-tadqiqot ishidagi bu bosqichning moxiyati tadqiqotchiga uz oldiga qo’ygan vazifalarni xal etish va oldinga surilgan farazlarni isbotlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish hamda tizimlashtirish imkonini beradi.
Ilmiy ma’lumotlarni yig’ish ishlarining xususiyati va mazmuni tadqiqotning maqsadi hamda usullariga bog’liq. Izchlanuvchi o’zini qiziqtirgan masala yuzasidan fanga ma’lum bo’lgan axborotni imkon qadar to’la o’zlashtirib olmog’i shart. Bularning bari ilmiy-texnika ma’lumotlarini yig’ish va o’rganish yo’li bilan xal etilishi mumkin. Hozirgi vaqtda axborotlar xajmi juda muxim bo’lib, internet joriy etilganligi munosabati bilan imkoniyatlar kundan-kunga o’sib bormoqda. Shuning uchun xar bir tadqiqotchi kerakli ilmiy-texnika ma’lumotlarini olish yo’llari haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi hamda uning eng samarali usullarini qo’llay bilishi, axborot manbalaridan iloji boricha ko’p foydalanib, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun iloji boricha kam kuch va vaqt sarflashi lozim.
Zarur ma’lumotlarni olishning eng muxim yo’llaridan biri tadqiqotchini qiziqtirgan masalani yoritgan adabiyotlarni yig’ish hamda o’rganishdir. Adabiyotlar ustida ishlash uch asosiy vazifaning bajarilishini talab kiladi. Birinchidan, o’rganilayotgan muammo xususida mamlakat hamda dunyo adabiyotida yozilgan barcha axamiyatli asarlarni topish kerak bo’ladi. Ikkinchidan, yig’ilgan adabiy manbalarda berilgan ma’lumotlarni tizimga solib, amalga oshirilayotgan tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chikib taxlil qilish lozim. Va, nixoyat, uchinchidan, barcha o’qilgan asarlarni bir-biriga borlab, tanqidiy nuqtai nazardan marzini chakish zarur; odatda, bu amallarni tadqiqotchi ishlanayotgan ilmiy tadqiqot mavzui bo’yicha adabiyotlar obzorini tuzish vaqtida bajaradi.
Ko’rsatilgan vazifalarni xal etish uchun tadqiqotchi ilmiy adabiyotlar bilan ishlash kunikmasiga ega bo’lishi kerakki, bunga adabiyotlarni bibliografik jixatdan o’rganish hamda ro’yxatga olish, adabiy manbalarni aniq maqsad bilan ukish va qisqacha mazmunini yozib borish usuliyatlarini o’zlashtirib olish kiradi. Ilmiy asarni o’qiganda, uning mazmunini shunchaki bilib olishi emas, balki muallifning karashlarini tanqidiy qabul qilishi, unga o’z muloxazalari va baholari bilan izoh berib borishi lozim. Ilmiy ishni o’rganishning 3 asosiy yo’li bor: 1) manbani ko’rib chiqish; 2) boshidan oxirigacha ukish; 3) puxta o’zlashtirish.
Tadqiqotchi ma’lum bir adabiy manba bilan ilk bor tanishgach, unda yangi ma’lumotlar yukligiga, tadqiqot uchun biron-bir qimmatga ega emasligiga ishonch xosil kilgach, mazkur kitob yoki maqolani faqatgina ko’rib chikadi. Bunday xollarda u asar saxifalarini tezgina kuzdan kechirib, tsikkatga sazovor biror parchaga duch kelsagina, uning mazmunini dikkat bilan o’rgana boshlaydi.
Boshidan oxirigacha ukishda tadqiqotchi adabiy manbani shoshmasdan, dikkat bilan sinchiklab mutolaa kiladi. Bunda izchillikka rioya qilib, berilgan izoxlarni nazardan kochirmaslik, rasmlar, jadval va chizmalarni yaxshilab o’rganish lozim. Kitobni puxta o’zlashtirish uni chuqur ishlab chiqish, o’qilgan materialning mazmunini kichkacha yozib olish demakdir.
Tadqiqotchi uchun zarur materiallarni yig’ish va to’plashning eng muxim yo’llaridan biri o’rganilayotgan ob’ekt yoki masala to’g’risida o’z kuzatuvlari, tajribalari va x-k. asosida tegishli ma’lumotlarni olishdir. Ularni kulga kiritishning yo’llari turlicha bo’lishi mumkin, bu mazkur holda tadqiqotning qanday usullaridan foydalanilganiga bog’liq. Jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy tajriba tadqiqotlarining xillari ko’p va faqat ulargina tadqiqotchining shaxsan uzi tomonidan material yig’ish hamda to’plashning asosiy yo’li xisoblanadi.
Ilmiy tajribaning maqsadi tadqiqotchida paydo bo’lgan goyani, ilgari surilgan faraz, kontseptsiyani tasdiklashdan iborat. Sport fanida qo’llaniladigan ilmiy tajriba tadqiqotlari hamda xususiy usuliyatlar nixoyatda rang- barangligiga karamay, ularning asosida umummetodologik va usuliy tamoyillar yotadi.
Tajriba asosida olingan natijalar tadqiqotchi ilgari so’rgan roya, ishchi farazlarni yo tasdiklaydi, yoki unga ayrim uzgartishlar kiritadi, tuldiradi.
Tajribalarni o’tkazishda ko’pincha yana nazorat tajriba- larini yulga kuyishga to’g’ri keladi, ularning vazifasi tajribadan eng to’g’ri, boshqacha aytganda, reprezentativ natijalar olishni ta’minlashdir. Nazorat tajribalarini tak,koslash uchun namuna (etalon) deb atash mumkin. SHuning uchun xam ularni tabiiyga juda yaqinlashtirilgan sharoitlarda o’tkazish lozim, aks holda sport fanida ilmiy tajribalar o’tkazish umuman uz ma’nosini yo’qotadi.
Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatishlarni amalga oshirishning 3 asosiy turi bor. Kuzatish ma’lumotlarini umumta’lim yoki sport maktabida ishlaydigan tadqiqotchi ukituvchi yoxud trener o’zining kundalik faoliyati davomida yigib, tuplab borishi mumkin. Ularni sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug’illanuvchilarning kundaliklarini taxlil qilish natijasida kulga kiritsa xam bo’ladi. Nixoyat, bunday ma’lumotlarga ega bo’lish uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug’illanuvchilar xar jixatdan ommaviy pedagogik testlash yordamida o’rganiladi yoki sportchining mashg’ulot va musobaka faoliyatining ayrim tomonlarini chuqur tadqiq etish maqsadida maxsus tayyorlangan majmuali tekshirish ishlari o’tkaziladi.
Shu tariqa tadqiqot materiallarini yig’ish va to’plash aniq maqsad bilan olib borilishi, ya’ni ilmiy tadqiqotning maqsadidan kelib chikib o’tkazilishi hamda uning ish rejasida ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta’min etishi shart.
Yig’ilgan ma’lumotlarni taxlil qilish va umumlashtirish
O’rganilayotgan ob’ekt to’g’risidagi materiallarni yig’ish va to’plash xar qanday tadqiqotning markaziy qismini tashkil etsa, yig’ilgan ma’lumotlarni taxlil qilib, umumlashtirish ilmiy ijodning eng mas’uliyatli bosqichi sanaladi. Aynan

shu bosqichda tadqiqotchi o’rganilayotgan masalani chuqur, xar tomonlama qamrab olishi, to’plangan ma’lumotlarga to’g’ri, ilmiy jixatdan asoslangan baho berishi, uz muloxazalarining to’g’riligiga ishonchli dalillar keltira bilishi lozim. Yig’ilgan ma’lumotlarni avval tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chikib, zarur tartibda guruxlarga ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Bunday guruxlashtirish turli belgilarga ko’ra amalga oshirilishi mumkin. Ba’zan taqsimlash sportchilarning yoshi, jinsi, tayyorgarlik darajasiga (yangi shug’illanuvchilar, razryad egalari, sport ustalari va xalkaro toifadagi sport ustalari) qarab, boshqa holda o’quv-mashk hamda musobaka yuklamalari ta’siri ostida organizmning funktsional xarakatlaridagi u yoki bu uzgarishning yuzaga kelishi darajasi (masalan, ko’rashda - «texnikachilar», «tezkorlar», «kuchlilar»); uchinchi holda bajarilgan biomexaniq fiziologik, ruxiy tadqiqotlarning natijalari asosida, turtinchi holda o’rganilayotgan xarakat faoliyatining yuzaga kelish yoki shakllanish muddatiga qarab bajariladi.
Yig’ilgan materiallarni taxlil qilishning eng muxim vazifasi ilmiy tadqiqotning ilgarigi barcha bokichlarida kulga kiritilgan axborotga tanqidiy baho berishdan iboratdir. Bunday tanqidiy baho adabiyotlar mutolaasi asosida to’plangan ma’lumotlarga nisbatan qanchalik zarur bo’lsa, muallifning uz tadqiqotlari natijasida olgan ma’lumotlariga nisbatan xam shunchalik zarur. Bunda ma’lumotlarning ishonchliligi va tipikligi darajasini aniqlashga aloxida e’tibor karatiladi. Tadqiqotchi yig’ilgan ilmiy ma’lumotga usuliy yoki texnik tomondan yul qo’yilgan xatolikpar ta’sir ko’rsatganligiga ishonch xosil kilmogi kerak.
Tadqiqot materiallari muayyan maqsad asosida guruxlarga taqsimlab olingach, ularni taxlil qilish va umumlashtirish jarayonining muxim unsuri - olingan ma’lumotlarni taqqoslash xisoblanadi. Bundan maqsad - ularning o’xshash va farqli jixatlarini, mazkur tadqiqotning maqsad va vazifalariga qanchalik muvofiqligini, xususan, ishchi farazlarning moxiyatini tashkil etuvchi nazariy xukmlar hamda karashlar tizimiga mosligini ochib berishdir.
To’plangan ma’lumotlarni taxlil etish va umumlash­tirish, tanqidiy baholash, taqqoslash hamda bog’liq jixatlarini aniqlash natijasida tadqiq etilayotgan xodisalarning o’xshash tomonlari, konuniyatlari yuzaga chikadi. Tadqiqotning yakunigacha xulosa qismiga zamin xozirlaydigan, ilmiy umumlashmalarning magzini tashkil etadigan narsa xuddi shuning uzidir. Ilgari bayon etilgan ma’lumotlardan mantiqan kelib chikadigan bu xulosalar tadqiqotchining taxminlari va taassurotlariga emas, aniq faktlarga, isbotlangan ma’lumotlarga asoslanmogi lozim.


Yüklə 88,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin