Asosiy qism: 1. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari Ilmiy-tadqiqot ishlarining turlari juda xilma-xil. Ular o’z vazifalari, xajmi va qamrab oladigan masalalarining muzmuniga ko’ra farqdanadi (13.1,-jadval). Quyida ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy turlariga tavsif berilgan hamda ularga qo’yiladigan maxsus talablar bayon etilgan.Referat, odatda, ilmiy tadqiqot ishining dastlabki va eng oddiy turi xisoblanadi. U qandaydir masala mohiyatining, maqola, kitob, ilmiy ma’ruza va x.k.lar mazmunining yozma ravishdagi bayonidan iborat. Ammo xar qanday referat ham ilmiy-tadqiqot ishlari qatoriga kiritilavermaydi. U referat tayyorlashga turtki bo’lgan ilmiy ishning asosiy jixatlarini qisqacha tarzda qayta yoritib berishdan tashqari, unga baho bera olsa hamda ilmiy ishda mavzu qay darajada to’la va asosli ochib berilganligi to’g’risidagi xulosalar bilan yakunlansagina shunday sifatlarga ega bo’lgan sanaladi. Boshlovchi ilmiy xodimlar uchun referat o’ziga xos «kuchni sinab ko’rish» usulidir. Ilmiy ish asosida referat yozish fikr doirasining kengayishiga yordam beradi va adabiy manbalarni mustaqil ravishda qayta ishlash hamda ushbu manbalarda qayd etilgan ilmiy ma’lumotlarni qisqacha bayon etish ko’nikmalarini xosil qilish imkonini beradi. Referatning xususiy bir ko’rinishi avtoreferat bo’lib, unda muallif o’z ilmiy, ko’pincha dissertatsion ishidagi asosiy fikrlarni bayon etadi. Avtoreferatda muallif o’z tadqiqoti natijalarini, shuningdek, uning jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun qanday yangiliklar yaratayotganligi to’g’risidagi xulosalari hamda dalillarini siklik shaklda ifodalay olishi lozim. Odatda, avtoreferatning boshida tanlangan ilmiy ishga qisqacha tavsif beriladi (aniq nomi, xajmi, tuzilishi, undagi jadvallar, chizmalar, sur’atlar, ilovalar soni, yakunlangan yili). Keyin bajarilgan tadqiqotning moxiyati bayon qilinadi, bunda avtoreferatning tuzilishi unga asos bo’lgan ilmiy ishning tuzilishini o’zida aks ettirishi shart. “Ilmiy daraja va unvonlarga taqdim etish tartibi to’g’risidagi Nizom”da dissertatsion ishning avtoreferati mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar belgilab berilgan. Unda «...dissertatsiyaning asosiy goyalari va xulosalari, ...mulallifning tanlangan muammolarni ishlab chiqishga qo’shgan xissasi, tadqiqot natijalarining yangiligi hamda axamiyatlilik darajasi ko’rsatilishi, shuningdek, dissertatsion ishning tuzilishi asoslab berilishi kerak”. Avtoreferat dissertatsiya so’ngida berilgan xulosalarga to’la mos keladigan xulosalar bilan yakunlanishi, shuningdek, da’vogarning dissertatsiya mavzusi bo’yicha chop ettirgan ilmiy ishlari (maqolalari, ma’ruzalari. ilmiy axborotlari) ro’yhati xech o’zgarishsiz aynan keltirilishi zarur. Avtoreferatning xajmi va mazmuni shunday bo’lishi kerakki, uni o’qigan kishi referatga asos bo’lgan ilmiy ishning mazmuni tog’risida to’la tasavvur xosil qilsin. Odatda, fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyaning avtoreferati xajmi bir bosma taboadan, doktorlik dissertatsiyasiniki esa ikki bosma tabokdan oshmasligi kerak. Ilmiy-texnika axboroti hamda turli referativ nashrlarda chop ettirish maqsadida yozilgan referatlarning mazmuniga mutlaqo boshqacha talablar qo’yiladi. Bunday referatni yozishdan maqsad - referat uchun asos bo’lgan adabiy manba haqida «faktografik» axborot berish. Demak, bunday referat mazkur manba mazmuniga xech qanday tanqidiy baho bermasligi lozim. Ilmiy-texnika axboroti maqsadida tuzilgan referatning xajmi uning uchun asos bo’lgan maqola xajmining 10-15 %i chegarasida deb qabul qilingan. Ilmiy referativ obzor oddiy referatning ancha murakkablashtirilgan bir turidir. Shuning uchun ilmiy obzor tuzishga muallif alohida ilmiy ishlar asosida referat tayyorlash bo’yicha muayyan tajriba orttirganidan keyingina kirishishi mumkin. Ilmiy obzorlarning o’z xususiyatlaridan kelib chikib, quyidagi turlari farqlanadi:
jurnallar yoki ilmiy to’plamlarning referativ obzori;
tadqiqotning muayyan mavzusi yoki ilmiy muammo bo’yicha adabiyotlarning ilmiy obzori;
ilmiy kongresslar, yirik anjumanlarning ishlari to’g’risida xisobot.
Qandaydir jurnal yoki ilmiy to’plamning ilmiy (referativ) obzorini tuzish, birinchidan, ilmiy jamoa (kafedra, laboratoriya) a’zolarini maxsus ilmiy adabiy manbaning mazmuni bilan tanishtirish maqsadida, ikkinchidan, yosh ilmiy xodimlarda adabiy manbalarga ishlov berish kunikmasini hamda o’qilgan asar to’g’risidagi o’z fikr-muloxazalarini ularga tanqidiy baho bergan holda bayon etish qobilyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda, referativ obzorda ma’lum muddat mobaynida (3 oy, yarim yil, bir yil) nashr etilgan jurnallarning bir necha sonlari ko’rib chiqiladi. Muallif obzorning muayyan qonuniyatlariga rioya qilishi kerak. Dastlab jurnal yoki ilmiy to’plamga umumiy tavsif beriladi - nashrning xajmi, davriyligi va chiqarilish joyi, jurnalning tuzilishi (undagi aloxida bo’limlarning mavjudligi hamda ularning nomlanishi) haqida ma’lumotlar keltiriladi. Shundan keyin jurnalda (to’plamda) chop ettirilgan maqolalarga umumiy tavsif: o’ziga xos, qiziqarli ishlarning, g’ayri-oddiy xodisalarni kuzatish natijalarining, obzorlar, taqrizlar va xk.ning umumiy miqdori, mualliflar haqida ma’lumotlar beriladi. O’ziga xos ishlarga tavsif beruvchi ma’lumotlar, ulardan qanchasi tajribada aniqlanganligi alohida ko’rsatilishi lozim, chunki shunday ma’lumotlarning taxlili yuiop[90-0 jurnalning (to’plamning) ilmiy yo’nalishi haqida hukm chiqarishga imkon bo’ladi. Nihoyat, obzorda maqola muallifi diqqatini tortgan asosiy masalalar, shuningdek, chop ettirilgan ish sport nazariyasi va amaliyotining qaysi bo’limiga bag’ishlanganligi qayd etiladi. Referativ obzor muallifi, tabiiyki, jurnalda chop etilgan xamma ishlarga mufassal tavsif berib o’tolmaydi, ayniq, jurnalning bir necha soni yoki ilmiy to’plamlarning bir nechasi tahlil etilganda, bu o’z-o’zidan shunday. Shuning uchun referatchi ulardan eng e’tiborga munosiblarini tanlab olib, yoritilgan masalalari o’xshash maqolalarni bir guruxga kiritadi. Mazkur maqolalar haqidagi referativ obzorda ular mazmuni tanqidiy taxlil etilishi hamda ularning mualliflari keltirgan yangi, o’ziga xos ma’lumotlar oydinlashtirilishi zarur. Tadqiqotning muayyan mavzusi yoki ilmiy muammo bo’yicha adabiyotlarning ilmiy obzorini tuzish tinglovchi yoki o’quvchilarni adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko’ra u yoki bu masalaning ilmiy jixatdan ishlab chiqilishi holati bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday obzorlarning mualliflari muxokama qilinayotgan masalaga aloqador adabiy ma’lumotlarni chuqur bilishi hamda ularni mohiyatiga ko’ra baholay olishi shart. Aslida, xar qanday salmoqli, o’ziga hos ish, u ilmiy monografiya bo’ladimi yoki dissertatsiyami, bundan qat’i nazar, o’rganilayotgan masala yoki muammoni ochib berishga yordamlashuvchi adabiyotlar obzori bilan boshlanmog’i kerak. Ammo xozirgi sharoitda sportga doir maxsus adabiyotlarning ko’pligini xisobga olib, ilmiy obzor barcha adabiy manbalar to’g’risida istisnosiz to’la ma’lumot berishi haqida o’ylash to’g’ri bo’lmaydi. Shu sababli, adabiy obzor muallifi u qanday ma’lumotlar asosida, qanday vaqt bo’lagi mobaynida chiqarilgan adabiyotlar asosida amalga oshirilganligi, obzor chet elda nashr etilgan adabiyotlarni ham qamrab olgan yoki olmaganligi, agar qamrab olgan bo’lsa, u holda bu qanday adabiyotlar ekanligini ko’rsatishi kerak bo’ladi. Bunday aniqliklarning kiritilishiga extiyoj katta: shu tariqa obzor muallifi qo’lidan kelmaydigan ishga qo’l urishda besabab ayblanishdan qochishi, shuningdek, mazkur obzordan foydalanuvchilarning materiallarni yanada chuqurroq tushunishlariga yordam berishi mumkin. Ilmiy obzorning mazmuni asosida ko’rib chiqilayotgan muammoning xolatiga berilgan tavsif, shuningdek, referatlashtirilgan ish mualliflari bu muammolarni xal etish uchun qo’llagan usullarning tanqidiy bahosi bo’lishi lozim. Chet el mualliflarining asarlari bo’yicha referat tayyorlashda ular amalga oshirgan tadqiqot moxiyatining metodologik jixatdan talqin etilishiga aloxida ahamiyat berish kerak. Ilmiy obzor nixoyasida ishga qisqagina yakun yasalib, unda foydalanilgan barcha adabiy manbalarning ro’yxati beriladi. Ilmiy s’ezdlarning ishi to’g’risidagi xisobot o’z moxiyatiga ko’ra shaxsiy kuzatuvlar, taassurotlar, shuningdek, tinglangan ma’ruzalar (ilmiy xabarlar) hamda chop ettirilgan materiallar mazmunini baholash asosida tuzilgan ilmiy obzorlar xisoblanadi. Bunday xisobotlar tuzilishi jixatidan turli-tuman bo’lishi mumkin, ammo xar holda ular s’ezdga (kongress, konferentsiyaga), ularning tashkil etilishi va ishtirokchilari tarkibiga umumiy tavsifni uz ichiga olishi lozim. S’ezdning ish mazmunini uning dasturiga kiritilgan aloxida muammolar bo’yicha bayon qilish maqsadga muvofiqdir. Xar bir muammoni yoritishda eng qiziqarli, baxsli, faol muxokama qilinadigan va, ayniqsa, s’ezd chiqargan qarorlarda o’z aksini topadigan masalalarga diqqatini jalb etish kerak. Hisobotda dastur bo’yicha qilingan eng muxim ma’ruzalarni va, umuman, s’ezd ishini tanqidiy taxlil etish zarur. Hisobot so’ngida s’ezd ko’rib chiqqan tashkiliy masalalarni yoritish va bu soxada e’tiborni tortadigan jixatlar, ilmiy hamda amaliy sport muassasalariga borish natijalari va boshqa tadbirlarni k;isk;acha bayon etish maqsadga muvofiq, bo’ladi. Ilmiy maqola jismoniy tarbiya va sportga doyr biron- bir masala bo’yicha muallifning isbotlangan hamda rivojlantirilgan muloxazalari, fikrlarining muayyan tizimi bayon etilgan xajman chegaralangan ilmiy asardir. Xar qanday maqola asosiy, tayanch g’oyaga ega bo’lishi va u o’ziga xos tarzda rivojlantirilishi hamda asoslanishi kerak. Nazariy, usuliy maqolalar jismoniy tarbiya va sportning muxim, ammo, shu bilan birga xali yetarlicha tushunarli bulmagan yoki baxsli masalalarini ochib berishi lozim. Bunday maqolalar o’quvchiga sport fani rivojlanishining yangi yo’nalishlari yohud uning aloxida soxalarini tushuntirib beradi, jismoniy tarbiya va sportning dolzarb masalalari moxiyatini chuqur ochib, ularni xal etish imkoniyatlarini ko’rsatib boradi. Ilmiy maqolaning mazmuni boshqacha xususiyatga ega bo’lishi xam mumkin. U amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari to’g’risidagi ilmiy axborotdan xam iborat bo’ladi. Ilmiy maqolada qo’yiladigan eng muxim talablar quyidagilar: unda ko’tarilgan masala dolzarb bo’lishi; xodisalar, voqealar, faktlar chuqur taxlil etilishi, umumlashma va xulosalar aniq hamda asoslangan bo’lishi shart. Maqolaning qimmatini uning mazmundorligi, unda yangi faktlar yoki muallifning yangicha talqinlari mavjudligi belgilaydi. Maqola quyidagicha tuzilishga ega bo’ladi: mavzu (nomlanishi), muallifning ismi sharifi, annotatsiya, kalit so’zlar, kirish qismi, maqsad va vazifalar, tadqiqot usullari hamda uning tashkil etilishi, tadqiqot natijalari, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar. Tadqiqot ishi - qandaydir dolzarb mavzu, muammo (bir necha muammolar) yoki xodisaning chuqur tadqiqiga asoslangan ilmiy asar bo’lib, bunday ish, albatta, yangi faktik ma’lumotlar, muallifning (yoki mualliflarning) yangicha talqinlari hamda xulosalarini o’z ichiga olishi kerak. Tadqiqot ishining 2 asosiy turi bor - monografiya va serqirra (ko’p muammoli) ilmiy asar. Monografiya (yunoncha «monos»-bir, yakka va «grafo»- yozaman)- qandaydir bitta mavzu yoki muammo har tomonlama o’rganiladigan tadqiqot ishi bo’lib, uning tarkibiga, odatda, shu mavzuga doyr mufassal manbashunoslik hamda tarixiy obzor, shaxsiy kuzatuv natijalari, shuningdek, adabiyotlarning bibliografik ko’rsatkichlari kiradi. Monografiya yakka muallif yoki bir necha mutaxassis tomonidan xamkorlikda yagona umumiy reja asosida bajarilishi mumkin va u tekshirilayotgan masalaning aniq izchil ravishda ochib berilishini ta’minlaydi. Ayrim ilmiy xodimlar orasida mavjud bo’lgan, monografiyani yakka muallif yaratishi kerak, degan fikr to’g’ri emas: «monos» so’zi mualliflarning soniga emas, ish mazmunining xususiyatiga bog’liq. Monografiya muallifdan ilmiy xodim sifatidagi yuksak tayyorgarlik darajasini talab etadi; u ilmiy jixatdan yaxshi tayyorlangan, adabiyotlarni chuqur o’rgangan bo’libgina qolmay, mazkur soxada o’ziga xos shaxsiy tadqiqotlar ham olib borgan bo’lishi zarur. Serqirra (ko’p muammoli) ilmiy ishda monografiyadan farqli ularok, jismoniy tarbiya va sportning bir necha masalalari, muammolari yoritiladi. Bunday serqirra ishning york,in namunasi sifatida «Fan sportga» to’plamini ko’rsatish mumkin. Bu turdagi tadqiqot ishlarini yaratishda yuk;ori malakali mutaxassislar va mualliflarning katta jamoasi ishtirok etadi. Dissertatsiya (lotincha «disertatio»- muloxaza, tadk;ik,ot)- magistr akademik darajasi, fan nomzodi va doktori ilmiy darajalarini olish maqsadida yakka muallif tomonidan omma oldida ximoya qilish uchun tak,dim etiladigan tadk,ikotchilik ishining o’ziga xos turidir. SHunga ko’ra dissertatsiya ishlari 3 xil bo’ladi: magistrlik, nomzodlik va doktorlik ishlari. Dissertatsiya tarkibiga k;uyidagilar kiradi: titul varagi, mundarija, shartli belgilar, birliklar, ramz va atamalar ro’yxati, kirish qismi (suz boshi), asosiy k,ism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalar. SHuni qayd etib utish kerakki, dissertatsiya mavzusining nomlanishida qo’llash mumkin bulmagan «tekinxur so’zlar» bor, ular sirasiga «ishlanmasi», «tadki^oti», «jarayonini o’rganish», «ayrim masalalar», «o’rganish uchun materiallar», « masalasiga doyr » va x-K.larni kiritish mumkin. Ilmiy ma’ruza ilmiy-tadqiqot ishlarining aloxida turlaridan xisoblanib, u tadqiqotchining tinglovchilar bilan bevosita mulok,oti uchun sharoit yaratadi. Ilmiy ma’ruzada quyidagi k;oidalarga rioya qilish lozim:
ma’ruza xajmi va kurgazmali vositalarni namoyish etish muddatining ajratilgan vak;tga k,at’iy muvofiq; kelishi;
ma’ruza qilishda tayyorlangan matndan imkon k;adar foydalanmaslik;
tinglovchilar e’tiboriga xavola qilinadigan kurgazmali vositalarni ekran yoki jadvallarda namoyish etish uchun ular bilan yaxshi tanish bo’lgan kishining yordamidan foydalanish;
ma’ruzaga avvaldan puxta tayyorgarlik ko’rish;
ma’ruza mazmunini shoshmasdan, baland ovozda, fikr- muloxazalar hamda xulosalarni tushunarli tarzda bayon etish.
Ko’pincha ma’ruzadagi asosiy fikrlar bilan oldindan tanishib chik,ish hamda uni s’ezd (konferentsiya) material- lari to’plamida chop ettirish uchun ma’ruza tezislari taqdim etiladi. TyFpn tuzilgan tezislar ma’ruzachi uz chiqishida asoslab bermokchi bo’lgan eng muxim fikrlar bayonidan iborat bo’ladi. Ma’ruzalarning avvaldan chop ettiriladigan tezislari tinglovchilarni ma’ruzachining chiqishiga tayyorlaydi, ammo uning ma’ruzasida maydonga tashlana- digan fikrlarning moxiyatini to’la ochib bermaydi. Taqriz (lotincha «gesepvyul-kuzatish, tekshirish) - yozma shakldagi makdpa bo’lib, unda qandaydir bir yoki bir necha ilmiy asar - monografiya, darslik, dissertatsiya, ilmiy ishlar to’plami va x-k. taxlil etiladi hamda ularga tanqidiy baho beriladi. Xar qanday taqrizning asosiy maqsadi taxlil etilayotgan ishga xar jixatdan baho berish, uning ijobiy tomonlari va nuksonlarini ko’rsatishdan iborat bo’lishi kerak. Taqrizchi muallifning tadqiqot olib borish jarayonida kashf etgan barcha yangiliklari, qimmatli fikrlarini ko’rsatib utishi, ishning royaviy-nazariy darajasi hamda ilmiy qimmatini belgilab berishi, ayni vak,tda, uning salbiy jixatlarini, yetarlicha taxlil qilinmagan fikrlarini xam ochib berishi lozim. Taqrizda xar bir tanqidiy e’tiroz isbotlab berilishi, umumiy baho (xulosa) esa tushunarli, aniq; bo’lishi shart. Taqriz ustida ish olib borar ekan, muallif shuni yodda tutishi kerakki, ilmiy ishning bu turi xar doim 2 kishiga mo’ljallab yoziladi ulardan biri o’quvchi bo’lsa, ikkinchisi
taxlil etilayotgan asarning muallifi. Yaxshi yozilgan, mazmunli taqriz o’quvchini muallifning fikrlash yo’nalishini kuzatib, asarning haqiqiy qimmatini aniqlash, kamchiliklarini ko’ra bilish, unga o’z munosabatini bildira olishga o’rgatadi. Shu bilan birga, taqrizchining qatiyatli, xar bir fikri chuqur asoslab berilgan tanqidi, albatta, muallifga nisbatan xurmat saqlagan holda bayon etilishi, uning tadqiqotchi, ilmiy xodim sifatida o’sib borishiga yordam berishi kerak.
Taqrizning tuzilishida, mazmunida bir qoliplilik bo’lishi mumkin emas. Bunda ko’p narsa taxlil etilayotgan ilmiy-tadqiqot ishining turi hamda taqriz yozishdan ko’zlangan maqsadga bog’liq. Jurnal taxririyatiga kelib tushgan va nashr ettirilishi maqsadga qanchalik muvofiqligi hal qilinayotgan maqola qo’lyozmasiga taqriz yoziladigan bo’lsa, bu aloxida masala. Agar taqrizchi dissertatsiya haqida rasmiy opponent sifatida taqriz berayotgan bo’lsa, bu boshqa masala. Lekin, odatda, xar bir taqrizda muallif quyidagi asosiy jixatlarni albatta e’tiborga oladi:
tadqiqot (chop etilgan asar) mavzuni tanlanishining qanchalik maqsadga muvofiqligi, uning dolzarblik darajasi, nazariy va amaliy axamiyatini aniqlash;
tadqiqotchining manbalarni qay darajada to’liq o’rganganligini hamda adabiy manbalar tanqidiy taxlilining asoslanganligini baholash;
tadqiqotda qo’llangan usullarning to’g’ri tanlangani, ularning zamon talablariga qanchalik mosligi va amalga oshirilayotgan ilmiy ish maqsadlariga javob berishi, shuningdek, kuzatishlar (tajriba) miqdorining xulosalar ishonchliligini ta’minlab bera olishini baholash;
muallif tomonidan to’plangan ma’lumotlarning to’liqligi, ularning sifatiy jixati hamda tadqiqot maqsadlariga mosligini, shuningdek, u amalga oshirgan ilmiy taxlil va barcha tadqiqot materiallari taqqoslanishining asoslanganligini ko’rib chiqish;
tadqiqot yakuni va xulosalarining ilgari bajarilgan barcha ishlar mazmuni hamda muallif amalga oshirgan kuzatishlar taxlili bilan qay darajada asoslaganligini belgilash;
ishning texnik jixatdan shakllantirilganligiga- fotoxujjatlar, suratlar, jadvallar, bayon uslubi va K.k.ning sifati hamda daliliy qimmatiga baho berish.
Taqrizni uchta asosiy tarkibiy qismga bo’lib o’rganish juda qulay: 1) kirish - xujjat qismi unda taxlil qilinayotgan ishga umumiy tavsif beriladi; 2) taqrizning o’zi - ish bo’limlari tanqidiy taxlil qilinib, unga, agar mavjud bo’lsa, kuzatishlar, suratlar, jadvallar va xk. bayonnomalariga berilgan baho xam kiritiladi; 3) umumiy xulosa. Ilmiy-tadqiqot ishi to’g’risidagi xisobot ilmiy tadqiqot ishining aloxida ko’rinishidir. U ko’pincha berilgan («buyurtma qilingan») mavzu ustidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yakun yasaydi va buyurtmachiga yoki kompleks tadqiqot ishlariga umumiy raxbarlikni olib borayotgan bosh ilmiy-tadqiqot tashkilotiga taqdim etiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari to’g’risidagi xisobot keyinchalik monografiya, ilmiy maqola, ilmiy ishlar to’plami yoki to’plangan tadqiqot materiallari asosida nashr etilgan boshqa ishlar uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Yakuniy xisobot tadqiqot tugaganidan so’ng taqdim etiladi, bosqichli xisobotda ishning bir yoki bir necha bosqichidagi natijalar yoritib beriladi. U tadqiqotning butun mavzusini yoki faqat biror qismini qamrab olishi mumkin; keyingi xolatda mazkur ishning muayyan bir bo’lagini ishlab chiqish uchungina javobgar bo’lgan shaxs, ya’ni majmuali tadqiqot bajaruvchilaridan birining ishiga yakun yasaladi. Bunday xisobot mavzuning boshqa bajaruvchilari tayyorlagan xisobotlar bilan muvofiqlashtiriladi. Davlat standarti tomonidan ilmiy-tadqiqot ishi to’g’risidagi xisobotga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: aniqtuzilish; tadqiqot materialini bayon qilishda mantiqiy izchillik; dalillashdagi ishonchlilik, fikr ifodalashda kiskalikka intilish, sub’ektivlikka, gapning boshqa ma’noda talqin etilishiga yul kuymaydigan aniqlik; ish natija- larini tupik qayd etish; xulosalarni isbotlash mumkinligi hamda tavsiyalarning asosliligi. Bajarilgan ilmiy tadqiqotning mohiyati va uning natijalari hisobotning asosiy qismida uz aksini topadi. Uning tarkibiga: kirish, taxliliy obzor (masalaning xolati): tanlangan ish yo’nalishining asoslanishi; xisobotning bajarilgan tadqiqot ishlari usuliyati, mazmuni hamda natijalarini yoritib beruvchi bo’limlari yoki boblari; yakuniy kiem (xulosalar va takliflar) kiradi. Kirish qismida tadqiq etilayotgan ilmiy muammoning bugungi kundagi holatiga, shuningdek, tugallangan ilmiy tadqiqot ishi yoki uning bosqichiga qisqacha tavsif beriladi. Unda bajarilayotgan tadqiqotning yangiligi hamda dolzarbligi nimada ekanligi, uni o’tkazish nima uchun zarurligi aniq tushuntirib berilishi kerak. Taxliliy obzorda mazkur ilmiy-tadqiqot ishi bag’ishlangan ilmiy muammoning (masalaning) xolati mufassal, izchil ravishda bayon etiladi. Obzordagi ma’lumotlar bajarilgan tadqiqotning ilmiy (ilmiy- amaliy) darajasini, maqsadga erishish yo’llari va vositalarini tanlashning asoslanganligini, mazkur vositalar va, umuman, tadqiqotning samaradorligini xolis ravishda baholashga imkon beradi. Tanlangan ish yo’nalishining asoslanishi. Bu bo’limda ilmiy-tadqiqot ishi uchun tanlangan yo’nalishning boshqa mavjud yo’nalishlarga nasbatan ustunligi ko’rsatib borilishi kerak. Unda tanlangan yo’nalishga xam ilmiy (texnik), xam iqtisodiy nuqtai nazardan asoslangan holda baho beriladi. Tanlangan tadqiqot yo’nalishi va uning zaminidagi ishchi faraz mazkur ilmiy tadqiqot ishini o’tkazish uchun mavjud sharoitlarni e’tiborga olgan holda taxliliy obzor tarkibiga kiritilgan tavsiyalarga tayanishi mumkin. Bajarilgan ishning usuliyati, mazmuni va natijalari. Hisobotning eng mas’uliyatli, ma’lumotlarga boy bu qismi, odatda, bir necha bo’limdan (bobdan) iborat bo’ladi va ularda ilmiy tadqiqot ishining mazmuni mufassal va izchil ravishda bayon etiladi, o’tkazilgan tekshiruvlarning barcha oralik hamda yakuniy natijalari, jumladan, salbiy, ya’ni ishchi farazlarga mos kelmaganlari xam tasvirlanadi. Agar xisobot yakuniy bo’lib, unga qadar oralik (bosqich) xisobotlari xam tayyorlangan bo’lsa, u holda mazkur xisobotning tegishli bo’limlarida (boblarida) amalga oshirilgan tadqiqotning usha oralik hisobotlarda aks ettirilgan mux,im natijalari kiska shaklda berib utiladi. Tadqiqot usuliyati haqida to’liq ma’lumot berish, uning tanlanish sabablarini aniq ko’rsatib utish lozim. Lekin agar ishda keng tarkalgan usullar qo’llangan bo’lsa, ularni to’la tasvirlab berishning xojati yuk. Bunda shu tadqiqotlarni bajarish jarayonida foydalanilgan usullar mufassal tasvirlangan xujjatli axborot manbalaridan dalil keltirish yetarli bo’ladi. Yakuniy qismda (xulosa va takliflarda) ilmiy-tadqiqot natijalariga umumiy baho beriladi, topshirilgan mavzular ustida ish olib borilganda esa, ularning qo’yilgan talablarga muvofiqligi xam qayd etib utiladi. Hisobotning asosiy matniga ilova tarzida bajarilgan tadqiqotning natija va xulosalarini tasdiklaydigan faktlar zax,irasi bulmish yordamchi ma’lumotlar xam kushilishi mumkin. Bunday yordamchi ma’lumotlarga oralik statistik amallar va xisob-kitoblar, ilmiy tajriba bayonnomalari, kasallik tarixidan kuchirmalar, tadqiqotning olib borilishi jarayonida ishlab chiqilgan ko’rsatma va usuliyatlar kiradi. Ilovalarga raqam kuyib, ularni xisobotning asosiy qismi matnida ko’rsatilgan raqamlarga muvofiq tartibda joylashtirish zarur. Davlat standarti, shuningdek, xisobotni tayyorlashning texnik jaxatlariga - saxifalarning ulchamlariga, xisobot matni, unga ilova qilingan kurgazmalar, bo’lim (boblar) hamda paragraflarning joylashtirilishiga, jadvallar tuzish tartiblariga aloxida talablar belgilagan. Darslik yoki o’quv qo’llanmasi bilimlarning ma’lum soxasiga (o’quv faniga) taallukli bo’lgan, ta’limning muvofiq dasturlarida aks ettirish uchun mo’ljallangan zamonaviy ilmiy ma’lumotlar, nazariyalarning bayoni Xisoblanadi. Darslik:
tegishli fan soxasi asoslarini o’quv materialiga ortikcha tafsilotlarni yuklamagan holda bayon etishi;
talabalar uchun dasturilamal bo’lib xizmat qilishi;
ta’lim dasturiga muvofiq bo’lishi;
yirik ilmiy umumlashmalar asosiga kurilishi va xozirgi zamon ilm-fani yutuqlarini yorita olishi;
bayonining kiskaligi, xukmlarining aniqligi, shuningdek, keltirilayotgan ma’lumotlarning xakkoniyligi bilan ajralib turishi, ayni vaqtda uz o’quvchisiga tushunarli bo’lishi;
mazkur fan bo’yicha yanada chuqur mustaqil ishlar olib borishga imkon yaratish uchun adabiyotlar ko’rsatkichiga ega bo’lishi kerak.