Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»


Tadqiqotni yakunlash va shakllantirish



Yüklə 88,32 Kb.
səhifə4/5
tarix28.02.2023
ölçüsü88,32 Kb.
#123689
1   2   3   4   5
Ilmiy tadqiqotning bosqchlari

3. Tadqiqotni yakunlash va shakllantirish
Ilmiy tadqiqotning so’nggi bosqichi uni yakunlash va shakllantirish bo’lib, odatda, buningtarkibiga izlanishlar natijalarini muxokama qilish va taqrizlash, ishni adabiy hamda texnik jixatdan shakllantirish, uni tarkatishning (sotishning) ikkilamchi yo’llarini belgilash kiradi.
Ish natijalarini tadqiqotchi ishlagan ilmiy jamoa (kafedra, bo’lim) muxokama kiladi va unga taqriz beradi. Muxokamani tadqiqot tamomila yakunlanganidan keyingina emas, balki uning amalga oshirilishi jarayonida, ma’lum bosqichlar tugallanganidan keyin o’tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Olib borilayotgan tadqiqot to’g’risida davriy ilmiy jurnallarda yoki ilmiy to’plamlarda muntazam ravishda axborot berib borishni tashkil etish muxokamalar mikyosini kengaytirishga imkon beradi. Dissertatsiya tadqiqotlari amalga oshirilayotganda, ishning asosiy mazmunini oldindan e’lon qilish uni ximoyaga taqdim etishning majburiy shartlaridan biri xisoblanadi.
Tadqiqot natijalarining muxokamasi jarayonida muallif talay qimmatli, foydali maslaxatlar olishi muallifning karashlarini tanqidiy qabul qilishi, unga uz muloxazalari va baholari bilan izo* berib borishi lozim. Ilmiy ishni o’rganishning 3 asosiy yo’li bor: 1) manbani ko’rib chiqish; 2) boshidan oxirigacha ukish; 3) puxta o’zlashtirish.
Tadqiqotchi ma’lum bir adabiy manba bilan ilk bor tanishgach, unda yangi ma’lumotlar yukligiga, tadqiqot uchun biron-bir qimmatga ega emasligiga ishonch xosil kilgach, mazkur kitob yoki maqolani faqatgina ko’rib chikadi. Bunday xollarda u asar saxifalarini tezgina kuzdan kechirib, dikkatga sazovor biror parchaga duch kelsagina, uning mazmunini dikkat bilan o’rgana boshlaydi.
Boshidan oxirigacha ukishda tadqiqotchi adabiy manbani shoshmasdan, dikkat bilan sinchiklab mutolaa kiladi. Bunda izchillikka rioya qilib, berilgan izoxlarni nazardan kochirmaslik, rasmlar, jadval va chizmalarni yaxshilab o’rganish lozim. Kitobni puxta o’zlashtirish uni chuqur ishlab chiqish, o’qilgan materialning mazmunini kichkacha yozib olish demakdir.
Tadqiqotchi uchun zarur materiallarni yig’ish va to’plashning eng muxim yo’llaridan biri o’rganilayotgan ob’ekt yoki masala to’g’risida uz kuzatuvlari, tajribalari va x-k. asosida tegishli ma’lumotlarni olishdir. Ularni kulga kiritishning yo’llari turlicha bo’lishi mumkin, bu mazkur holda tadqiqotning qanday usullaridan foydalanilganiga bog’liq. Jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy tajriba tadqiqotlarining xillari ko’p va faqat ulargina tadqiqotchining shaxsan uzi tomonidan material yig’ish hamda to’plashning asosiy yo’li xisoblanadi.
Ilmiy tajribaning maqsadi tadqiqotchida paydo bo’lgan goyani, ilgari surilgan faraz, kontseptsiyani tasdiklashdan iborat. Sport fanida qo’llaniladigan ilmiy tajriba tadqiqotlari hamda xususiy usuliyatlar nixoyatda rang- barangligiga karamay, ularning asosida umummetodologik va usuliy tamoyillar yotadi.
Tajriba asosida olingan natijalar tadqiqotchi ilgari so’rgan goya, ishchi farazlarni yo tasdiklaydi, yoki unga ayrim uzgartishlar kiritadi, tuldiradi.
Tajribalarni o’tkazishda ko’pincha yana nazorat tajriba- larini yulga kuyishga to’g’ri keladi, ularning vazifasi tajribadan eng to’g’ri, boshqacha aytganda, reprezentativ natijalar olishni ta’minlashdir. Nazorat tajribalarini takdoslash uchun namuna (etalon) deb atash mumkin. Shuning uchun ham ularni tabiiyga juda yaqinlashtirilgan sharoitlarda o’tkazish lozim, aks holda sport fanida ilmiy tajribalar o’tkazish umuman o’z ma’nosini yo’qotadi.
Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatishlarni amalga oshirishning 3 asosiy turi bor. Kuzatish ma’lumotlarini umumta’lim yoki sport maktabida ishlaydigan tadqiqotchi ukituvchi yoxud trener o’zining kundalik faoliyati davomida yigib, tuplab borishi mumkin. Ularni sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug’illanuvchilarning kundaliklarini taxlil qilish natijasida kulga kiritsa xam bo’ladi. Nixoyat, bunday ma’lumotlarga ega bo’lish uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug’illanuvchilar xar jixatdan ommaviy pedagogik testlash yordamida o’rganiladi yoki sportchining mashg’ulot va musobak,a faoliyatining ayrim tomonlarini chuqur tadqiq, etish maqsadida maxsus tayyorlangan majmuali tekshirish ishlari o’tkaziladi.
Shu tariqa tadqiqot materiallarini yig’ish va to’plash aniq maqsad bilan olib borilishi, ya’ni ilmiy tadqiqotning maqsadidan kelib chikib o’tkazilishi hamda uning ish rejasida ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta’min etishi shart.


Xulosa.
Mazkur kurs ishida Ilmiy-tadqiqot ishlarining turlari juda xilma-xil. Ular o’z vazifalari, xajmi va qamrab oladigan masalalarining muzmuniga ko’ra farqdanadi (13.1,-jadval). Quyida ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy turlariga tavsif berilgan hamda ularga qo’yiladigan maxsus talablar bayon etilgan.Referat, odatda, ilmiy tadqiqot ishining dastlabki va eng oddiy turi xisoblanadi. U qandaydir masala mohiyatining, maqola, kitob, ilmiy ma’ruza va x.k.lar mazmunining yozma ravishdagi bayonidan iborat. Ammo xar qanday referat ham ilmiy-tadqiqot ishlari qatoriga kiritilavermaydi. U referat tayyorlashga turtki bo’lgan ilmiy ishning asosiy jixatlarini qisqacha tarzda qayta yoritib berishdan tashqari, unga baho bera olsa hamda ilmiy ishda mavzu qay darajada to’la va asosli ochib berilganligi to’g’risidagi xulosalar bilan yakunlansagina shunday sifatlarga ega bo’lgan sanaladi. Boshlovchi ilmiy xodimlar uchun referat o’ziga xos «kuchni sinab ko’rish» usulidir. Ilmiy ish asosida referat yozish fikr doirasining kengayishiga yordam beradi va adabiy manbalarni mustaqil ravishda qayta ishlash hamda ushbu manbalarda qayd etilgan ilmiy ma’lumotlarni qisqacha bayon etish ko’nikmalarini xosil qilish imkonini beradi. Referatning xususiy bir ko’rinishi avtoreferat bo’lib, unda muallif o’z ilmiy, ko’pincha dissertatsion ishidagi asosiy fikrlarni bayon etadi. Avtoreferatda muallif o’z tadqiqoti natijalarini, shuningdek, uning jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun qanday yangiliklar yaratayotganligi to’g’risidagi xulosalari hamda dalillarini siklik shaklda ifodalay olishi lozim. Odatda, avtoreferatning boshida tanlangan ilmiy ishga qisqacha tavsif beriladi (aniq nomi, xajmi, tuzilishi, undagi jadvallar, chizmalar, sur’atlar, ilovalar soni, yakunlangan yili).
Keyin bajarilgan tadqiqotning moxiyati bayon qilinadi, bunda avtoreferatning tuzilishi unga asos bo’lgan ilmiy ishning tuzilishini o’zida aks ettirishi shart.
Ilmiy daraja va unvonlarga taqdim etish tartibi to’g’risidagi Nizom”da dissertatsion ishning avtoreferati mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar belgilab berilgan. Unda «...dissertatsiyaning asosiy goyalari va xulosalari, ...mulallifning tanlangan muammolarni ishlab chiqishga qo’shgan xissasi, tadqiqot natijalarining yangiligi hamda axamiyatlilik darajasi ko’rsatilishi, shuningdek, disser­tatsion ishning tuzilishi asoslab berilishi kerak”.


Yüklə 88,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin