Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/5
tarix19.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127233
1   2   3   4   5
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

Buyuk Britaniya

XX asrning boshlarida iqtisodiyot tarixi bo'yicha ma'ruzalar to'liq holda Britaniyaning Oksford va Kembridj kabi qadimgi va nufuzli universitetlarida o'qilardi, 1928 yilda Kembridj va 1931 yilda esa Oksford universitetlarida iqtisodiyot tarixi kafedralari tashkil etildi1.

1920-1930 yillarda iqtisodiyot tarixiga qiziqish ortdi va boshqa oliygohlarda, jumladan Edinburg va Glazgo universitetlarining tegishli kurslar o'qitiladigan yo'nalishlarida, keyinroq esa 50-60 yillarda bir necha kafedralar va ixtisoslashtirilgan bo'limlar tash­kil etildi. 60-70 yillarda iqtisodiyot tarixi fani London universiteti, Lester, Sheffild, Liverpul, Nottingem shaharlardagi oliygohlarda o'z mavqeyini egalladi.

Fransiya

Fransiyaning Parij shahrida iqtisodiyot va sotsiologiya tarixi instituti hamda ishlab chiqaruvchi kuchlar bozorining rivojlanishi tarixi bo'yicha markaz mavjud. Lion universiteti qoshida iqtisodiy va sotsial tarix markazi faoliyat ko'rsatmoqda.

Italiya

Italiya oliygohlarida iqtisodiy tarix kafedralari faoliyat ko'rsatmoqda. Agar 50-yillarning boshlarida Italiya universitetlari­ning 46 tasida iqtisodiy tarix bo'yicha faqat 15 ta kurs o'qitilgan bo'lsa, 70-yillarning boshlarida 51 ta kurs, 80-yillarning boshida esa bunday kurslar soni 87 taga yetdi.

Shvetsiya

Shvetsiyada iqtisodiy tarixni o'qitish va tadqiq qilish univer- sitetlarning ijtimoiy fakultetlari doirasida joriy etildi. Stokgolm va Uppsal universitetlari bu borada o'z an'analari bilan mashhur bo'ldi. Uppsal universitetida iqtisodiy tarix 1948 yilda "Siyosiy iqtisod"dan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va 1955 yilda esa iqtisodiy tarix kafedrasiga asos solindi.

AQSh

Iqtisodiy tarix AQSh universitetlarida ham o'qitiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy tarix iqtisodiyot nazariyasi bilan yagona tartib asosida birlashdi va bu "iqtisodiyot epidemiyasi"ning kuchli ta'sirida sinovdan o'tkazilgan.

Shunday qilib, iqtisodiyot xorijda allaqachon nafaqat iqtisodchilar, balki yuristlar, siyosatshunoslar va sotsiologlarni tayyorlashning ham ajralmas qismiga aylangan. Sobiq Ittifoqda iqtisodiy tarix Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlardan o'qitila boshlandi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin