Xorijiy davlatlar iqtisodiy tarixining asosiy manbalariga moddiy, madaniy yodgorliklar va yozuvlar, qonunlar to'plamlari, ma'muriy va yuridik hujjatlar, statistik ma'lumotnomalar kiradi.
G'arb iqtisodiyoti "burjuaziya tarixografiyasida marksizm bilan kurashning asosiy shakli" deb qabul qilingan edi. Uning faqatgina ba'zi yutuqlari tan olinardi xolos, masalan, yuqori tadqiqot texnikasi, manbalarni sinchiklab o'rganishi, matematik metodlardan foydalanish va ba'zi boshqa metodlar.
Fransiya
Fyustel de Kulanj Numa Deni (1830 - 1889 yy.) Fransiya tarixini o'rganishda ilmiy yondashuv asosida samarali faoliyat olib bor- gan. Uning asosiy ishi - "Qadimgi Fransiya ijtimoiy tuzumining tarixi" (1875-1892 yy.), unda muallif G'arbiy Yevropada feodalizmning kelib chiqishini asoslab bergan, u antik davrdan o'rta asrga o'tishni oxirgi Rim imperiyasining qadamba-qadam almashinishi deb aytgan.
Fyustel de Kulanj shuni ta'kidlab o'tdiki, Yevropa sivilizatsiyasining asosini faqat Rim jamoat institutlari tashkil qiladi va ularda umuman Germaniya qabilalarining hissasi bo'lmagan, chunki u tarixiy faktlarga to'g'ri kelmas edi. U iqtisodiy, xususan agrar sohalarga katta e'tibor qaratgan, u birinchilardan bo'lib o'rta asr Fransiya agrar tarixini o'rgangan. U hujjatli materiallar bo'yicha mashhur bilimdon bo'lib, uning ko'pgina asarlarida ixtiyoriylik va muayyan bir g'oya mavjud edi.
Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.)
Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.)
Mark Blok "Annal" maktabining asoschilaridan biri bo'lib, Yevropa zamonaviy tarixografiyasiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning asosiy asarlari G'arbiy Yevropa feodalizmiga bag'ishlangan. Uning eng qimmatli ishlaridan biri "Fransuz agrar tarixining o'ziga xos xususiyatlari"dir. Unda Fransiyada yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatlari ochib berilgan. Blok o'rta asr dehqonchiligining xilma-xilligi g'oyasini olg'a suradi. U ko'pgina G'arbiy Yevropa davlatlarining agrar va ijtimoiy tarixini qiyoslab o'rganishga harakat qilgan.