Ma’ruzachi: M.A.Amonova Mavzu: Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi. Iqtisodiy tarixning metodlari, predmeti va vazifalari. Iqtisodiy tarixning manbasi va strukturasi. Iqtisodiyot va AT yo’nalishi
Keng ma'noda iqtisodiy tarixning predmeti jamiyatning "iqtisodiy harakati", uning o'zgarishi xususiyatlari, bunday harakat- larning transformatsion qonuniyatlari, uning ijtimoiy hayotning barcha sohalari bilan bo'lgan aloqalaridan iborat bo'ladi.
Tor ma'noda esa turli mamlakatlar aholisining xo'jalik faoli- yati, ulardagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ishlab chiqarish xususiyatlarining o'zgarib borishi predmet sifatida o'rganiladi.
Iqtisodiy tarixning qisqacha izoxi
"Iqtisodiy tarix" fani G'arbiy Yevropada XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta'sirida yuzaga keldi va u "Siyosiy iqtisod"dan ajralib chiqdi. U XIX-XX asrlardan boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o'qitila boshlandi, bundan tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni tayyorlash hamda siyosiy sohada islohotlarni oqilona va samarali amalga oshirish uchun xizmat qildi.
Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot va siyosiy bilimlar maktabi tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida bo'lim maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik iqtisodiyot tarixining dastlabki namoyondalaridan biri bo'lgan U.Xyuins boshchilik qildi.
"Iqtisodiy tarix" siyosiy fanlar, sotsiologiya, huquq kabi fanlar bilan birga barcha o'quv rejalarida asosiy o'rinni egalladi. 1901 yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo'yicha kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan savdo-sotiq maktabi tashkil etilib, unga keyinroq AQShning Garvard universitetida birinchi iqtisodiyot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi