Тошкент кимё – технология институти


Metall sirtiga plastmassa yuritiSh



Yüklə 3,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/54
tarix15.10.2023
ölçüsü3,38 Mb.
#130368
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Polimerlar kimyosi va texnologiyasi

Metall sirtiga plastmassa yuritiSh 
Bu usuldan yupqa devorli maqsulot olish yoki qoplama tayyorlaShda 
(suyuq yoki kukun holdagi polimer) foydalaniladi. Bunda asosan termo- yoki 
reaktoplastlar purkaladi. 
Purkash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: 
1.
Detallar bazasini tayyorlash; 
2.
Yuzaga polimerni bir tekis purkash; 
3.
Purkalgan yoki yuritilgan polimerning monolitligini ta`minlash; 
4.
qo`Shimcha termik iShlov berish; 
5.
Konstruktsiyani sovutish; 
Polimerni purkashning bir necha xil usullari bor: elektr maydonida purkash 
(bunda formaga musbat, purkaladigan kukunga manfiy zaryad beriladi). Bunda 
purkaladigan kukun zarrachasi detal' yuzasiga bir tekis purkaladi va purkalgan 
polimerni 10 mikrondan 1 mm qalinlikgacha qoplaSh mumkin. 
Elektr maydonida purkaSh usuli boshqa usullarga nisbatan keng tarqalgan, 
chunki usulni maksimal avtomatlaShtiriSh mumkin va kam harakat talab qilinadi. 
Kamchiligi 
qoplama 
yuzadan 
ajraliShi mumkin. Bunga yuzani sifatsiz 
tayyorlaShsabab bo`ladi. Bu qoplamalar metallni korroziyadan yaxShi qimoya 
qiladi.
Mavqum qaynagan kukun idiShda 50-1500S lar atrofida qizdirilgan metall 
buyumga (ayniksa murakkab konstruktsiyaga ega bo`lgan) solinadi va uni polimer 
kukuni purkab oladi. Bu usulni qiymatini zaryad berib oShirsa ham bo`ladi. 
Polimer kukunlarini gaz alangasida ham purkaSh orqali metall buyumlarni 
ekspluatatsion xossalarini yaxshilash mumkin.
Plastmassalarni metall bilan qoplash 
Bunda plastmassa maqsulotlariga (Shu jumladan yarimfabrikatlar ham) 
metall qoplama beriladi. qoplama har xil qalinlikda bo`liShi mumkin 0,01-0,1 
mikron, bu usul bilan yupqa qoplamalar olish mumkin.
Bu qalinlikdagi qoplamalar dekorativ maqsulot olishda, yaltiroq, nur 
qaytaruvchi buyumlar olishda keng qo`llaniladi. Bundan taShhari 2 mikron 
qalinlikdagi metall qoplamalar elektr o`tkazuvchanlik xossasiga ega bo`ladi; 30-50 
mikronli qoplamalar materialni musnahkamligini va issiqlikka chidamliligini 
oShiradi.
Polimerlarni metall bilan qoplaSh uch asosiy guruhga bo`linadi:
1.
Mexanik;


85 
2.
Fizikaviy;
3.
Ximiyaviy.
Mexanik usul - bunda qoplama oldindan tayyorlanadi va Shundan so`ng 
yuzaga qoplanadi (metall falganing o`zini qoplaSh yoki elimlab qoplaSh). 
Fizikaviy usul - yuzasi yuqori vakuumlangan sovutilgan polimerga metall 
buqlarini o`tirtiriSh. SHuning uchun bu usul ko`pincha vakuum qoplamasi 
deyiladi. Bu usul bilan ko`proq PS, PE, ABS plastik PETF maqsulotlar va 
plyonkalari sirti bilan qoplaShda foydalaniladi.

Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin