Toshkent kimyo-texnologiya instituti g. S. Keldiyorova, N. A. Ablayeva



Yüklə 444 Kb.
səhifə15/50
tarix14.04.2022
ölçüsü444 Kb.
#115293
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
ish yoritish 64 toshKTI

Topshiriqlar:

1-topshiriq. „Talaba nizomi“ni o‘qib chiqing. Hujjatning zaruriy qismlarini yod oling.

2-topshiriq. Mehnat shartnomasidagi rahbar va xodimning majburiyatlari nimalardan iboratligini aytib bering.

3-topshiriq. Xizmat safari guvohnomasi shakli asosida guvohnomani to‘ldiring.

4-mavzu.

F A R M O Y I SH H U J J A T L A R I

Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dirеktor)ning buyruq, ko‘rmatma, farmoyishlari asosida vujudga kеladi.



B U Y R U Q

Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi.

Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.

Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart­-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.

Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi.

Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).

Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi.

Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.


Yüklə 444 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin