2-topshiriq. Fakultet dekaniga o‘quv (akadem) ta’til berishni so‘rab ariza yozing.
3-topshiriq. Quyidagi birikmalarni daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling. Ulardan foydalanib to‘rtta gap tuzing.
Boshqa shaharga ko‘chishimiz munosabati bilan, mehnat ta’tili berishingizni so‘rayman, ilova qilindi, ilova qilingan hujjatlar asosida, kasalligi tufayli, moddiy qiyinchiliklar sababli, ozod etishingizni so‘rayman, o‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman, ijozat berishingizni so‘rayman, yoshlar nomidan so‘raymiz, yordam berishingizni so‘raymiz, deb hisoblashingizni so‘rayman, haqida qaror chiqarishingizni so‘rayman, aytilganlar asosida, kelmayotganligi sababli, moddalariga rioya qilgan holda, muddatini uzaytirishingizni so‘rayman, da’vo talablarini tasdiqlash uchun, ushbu hujjatlarga muvofiq.
4-topshiriq. Ariza namunasidagi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirib, daftaringizga ko‘chiring.
Toshkent davlat pedagogika universitet...
rektori prof. B. G‘. Qodirovga
... fakulteti... II kurs talaba...
Samad Qosimovdan
ARIZA
Men «Umid» jamg‘arma... tanlovida ... natijalarga erish... imtiyozli o‘rinni qo‘lga kirit... . Shuning ... «Umid» jamg‘armasi men... Amerika Qo‘shma ... ga o‘qish uchun yo‘llanma berishga ... qildi.
O‘qishimni Amerik... Shtatlari... Kaliforniya universiteti... tarix fakultetida ... ettirish uchun ruxsat ... ni so‘ray... .
(imzo) S. Qosimov
2009-yil 28-oktabr
Dostları ilə paylaş: |