Toshkent kimyo-texnologiya instituti g. S. Keldiyorova, N. A. Ablayeva



Yüklə 444 Kb.
səhifə4/50
tarix14.04.2022
ölçüsü444 Kb.
#115293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
ish yoritish 64 toshKTI

Topshiriqlar:

1-topshiriq. Quyida berilgan qoliplashgan so‘z birikmalari asosida rasmiy uslubga xos gaplar tuzing:

«shunga ko‘ra», «munosabati bilan», «...ganligi sababli», «...ishi uchun», «oqibatida», «...masligi tufayli», «shu maqsadda», «guvohlik berishicha», «tekshiruv natijasiga binoan».



2-topshiriq. Ish qog‘ozlarining qanday yozilishini yod oling.
2-mavzu.

H U J J A T V A U N I N G T U R L A R I

O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.

O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.

Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.

Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.

Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi.




Yüklə 444 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin