Topshiriqlar:
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Telefonda so‘zlashish odobiga oid jumlalarning ma’nosini izohlang.
Agar siz qo‘ng‘iroq qilsangiz, albatta, gapni salom-alikdan boshlang. Shundan so‘ng o‘zingizni taniting (ish yuzasidan telefon qilsangiz xizmat vazifangizni ham aytganingiz ma’qul) va kerakli joyga tushdingizmi yoki yo‘qmi shuni aniqlab oling. Kerakli joyga tushganingizga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, sizga zarur bo‘lgan kishini chaqirib berishlarini iltimos qiling. Hol-ahvol so‘rab, asosiy maqsadga o‘ting. Telefonda qisqa, lo‘nda gaplashishga harakat qilishingiz lozim. Xayrlashib bo‘lganingizdan keyin telefon dastagini birinchi bo‘lib siz qo‘ying, chunki telefon raqamini siz tergansiz.
Agar sizni telefonga chaqirishsa, «Labbay» yoki «Eshitaman» deb javob qiling. Boshqa joyga tushib, sizdan kechirim so‘rashsa, «marhamat, hechqisi yo‘q», deb dastakni qo‘ying. Telefon orqali muloqot qilayotganingizda xodimlardan biri huzuringizga kelib muhim ishi borligini aytib qolsa, hamsuhbatingizdan uzr so‘rang va ma’lum vaqtdan keyin unga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilishingizni aytib, telefon dastagini ohista qo‘ying. Telefonda gaplashayotganda o‘tirgan joydan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib yoki boshni egib gaplashish kabilar odob doirasiga kirmaydi. Bu holatda gaplashsangiz atrofdagi xodimlarning g‘ashiga tegasiz.
2-topshiriq. Telefonogrammani o‘qing, shu asosda institutingizda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lishi haqida telefonogramma namunasini yozing.
«Ustoz» jamg‘armasi
Yetkazuvchi — kotiba
Salimova.
Tel: 45-16-20
|
TKTI qoshidagi akademik litsey direktoriga
Qabul qiluvchi — kotiba
Turopova.
Tel: 46-36-95 soat 15:30
|
TELEFONOGRAMMA
2008.18.04. Toshkent. № 14
Respublika «Ustoz» jamg‘armasi hay’at boshqaruvi yig‘ilishi qaroriga ko‘ra litseyingizga bir dona IBM PC—150 rusumli kompyuter ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan o‘z vakilingizni yuborishingiz lozim.
Jamg‘arma raisi I.Shodmonqulov
|
Dostları ilə paylaş: |