3
KIRISH
Pandemiya sharoitida dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qo‘ygan jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bir qator mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta‘siri
byudjet-soliq siyosatining imkoniyatlariga kompleks baho berish,
barcha turdagi
resurslardan samarali foydalanish va o‘rta muddatli kelajakda ularning
samaradorligiga erishish maqsadida davlat byudjetining imkoniyatlaridan to‘gri
foydalanish, uning iqtisodiyot taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan,
oshkoralik,
barqarorlik va unumdorlik tamoyillariga asoslangan, xalqaro amaliyotning eng sara
andozalariga mos keladigan ishonchli usullarini ishlab chiqish va ulardan maqsadli
foydalanish vazifalarini hal qilishni talab etadi.
Ushbu qo‘llanmada “Davlat byudjeti” faniga kirish,
davlat byudjetining
mohiyati va ahamiyati, byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, davlat byudjetininghuquqiy
asoslari,
davlatning byudjet siyosati, davlat byudjetini boshqarish, byudjetlararo
munosabatlar, byudjet tasnifi, davlat byudjeti daromadlari
va xarajatlari tizimi, davlat
byudjetining holati, byudjet jarayoni kabi mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
topshiriqlari uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z
aksini topgan. “Davlat byudjeti” fanini chuqur o‘rganish davlat moliya tizimida
mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
“Davlat byudjeti” fanini chuqur o’zlashtirishda amaliy mashg’ulotlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg’ulot – o’quv materialini jamoa bo’lib o’zlashtirish,
murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada ijodiy
va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma
va malakalarni
shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Shuningdek, amaliy mashg’ulot –
muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir
qismini fanning ishchi o’quv dasturida ko’zda tutilgan hajmdagi amaliy mashg’ulot
soatlarida talaba tomonidan fan o’qituvchisining bevosita rahbarligi asosida auditoriyada
o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Amaliy mashg’ulotning asosiy
maqsadi
pedagog-xodimning rahbarligi va nazorati
ostida talabada muayyan o’quv ishlarini auditoriya sharoitida bajarish uchun zarur
4
bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdir.
Amaliy
mashg’ulotga talaba darsliklar, o’quv adabiyotlari,
gazeta va jurnallar, radio va
televideniye, elektron darsliklar va o’quv qo’llanmalari, Internet resurslari, ZiyoNET
materiallari va fanning o’quv-uslubiy majmualaridan foydalangan holda tayyorgarlik
ko’rib kelishi nazarda tutiladi.