Toshkent moliya instituti «moliya» kafedrasi b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix02.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#137068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Нурмухаммедова.Б.-Хамдамов.Ш.-Давлат бюджети амалий машгулот учун кулланма



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
«MOLIYA» KAFEDRASI 
 
B.I. NURMUXAMEDOVA, SH.K. XAMDAMOV 
DAVLAT BYUDJETI 
 
fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha 
 
USLUBIY QO‘LLANMA 
 
 
 
Bilim sohasi: 
200000- Ijtimoiy soha, iqtisod va 
huquq 
Ta’lim sohasi: 
230000–Iqtisod 
Ta’limyo‘nalishi: 
5231300–Pensiya ishi 
 
 
 
TOSHKENT – 2022 






KIRISH 
 
Pandemiya sharoitida dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qo‘ygan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bir qator mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta‘siri 
byudjet-soliq siyosatining imkoniyatlariga kompleks baho berish, barcha turdagi 
resurslardan samarali foydalanish va o‘rta muddatli kelajakda ularning 
samaradorligiga erishish maqsadida davlat byudjetining imkoniyatlaridan to‘gri 
foydalanish, uning iqtisodiyot taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, oshkoralik
barqarorlik va unumdorlik tamoyillariga asoslangan, xalqaro amaliyotning eng sara 
andozalariga mos keladigan ishonchli usullarini ishlab chiqish va ulardan maqsadli 
foydalanish vazifalarini hal qilishni talab etadi. 
Ushbu qo‘llanmada “Davlat byudjeti” faniga kirish, davlat byudjetining 
mohiyati va ahamiyati, byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, davlat byudjetininghuquqiy 
asoslari, davlatning byudjet siyosati, davlat byudjetini boshqarish, byudjetlararo 
munosabatlar, byudjet tasnifi, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tizimi, davlat 
byudjetining holati, byudjet jarayoni kabi mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar 
topshiriqlari uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z 
aksini topgan. “Davlat byudjeti” fanini chuqur o‘rganish davlat moliya tizimida 
mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. 
“Davlat byudjeti” fanini chuqur o’zlashtirishda amaliy mashg’ulotlar muhim 
ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg’ulot – o’quv materialini jamoa bo’lib o’zlashtirish, 
murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada ijodiy 
va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni 
shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Shuningdek, amaliy mashg’ulot – 
muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir 
qismini fanning ishchi o’quv dasturida ko’zda tutilgan hajmdagi amaliy mashg’ulot 
soatlarida talaba tomonidan fan o’qituvchisining bevosita rahbarligi asosida auditoriyada 
o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
Amaliy mashg’ulotning asosiy 
maqsadi 
pedagog-xodimning rahbarligi va nazorati 
ostida talabada muayyan o’quv ishlarini auditoriya sharoitida bajarish uchun zarur 



bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdir. Amaliy 
mashg’ulotga talaba darsliklar, o’quv adabiyotlari, gazeta va jurnallar, radio va 
televideniye, elektron darsliklar va o’quv qo’llanmalari, Internet resurslari, ZiyoNET 
materiallari va fanning o’quv-uslubiy majmualaridan foydalangan holda tayyorgarlik 
ko’rib kelishi nazarda tutiladi. 




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin