19
me’yorlari va tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalari me’yorlaridan
foydalanish
mahalliy byudjetlarga yetishmay turgan moliyaviy resurslarni aniqroq belgilash va
zarur moliyaviy yordam miqdorini asoslashga imkon beradi.
Mahalliy byudjetlar
taqchilligiga yo’l qo’ymaslikning qonunda belgilab qo’yilganligini hisobga
olib,maqsadli xarakterdagi subvensiyalarni moliyaviy
yordamning asosiy shakli
sifatida e’tirof etish joiz.
4.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki,to’g’ri
soliqlarning mahalliy byudjetlardagi ulushining yuqori bo’lishi daromad bazasining
mustahkam ekanligini ko’rsatuvchi aspekti sifatida qaraladi.Shu sababli,ushbu
ko’rsatkichning barqarorligiga erishish,mahalliy byudjetlarning
daromad qismini
barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
5.
Ajratiladigan mablag’lar bo’yicha hududiy moliya organlari taqsimot
bo’yicha (hududlar bo’yicha moliyaviy holat,ekologik,demografik, hududlar aholisi
soni omillari) aniq belgilanmaganligi va nobarqaror me’yoriy ko’rsatkichlar bo’yicha
moliyaviy munosabatlar mavjudligi sir emas.Shu bois,
sinchkov moliyaviy
tekshiruvlarni olib borish va barqaror normativ ko’rsatkichlardan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: