Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan



Yüklə 77,3 Kb.
səhifə5/9
tarix08.11.2023
ölçüsü77,3 Kb.
#131327
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI 2 tayyoriii

Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan – universal va ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. Universal banklar banklar bajaradigan barcha operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat banklarini keltirish mumkin. Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va shu tarmoqni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida qator ixtisoslashgan banklar (O‘zmevasabzavot, Zaminbank, Yengilsanaot, G‘allabank, Paxtabank) tashkil etildi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi natijasida ushbu banklar universal banklarga aylantirilib, bir-biriga qo‘shib yuborildi yoki universal tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, ixtisoslashgan banklar, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni bajarish, investitsion faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq mamlakatimizda, alohida tarmoqqa xizmat ko‘rsatadigan yoki operatsiyalarni bajaradigan ixtisoslashgan banklar faoliyat yuritmaydi. Shu bilan birga banklarning faoliyati xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari, filiallarining soni, xizmat ko‘rsatish doirasi, kapitalining hajmi nuqtai nazaridan ham tasniflanadi.
Xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari bo‘yicha – banklarning faoliyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayrim banklar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadi. Jumladan, avtomobilsozlik, neft sanoati, qurilish va boshqa sohalar. Masalan, mamlakatimiz Sanoatqurilishbanki ko‘plab tarmoqlarga xizmat ko‘rsatadi, biroq asosiy faoliyati og‘ir sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Shuningdek, Agrobankning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi korxonalariga, Asakabank mashinasozlik sohasiga va hokazo.
Filiallarining soni bo‘yicha – ayrim banklarda filiallar umuman mavjud emas, ayrimlarida esa mamlakatning barcha hududlarida filiallari mavjud. Mamlakatimizda bunday banklar sirasiga Agrobank, Xalqbank, Mikrokreditbanklarni kiritish mumkin. Ushbu banklarning mamlakatimiz tumanlarining deyarli barchasida o‘z filiallari faoliyat yuritadi. Banklarning filiallari yuridik shaxs sifatida barcha huquq va majburiyatlarga ega bo‘lmaydi, ular tegishli nizom asosida bosh bank tomonidan berilgan chegaralangan huquq va majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.

Yüklə 77,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin