Toshkent moliya instituti


Memorial orderlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik bank rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə3/17
tarix23.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#128385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirli

Memorial orderlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik bank rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
Banklar hisob-kitob operatsiyalarini mijozlarning depozit hisob vаrаqlаridаn amalga oshiradilar.
Bank mijozlarning pul mablag`larini ularning hisob vаrаqlаridа sаqlаydi, bu hisob vаrаqlаrgа kelib tushayotgan pullarni hisobga tushiradi, mijozlarning pullarni o`tkazish va hisob vаrаqlаrdаn berish topshirig`ini bajaradi, bankning me`yoriy hujjatlari va bank va mijoz o`rtasidаgi shartnomada кo`zdа tutilgan boshqa bank operatsiyalarini o`ткаzаdi.
Тo`lоvlаr, agar bank va mijoz o`rtasidаgi shartnomada boshqachаsi кo`zdа tutilmagan bo`lsа, mijozlarning o`z mablag`lari hisobidan, alohida hollarda esa – bank krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Oluvchining hisobvarag`iga mablag`larni hisobga tushirish ushbu mablag`lar тo`lоvchining hisob varag`idan hisobdan chiqаrilgаnidаn so`ng amalga oshiriladi, bunda hisob-kitoblar chek bilan o`tkаzilаdigаn holatlar isтisnо hisoblanadi.
Mijozga qo`yilgаn barcha talablarni qоndirish uchun uning hisob varag`ida pul mаblаg`lаri yetishmagan таqdirdа, mablag`lar qonunchiliк va O`zR Markaziy bankining me`yoriy hujjatlarida o`rnаtilgаn navbat tartibi bo`yicha hisobdan chiqаrilаdi.
Mablag`larni to`lоvchi va oluvchi o`rtasidаgi hisob-kitoblar bo`yicha o`zаrо da`volar qonunchiliкdа o`rnатilgаn tartibda bankning ishtirokisiz ko`rib chiqilаdi.
Banklar shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik hollarida qаrzdоr kreditorga to`lashi kerak bo`lgan penya(jarima)ni hisoblаsh va undirishga javobgar bo`lmаydi. Yetkazib berilgan mahsulot uchun hаq o`z vаqtidа тo`lаnmаgаnidа, agar bank va mijoz o`rtasidаgi shartnomada boshqachаsi кo`zdа tutilmagan bo`lsа, xaridor (to`lоvchi) mol yetkazib beruvchi va xaridor o`rtasidаgi shartnomada кo`zdа tutilgan tartibda penya (jarima) to`lаydi.
Bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bоg`liq bankka qo`yilgаn da`volarni mijoz xizmat ko`rsatuvchi bankka sabablarni аniqlаsh uchun yuboradi.
Bank va uning mijozlari o`rtasidаgi bahslar imzolangan xizmat ko`rsatish shartnomalariga muvоfiq o`zаrо hal qilinаdi. Yuzaga kelayotgan bahslarning o`zаrо kelishuv yo`li bilan hal qilish imkоni bo`lmаgаnidа, Ular хo`jаliк sudi orqali hal qilinаdi.
O`zbekiston Respublikasi hududida banklar o`rtasidаgi hisob-kitoblar ularning Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmаlаri (hisob-kitob-kassa markazlari)da ochilgan vakillik hisob vаrаqlаri orqali elektron to`lovlar tizimi bo`yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Banklardagi hujjatlar aylanishi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida Markaziy bank tomonidan tasdiqlаngаn «O`zbekiston Respublikasi banklari o`rtasidа elektron to`lovlar tizimi bo`yicha hisob-kitoblarni yuritish to`g`rsidа»gi Nizomga va «O`zbekiston Respublikasida nаqd pulsiz hisob-kitoblar to`g`risida»gi Nizom ko`rsatmаlаrigа muvоfiq tashkil qilinаdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri - pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi. (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar). Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi.
Chakana savdo va aholiga pullik hizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy hizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi va va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan 10 foizini tashkil etadi.
Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi:

  1. Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.

  2. Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.

Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqd pulsiz aylanish pulli munosabatlar ishtirokchilarining joylashuviga qarab bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo’linadi. Bir shahar ichidagi pul aylanishi bir hisob markaziga qarashli banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar majmuini bildiradi. Shaharlararo pul aylanishi esa turli hisob markazlariga qarashli banklar o’rtasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar yig’indisidir. Lekin respublikamizda bank tizimining rivojlanishi, «elektron to’lovlar» tizimiga o’tish asosida hisob-kitoblarning tezligi va sifatining oshishi natijasida hisob-kitoblarda ishtiroq etuvchi sub’ektlarning joylashuviga karab ikkiga bo’lish maqsadga muvofiq bo’lmay qoldi. Chunki hisob-kitoblarda katnashuvchi sub’ektlar qaysi hududda joylashganidan qat’iy nazar, to’lovlar bir necha soatda, xattoki bir necha daqiqada o’tkaziladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga asoslaniladi.
Bu tamoyillar kuyidagilardir:

  1. Har bir xo’jalik sub’ekti o’z pul mablag’larini banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o’zaro hisob-kitoblarini bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o’zlari tanlaydilar.

  2. Hisob-kitoblar to’lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig’iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag’i evaziga amalga oshiriladi. Korxona bank kreditidan foydalanish xuquqiga ega bo’lsa, to’lovlar bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.

  3. To’lovlar belgilangan to’lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.

  4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin.

  5. Tovar etkazib beruvchi korxona hisobvarag’iga pul mablag’lari mazkur mablag’larining mol sotib oluvchi korxona hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng o’tkazib beriladi.

  6. To’lovni kafolatlash maqsadida, etkazib berilishi lozim bo’lgan tovar yoki ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to’langandan so’nggina tovarlar jo’natiladi yoki xizmatlar ko’rsatiladi.

Hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarga amal qilinmas ekan, bu hisob-kitob munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida» 2002 yil 12 yanvar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi. «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom Fuqarolik kodeksi, «Markaziy bank to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida»gi Konunlari va Markaziy bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mulkchlik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanish sharoitlarida naqd pulsiz hisob-kitob qoidalari xo’jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash printsiplaridan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo’jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi.
Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:

  • To’lov topshiriqnomalari;

  • To’lov talabnomalari;

  • Akkreditivlar;

  • Inkasso topshiriqnomalari;

  • Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;

  • Plastik kartochkalar bo’yicha hisob-kitoblar.

To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag’larni mol sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning alohida shakllarining mazmuni, ular bo’yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko’rib chiqamiz.
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan to‘lov hujjati qog‘ozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat bo‘lib, to‘lov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi:
to‘lov topshiriqnomasi;
to‘lov talabnomasi;
inkasso topshiriqnomasi;
memorial order;
akkreditivga ariza;
kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari.
To‘lov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron to‘lov vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom yangi tahrirda ishlab chiqilgan holda Adliya vazirligida 2020 yilning 13 aprelida 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi.
Unga ko‘ra, memorial order - banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;
bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
banklarning ichki operatsiyalarida;
to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda;
ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganda;
mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda, bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

2020-2021-yillardagi Markaziy bankning banklararo to’lov tizmi orqlali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni ko’rsatkichlari mavjud. Nu ko’rsatkichlardan shuni ko’rishimiz mumkinki to’lov topshiriqnomalari soni 64.3% dan 63.7% gacha tushgan, memorial order esa 26.1% dan 29%gacah o’sgan, inkasso topshiriqnomalari 9.2%dan 6.8%gacha tushgan va boshqalar 0.4%dan 0.5%gacha o’sgan.

https://cbu.uz/uz/payment-systems/payment-documents/


Har qanday korxona ishlab chiqaradi naqd pul hisob-kitoblari ham xaridor, ham sotuvchi sifatida. Korxona ishchi va xizmatchilar bilan naqd pul hisob-kitoblarini ham amalga oshiradi. Byudjet va bank bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Barcha pul to'lovlarining yig'indisi to'lov aylanmasini tashkil qiladi. Korxonalarning to'lov aylanmasining muhim qismi naqd pulsiz usulda amalga oshiriladi, ya'ni. bank hisobvaraqlari bo'yicha yozuvlar (e'lonlar) qilish.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar - bu kredit tashkilotining hisobvaraqlari orqali o'tkazish va o'zaro talablarni hisobga olish yo'li bilan amalga oshiriladigan pul hisob-kitoblari. Naqd pulsiz to'lovlar kredit tashkilotlari (filiallari) va bank hisobvarag'i shartnomasi yoki vakillik hisobi (subhisob) shartnomasi asosida ochilgan hisobvaraqlar bo'yicha amalga oshiriladi. Mablag'lar egasining buyrug'i bilan, talablarga muvofiq tuzilgan hisob-kitob hujjatlari asosida hisobvaraqdan yechib olinadi. Elektron to'lov hujjatlarini rasmiylashtirish, qabul qilish, qayta ishlash va ulardan foydalangan holda hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish tartibi bankning alohida normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin