Toshkent moliya instituti


Zamonaviy masofaviy bank xizmatlari



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə11/17
tarix23.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#128385
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirli

Zamonaviy masofaviy bank xizmatlari

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 3 iyunda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining “O'zbekiston Respublikasida nakd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomni tasdiklash hakida”gi Qarorini ro'yxatdan o'tkazdi.


Mazkur qaror bilan O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizom O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar; inkasso bo'yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi: memorial order,to'lov topshiriqnomasi; to'lov talabnomasi; inkasso topshiriq-nomasi; akkreditivga ariza; tijorat bankining hisob-kitob cheki (bundan buyon matnda chek deb yuritiladi).
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi o'rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank hisobvarag'i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo'yilgan bo'lmasa, bank tegishli to'lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag'larni mijozning hisobvarag'iga kirim qilishi yoki mablag'larni uning hisobvarag'idan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirig'iga binoan elektron to'lovni tegishli to'lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo'lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to'lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to'lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Banklar «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Mablag'larni oluvchilarning roziligi mavjudligidan qat'i nazar, to'lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo'l qo'yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mablag'lar mablag'larni to'lovchining hisobvarag'idan hisobdan chiqa-rilgandan so'ng, mablag'larni oluvchining hisobvarag'iga o'tkaziladi, cheklar va BPKlar bo'yicha hisob-kitob qilish bundan mustasno. 1
Talablarni bajarish uchun mablag'larni oluvchining hisobvarag'ida yetarli miqdorda mablag'lar bo'lmagan taqdirda, mablag'larni hisobdan chiqarish Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga muvofiq, navbat bo'yicha amalga oshiriladi.
Mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma bo'yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to'lanishi zarur bo'lgan penyani hisoblash va undirish bo'yicha banklar javobgar bo'lmaydi.
Mijoz amalga oshirilgan hisob-kitob operatsiyalari bo'yicha yuzaga kelgan barcha masalalar bo'yicha unga xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o'rtasidagi nizolar ular o'rtasida tuzilgan bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq hal etiladi. O'zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali hal etiladi.
Banklar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.
Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlar Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Bundan tashkri, Nizomda hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni ijro qilish, memorial orderlar bilan hisob-kitoblar, to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, to'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar, inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar, cheklar bilan hisob-kitoblar, BPK – bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to'lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o'z saqlovchisiga bank hisobva-rag'idagi mablag'lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar, yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish vaqtida mablag'larni hisobdan chiqarish qoidalari haqida batafsil yoritilgan.
Naqd pulsiz pul aylanishi — banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi bevosita pul belgisining bo‘lmasligini nazarda tutadi va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga, mos ravishda, naqd pulsiz aylanishni shakl- lantirishga imkon beradigan rivojlangan bank tizimi amal qilmay turib bunga erishib boimaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati iqtisodiyotda naqd pulsiz pul aylanishi amal qilishining zaruriy sharti hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tamoyillari:
1) ular mijozlarga mablag‘larni saqlash va o‘tkazish uchun ochiladigan bank hisobvaraqlari bo'yicha amalga oshiriladi;
2) hisobvaraqlardan to'lovlar banklar tomonidan hisobvaraqlar egalarining farmoyishi bo'yicha to‘lovlarning ular belgilagan navbatliligi tartibida va hisobvaraqdagi mablaglarning qoldig‘i doirasida amalga oshirilishi lozim;
3) banklar mijozlarning shartnomali munosabatlariga aralash- maydi;
4) toMovning shartnomalarda, Moliya vazirligi yo'riqnomalarida nazarda tutilgan muddatlar asosidagi muddatliligi;
5) tolovning ta’minlanganligi, to‘lovchida (yoki uning kafilida) pullarni oluvchi oididagi majburiyatlarni uzish uchun qoMlanilishi mumkin likvidli mablagMarning mavjudligi. Shunday qilib, naqd pulsiz aylanish toMovning ushbu tamoyillari va shartlarining bajarilishini nazarda tutadi. Iste’molchilar bilan sotuvchilar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitobning amal qilishiga ehtiyojning oshib borayotganligini qayd qilish kerak. Bu tovar aylanishi jarayonida tobora ko'proq qoilanilayotgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining qulayligitii nisbatan xavfsizligi bilan bog‘liqdir. Yana shunga ham e’tiborni qaratish kerakki, naqd pulsiz aylanishning o'zida ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi va hozirgi vaqtda u nafaqat bank mijozlarining hisobvaraqlari bo'yicha yozuvlardan, shu bilan birga bankning kompyuterdagi ma’lumotlar bazasida u yoki boshqa hisob- varaqdagi holatga tegishli yozuvlardan ham iborat. Bunday evolutsiya naqd pulsiz aylanish shakli sifatidagi elektron pul vositalarining keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Bunday holda pullar aynan malumotlar bazasidan iborat bolib, unga faqat texnik vositalar yordamida kirib olishi mumkin. Naqd pulsiz aylanish hozirgi vaqtda nafaqat korxonalar, shu bilan birga uy xo'jaliklari va davlatlarni ham qamrab olgan. Shunday qilib, avtish mumkinki, naqd pulsiz aylanish iqtisodiy munosabatlarning har qanday subyektining pul aylanishiga nisbatan yetakchi pozitsiyani egallaydi. Naqd pulsiz aylanishning to‘laroq faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarga rioya etish zarur:
1) ushbu operatsiyaning legitimliligi xususidagi qonuniy kafolatlar- ning mavjudligi;
2) pul mablaglarini tez va xavfsiz o‘tkazishga zaruriyatning bolishi (ya’ni, tovar munosabatlarning yetarli rivojlanganligi);
3) rivojlangan bank tizimining mavjud bolishi (banklar filiallari, bolimlari va ular o'rtasidagi vakillik munosabatlarining mavjudligi);
4) xo'jalik subyektlarining o‘z qarorlarini erkin qabul qilishi imkoniyati.
Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi iqtisodiyotning muayyan rivojlanish darajasiga erishganligidan dalolat beradi va yanada ravnaq topish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.
Davlatning pul aylanishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo‘yicha belgilanadi:
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo'ladi;
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko‘rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu yerda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul- moliya aylanishi ajratib ko‘rsatiladi;
3) pul mablag'larining harakati yuz beradigan subyektlarga qarab. Ushbu tasnif bo'yicha quyidagilar ajratib ko'rsatiladi: pul mablag‘larining yuridik shaxslar o‘rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag‘larining faqat jismoniy shaxslar o‘rtasidagi aylanishi. Shunga mos ravishda, iqtisodiyotda qo‘llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta’sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta’sir kuchiga ega bo'ladi.
Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o‘zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko‘rsa- tadigan ushbu omillar orqali ta’sir qilish mumkin. Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o'tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vosita- larning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vosita- sining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag'lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullaring kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o'zgarishiga olib keladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin, bunda ushbu hisob-kitoblar qonunchilik hujjatlari va tegishli to‘lov tizimi qoidalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanishi mumkin, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan operatsiya kunida mazkur Nizomda belgilangan tartibda bajariladi. To‘lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin kelib tushsa, u mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan keyingi operatsiya kuni boshlanganda olingan deb hisoblanadi hamda keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.Xalqaro to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda, to‘lov hujjatlari olingan paytdan e’tiboran ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi. Banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, soliq hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiq hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlar bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga to‘lanishi kerak, to‘lovlarning uchinchi shaxslar (xo‘jalik yurituvchi subyektlar) hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
Mablag‘lar mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgandan so‘ng, mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, bundan elektron to‘lov vositalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish mustasno. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari summasi mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga doir majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan penyani hisoblash va undirish bo‘yicha banklar javobgar bo‘lmaydi. Mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o‘rtasidagi nizolar ular o‘rtasida tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud orqali hal etiladi. Banklar o‘rtasida milliy valyutadagi o‘zaro hisob-kitoblar banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga  muvofiq amalga oshiriladi.
To‘lov hujjatlarida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart:
to‘lov hujjatining nomi;
tartib raqami;
hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining nomi;
mablag‘larni to‘lovchi hisobvarag‘ining raqami;
mablag‘larni to‘lovchining STIRi (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami);
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
mablag‘larni to‘lovchining banki kodi;
mablag‘larni oluvchining nomi;
mablag‘larni oluvchi hisobvarag‘ining raqami;
mablag‘larni oluvchining banki nomi;
mablag‘larni oluvchining banki kodi;
to‘lov summasi;
to‘lov maqsadi;
shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan shaxs(lar)ning familiyasi to‘liqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (to‘lov hujjati elektron shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan berilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi).
Xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim qilinadigan chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari quyidagi rekvizitlardan iborat bo‘ladi:
to‘lovning turi;
hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i;
to‘lov summasi;
valyuta kodi;
to‘lov maqsadi;
to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bank komission xarajatlari;
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
mablag‘larni to‘lovchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni to‘lovchining banki maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchining banki nomi;
mablag‘larni oluvchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni oluvchining banki maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchi bankining mablag‘larni to‘lovchining bankidagi hisobvarag‘i;
mablag‘larni oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i;
mablag‘larni to‘lovchining oluvchiga xabari.
To‘lov hujjatidagi to‘lov summasi raqam va so‘z bilan yoziladi, bunda to‘lov summasini so‘z bilan yozilganda birinchi so‘z katta harf bilan va tiyin raqam bilan yoziladi.
Akkreditivga arizada qo‘shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak:
akkreditivning amal qilish muddati;
akkreditiv ochilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;
buyurtmaning tartib raqami;
buyurtma berilgan sana;
tovarning (ish, xizmat) nomi;
to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatning turi;
qo‘shimcha shartlar.
Agar ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, to‘lov hujjatlarini to‘ldirishda mablag‘larni to‘lovchi va oluvchining qisqartirilgan firma nomidan foydalanish mumkin.
To‘lov hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi. To‘lov hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘lov topshiriqnomasida uning bankka taqdim etilgan va valyutalash sanasi ko‘rsatiladi.
To‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan valyutalash sanasi to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan oshmasligi kerak.
Mijozlar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik mijozning ushbu to‘lov hujjatini imzolagan shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlarining qog‘oz shakldagi asl nusxalari bankka taqdim etilmaydi. Bunda Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
Bankda 2-son kartotekaga kirim qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha yakuniy to‘lov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda to‘lov hujjatining “To‘lov maqsadi” grafasida yakuniy to‘lov amalga oshirilganligini bildiruvchi “Ya/t” belgisi, to‘lov hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatiladi.
Bank tomonidan qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:
to‘lov hujjatlaridagi imzolar (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) va muhr izi shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lganda, bundan mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan talab mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan to‘lov hujjatlaridagi imzo shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
To‘lov hujjatlari shaxsiy varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. To‘lov hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan to‘lov hujjatlariga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
To‘lov hujjatlariga mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni ilova qilinishiga talablar belgilanishi mumkin emas.
Bank tomonidan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan identifikatsiya vositalari orqali tasdiqlangan holda qabul qilinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari bank operatsiya kuni davomida bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan qat’i nazar to‘lov hujjatining sanasi bilan u taqdim etilgan sana mos kelgan hollarda ijroga qabul qilinadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin