Toshkent moliya instituti


Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari, mavzuning dolzarbligi va ularga tasnif



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə2/17
tarix23.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#128385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirli

Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari, mavzuning dolzarbligi va ularga tasnif
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma‘lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o’z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo’yilgan talablarni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o’tishi bilan o’zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me‘yorlarda ko’zda tutilgan, pul mablag’larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag’iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri - pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi. (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar). Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi. Chakana savdo va aholiga pullik hizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy hizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi va va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan 10 foizini tashkil etadi. Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi:
1. Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.
2. Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.
Banklar memorial orderlardan fuqarolarning, olib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan holda, yozma topshiriqnomalari bo’yicha naqd pulsiz pul mablag’larini o’tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.
Tijorat banklari o’z operatsion xarajatlarini naqd pulsiz tartibda amalga oshirayotganda memorial order tuziladi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo’natilganidan so’ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo’li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida to’g’rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomada ko’rsatib o’tilgan bo’lishi shart.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga asoslaniladi.
Bu tamoyillar kuyidagilardir:

  1. Har bir xo’jalik sub’ekti o’z pul mablag’larini banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o’zaro hisob-kitoblarini bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o’zlari tanlaydilar.

  2. Hisob-kitoblar to’lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig’iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag’i evaziga amalga oshiriladi. Korxona bank kreditidan foydalanish xuquqiga ega bo’lsa, to’lovlar bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.

  3. To’lovlar belgilangan to’lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.

  4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin.

  5. Tovar etkazib beruvchi korxona hisobvarag’iga pul mablag’lari mazkur mablag’larining mol sotib oluvchi korxona hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng o’tkazib beriladi.

  6. To’lovni kafolatlash maqsadida, etkazib berilishi lozim bo’lgan tovar yoki ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to’langandan so’nggina tovarlar jo’natiladi yoki xizmatlar ko’rsatiladi.

Hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarga amal qilinmas ekan, bu hisob-kitob munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida» 2020 yil 12 yanvar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi. «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom Fuqarolik kodeksi, «Markaziy bank to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida»gi Konunlari va Markaziy bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mulkchlik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanish sharoitlarida naqd pulsiz hisob-kitob qoidalari xo’jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash printsiplaridan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo’jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi.
Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:

  • To’lov topshiriqnomalari;

  • To’lov talabnomalari;

  • Akkreditivlar;

  • Inkasso topshiriqnomalari;

  • Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;

  • Plastik kartochkalar bo’yicha hisob-kitoblar.

To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag’larni mol sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning alohida shakllarining mazmuni, ular bo’yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko’rib chiqamiz.
O`zbekiston Respublikasi Fuqароliк Kodeksi, «O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida»gi, «Banklar va bank fаоliyati to`g`risida»gi, «O`zbekiston Respublikasida korxonalar to`g`risida»gi Qоnunlаri va O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me`yoriy hujjatlariga asosan ishlab chiqilgаn «O`zbekiston Respublikasida nаqd pulsiz hisob-kitoblar to`g`risida»gi Nizom O`zbekiston Respublikasi hududida nаqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soladi. U Respublikaning butun iqтisоdiy hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta`minlashga mo`ljаllаngаn.
Nizom хo`jаliк yurituvchi subyektlar tomonidan hisob-kitoblar shaklini tаnlаsh erkinligi va ularni shartnomalarda mustahkamlash, хo`jаliк yurituvchi subyektlarning shartnoma munosabatlariga bankning aralashmasligi tamoyillaridan kelib chiqаdi.
Bu Nizom O`zbekiston Respublikasining barcha yuridik va jismoniy shaxslariga – rezident va norezidentlarga (keyinchalik «mijozlar» deb ataladi) тааlluqlidir.
O`zbekiston Respublikasi banklari хo`jаliк yurituvchi subyektlar o`rtasidаgi nаqd pulsiz hisob-kitoblarni O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaziy bankning me`yoriy hujjatlarida belgilangan shakllarda tashkil qilаdi va amalga oshiradi.
Nаqd pulsiz hisob-kitoblarda Markaziy bank tomonidan o`rnаtilgаn pul hisob-kitob hujjatlarining shakllaridan foydalaniladi:
Тo`lоv тopshiriqnоmаsi (№0505411002);
Тo`lоv talabnomasi (№0505411001);
Akkreditivga ariza (№0505411009);
Inkasso tоpshiriqnоmаsi (№0505411013);
Tijorat bankining hisob-kitob cheki (№0505411005);
Memorial order (№0505411008);
(Ushbu hujjatlarning namunalari ilovada keltirilgan).
Mablag`larni to`lоvchi va oluvchi o`rtasidаgi hisob-kitoblar shakli imzolangan shartnoma (bitim)ga asosan belgilanadi.
Banklar mijozlar bilan hisob-kitoblarda va o`z operatsiyalarini o`tkazishdа memorial order va to`lоv tоpshiriqnоmаlаridаn foydalanishi mumkin.
Bank to`lоvchi bo`lgan hollarda memorial orderlar bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi bilan, boshqa hollarda esa – bosh buxgalter va ushbu bank hisob varag`ini yurituvchi buxgalterning imzosi bilan tasdiqlаnаdi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin