Bayon qilinganlardan ko‘riniib turibdiki, hisobning memorial-order shakli unchalik murakkab emas. Unda hisob ishlari buxgalteriya xodimlari o‘rtasida ularning malakasi va tajribasiga qarab taqsimlanishi oson.
Memorial -order buxgalteriya hisob shaklini quyidagi afzalliklari mavjud:
Hisob jarayonlarini qat’iy ketma-ketligi;
Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi;
Hisob texnikasini oddiyligi va tushunarligi;
Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini mavjudligi.
Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba’zi bir kamchiliklarga egadir:
Hisob ishlarini ko‘p mehnatlilig;
Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya’ni hisobni alohida yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi;
Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi
3.Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli
Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar, hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab drajasiga ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949 yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan o‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me’yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo‘ldi.
1960 yil 1 yanvardan qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi printsiplariga o‘zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo‘llanilib kelardi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal–order shakli boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini guruhlab jamlash printsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bo‘limlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini sintetik va analitik hisobi ta’minlanadi.
Hisobot oyidagi dastlabki xujjat ma’lumotlarini tizimlash va jamlash hisobga olinishi kerak bo‘lgan mablag‘ va xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo‘yicha aks ettirish imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlarni tuzish zaruriyati kolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal- order shaklida boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jurnal-order va yordamchi vedomostlarda aks ettirilib boriladi.
Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib borishga mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ba’zilarida bir turdagi xo‘jalik jarayonlarining ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi vedomostlardan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Oy davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa, jamlangan ma’lumotlar jurnal-order hisob registriga ko‘chiriladi. Yordamchi vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-orderga ma’lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik hisob registr sifatida ham foydalaniladi.
Yordamchi vedomostlar buxgalteriya hisob obyektlarini guruhlashda ham ahamiyatlidir. Masalan, muomala xarajatlarini (savdo korxonalarida), umum ishlab chiqarish xarajatlarini (ishlab chiqarish korxonalarida) guruhlash zaruriyatida ham yordamchi vedomostlardan foydalaniladi, ularda tegishli ma’lumotlar jamlanadi va oy ohirida jurnal-orderda aks ettiriladi. Boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini jurnal- orderlarda to‘g‘ri guruhlashni ta’minlash maqsadida schyotlar krediti bo‘yicha korrespondentsiyalari jurnal-order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini ko‘zda to‘tilgan holda maxsus qator ajratish orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Jurnal-order hisob registrlarida schyotlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: |