11. Ishlayotgan maxsus uskunalar va maxsus kiyimlar
Mutaxassis. ishlatilayotgan kiyimlar
Sintetik va analitik hisoblarning aylanma varaqlari:
Buxgalteriya hisobida ma’lumotlarni umumlashtirishning asosiy usuli - bu aylanma varaqalar. Ayirboshlash varag‘ida uchta teng juftlik jami bor:
1 juftlik - aktivlarning tengligi va qoldiq majburiyatlari tufayli dastlabki qoldiqlarning tengligi;
2 juftlik - aylanmalarning tengligi ikki marta kiritilishidan kelib chiqadi, ya'ni har bir summa hisobvaraqlarga ikki marta yoziladi;
3 juft - yakuniy qoldiqlarning tengligi dastlabki ikkita tenglik va balans aktivi va passivining tengligi bilan bog'liq.
Sintetik hisoblar aylanmasi amalda aylanma balansi deb ataladi, chunki unda deyarli barcha ko‘rsatkichlar mavjud.
Analitik hisoblar bo‘yicha aylanma varaqasi miqdoriy va umumiy shaklda yuritiladi va quyidagi shaklga ega:
№
Ism
Miqdor
Narx
Boshlang'ich balans
Ayirboshlash
Yakuniy balans
Miqdor
Jami
Miqdor
Jami
Miqdor
Jami
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Jami:
NS
NS
NS
NS
NS
Hisob va balans o‘rtasidagi bog‘liqlik:
Hisob va balans o‘rtasida yaqin munosabatlar mavjud. Balansning har bir moddasi bir nechta hisob ma’lumotlarini aks ettiruvchi alohida elementlardan tashqari, hisobga to‘g‘ri keladi.
Masalan, xomashyo va materiallar bir nechta hisoblar bo‘yicha qoldiqlarni o‘z ichiga oladi.
Naqd pul - bu 50, 51, 52, 55 schyotlarning qoldiqlarini umumlashtirilgani bo‘lishi mumkin.
Hisoblar xuddi shu tarzda aktiv va passivga bo‘linadi.
Aktivlar qoldiqlari va ularning shakllanish manbalari balansdagi bir xil satrdagi schyotlarda ko‘rsatiladi. Barcha aktiv schyotlar bo‘yicha qoldiqlar yig‘indisi balansning umumiy aktiviga, barcha passiv schyotlarda u qoldiq majburiyatining yig‘indisiga teng.
2.2. O‘zbekistonda tovar moddiy zaxiralarning hozirgi kundagi hisobi va nazorati Tovar-moddiy zaxiralarini tekshiruvdan o'tkazishning maqsadi - ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to'g'ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo'lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.
Bizga ma'lumki O'zbekiston Respublikasida Tovar-moddiy zaxiralarni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni baholash tartibi O'zbekiston Respublikasida «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son buxgalteriya hisobi milliy standartiga asosan olib boriladi. Mazkur hisob standartiga 2-son «Ishlab chiqarish zahiralari» nomli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti hamda tovar-moddiy zahiralar hisobiga doir xalqaro hisob hujjatlari ilmiy-amaliy asos bo'lib hisoblanadi.
Yuqorida nomlari keltirilgan buxgalteriya hisobining ikki milliy va xalqaro standartining bir-biri bilan o'ziga xos o'xshash va farq qiluvchi xususiyatlari mavjuddir. Ushbu ikki hisob standartini quyida keltirilgan xususiyalari orqali qiyosiy tahlil etish mumkin:
Birinchidan, Tovar-moddiy zahiralarining mohiyati va ularni baholash tartibi.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi va rivojlangan davlatlarda tovar-moddiy zahiralarni keltirish va tayyorlash bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish va haqiqiy tannarxini aniqlash xususiyatlari.
Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi va xalqaro buxgalteriya amaliyotida tovar-moddiy zahiralarni baholash xususiyatlari.
To'rtinchidan, tovar-moddiy zahiralar hisobini yuritish usullarining qo'llanilishi va ular holatini moliyaviy hisobotda aks ettirish xususiyatlari.
O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 4-son milliy standarti xalqaro amaliyotdagi 2-son xalqaro hisob standartidan farqli ravishda, unda tovar-moddiy zahiralar hisobini yuritish va ularni baholashning O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya tizimi, hisob siyosati xususiyatlari hamda milliy iqtisodiyotimizdagi korxonalar faoliyatining o'ziga xos va mos bo'lgan jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan.
Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zaxiralari» (4-son) standartiga ko'ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo'yicha baholanadi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va ularni manzilga yetkazib berish va tegishli holatga keltirish bilan bog'liq bo'lgan transport tayyorlov xarajatlarini o'z ichiga oladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig'imlarini, mahsulotni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta'minot, vositachi tashkilotlarga to'langan komission to'lovlarni, soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari savdo diskontlari ishlovlari va shunga o'xshash boshqa chegirmalar TMZni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi.
“Ishlab chiqarish zaxiralari” nomli №2-son buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 1976 yil 1 martdan boshlab kuchga kiritilgan. Ushbu standart moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholash va moliyaviy hisobotda haqiqiy tannarx sistemasi bo'yicha aks ettirish hamda moliyaviy hisobot tuzish asosida qo'llaniladi.
Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular tovar-moddiy zahiralar deb ataladi.
Tovar-moddiy zahiralar hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Tovar-moddiy zahiralar harakati bilan bog'liq o'zgarishlarni vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish.
2. Tovar-moddiy zahiralarni joylashda ularning to'g'ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish.
3. Moddiy-texnika ta'minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish.
4. Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarishga to'g'ri berilishi va ularni sarflash me'yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish.
5. Hisoblashda sarflangan tovar-moddiyzahiralarni kal`kulyatsiya ob'ektlari o'rtasida to'g'ri taqsimlash.
6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan tovar-moddiy zahiralarni aniqlash va sotish.
Korxonalarni moddiy zahiralar bilan ta'minlash va ularni saqlash bo'yicha vaziyat murakkab bo'lib qolmoqda. Bu nafaqat moddiy zahiralarning kamyob bo'lganligi, ma'lum darajada ular korxonada saqlanishi bilan ham bog'liqdir. Shu bois, ombor xo'jalishning holati va moddiy resurslar saqlanishini tekshirish auditorlik muolajalarining eng muhimlaridan biri hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan ombor xo'jaligining holati va moddiy resurslarning saqlanishi to'g'risida to'liq ma'lumot olib bo'lmaydi. Korxona faoliyatining ushbu bo'limini to'liq tekshiruvdan o'tkazish uchun auditor moddiy zahiralar saqlanadigan omborlar, xonalar, ustaxonalar va boshqa joylarni o'rganib chiqadi.
Tekshirish jarayonida moddiy zahiralar saqlanishini tashkil etishdagi kamchiliklar aniqlanadi (tibbiy, harorat, saqlanishda lozim bo'lgan havo namligi me'yorlari, boyliklarni taxlash me'yorlariga rioya qilinishi, ularda yorliqlar, ma'lumotlar va boshqalar mavjudligi), yong'inlarni oldini olish vositalarning holati (mas'ul shaxslarga biriktirilishi, kerakli asboblar bilan ta'minlanganligi, yong'indan muhofaza qilish vositalari va boshqalar); omborlar texnikaviy uskunalar va kerakli bo'lgan asboblar bilan ta'minlanganligi va ular to'g'ri ishlatilayotganligi.
Tekshirish jarayonida moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bilan bog'liq bo'lgan xodimlarlarga moddiy javobgarlik mas'uliyati yuklatilganligini tekshirishga alohida o'rin ajratiladi. Moddiy javobgar shaxslar o'z xizmat vazifalarini bajarishni boshlashdan oldin moddiy zahiralarni qabul qilish hamda saqlanayotgan joylarda ular hisobini yuritish qoidalarini o'rganib chiqishlari kerakligini ko'zda tutish lozim. Moddiy zahiralar saqlanishini ta'minlash bo'yicha muhim shartlardan quyidagilar hisoblanadi: xodimlarning majburiyatlari va huquqlari, ularning ish vaqti, zahiralarni qabul qilish va berish tartibi, ularni hujjatli rasmiylashtirilishi, omborlarda miqdoriy hisobni yuritilishi, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari, belgilangan andozalar yoki mansab yo'riqnomalari ishlab chiqilishi va moddiy javobgar shaxslarga taqdim etilishi. Ushbu savollar tanishib chiqish jarayonida o'rganilishi lozim.
Moddiy zahiralar saqlanayotgan joylar bilan tanishib chiqishda, moddiy javobgar xodimlardagi hujjatlar bo'yicha moddiy zahiralar qabul qilinishi va berilishida ular o'z vaqtida rasmiylashtirilishi va ombordagi hisob daftari yoki varaqalariga o'z vaqtida tegishli yozuvlar kiritilganligi tekshiriladi. Omborlarda hisobot vaqtida buxgalteriyaga topshirilmagan hujjatlar mavjudligi hamda ombor bo'yicha hisob yuritish hujjatlari omborda materiallar va tayyor mahsulotlar ortiqcha mavjudligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ular bir necha xil usullar bilan tashkil etilishi mumkin: xom ashyo va materiallarni og'irligi, yog'lik miqdori, semizligi, namligi bo'yicha almashtirish va navini pasaytirish hisobiga; tayyor mahsulotlarni xaridorlarga berishda kam tortish, hisobda aldash, noto'g'ri o'lchash hisobiga; ularni tashishda yoki omborlarda saqlashda nobud bo'lgan deb asossiz dalolatnomalarni rasmiylashtirish hisobiga.
Odatda moddiy zahiralarning hisobga olinmagan ortiqcha miqdorlari hisobga olinganlardan alohida saqlanadi yoki oldindan tayyorlangan tokchalarga, alohida omborlarga va boshqa joylarga berkitib qo'yiladi, shuning uchun ularni aniqlash unchalik qiyinchiliklar tug'dirmaydi. Tanishib chiqish jarayonida hisobga olinmagan materiallar, tayyor mahsulotlar va boshqa zahiralarni aniqlash uchun ombor bo'yicha hisob ma'lumotlaridan foydalanish mumkin. Agar hisobga olinmagan ortiqcha zahiralar tashkil etilsa, ombordagi hisobda ma'lum bir davrda ma'lum bir turdagi zahiralar bo'yicha chiqim kirimdan ortiq bo'ladi, va, shunday qilib, tegishli zahiralarning hisobga olinmagan ortiqcha miqdori yig'ilib boriladi. Ushbu ortiqcha chiqim zahiralarning shunga o'xshash nomlari va navlarining keyingi olinishi va kirim qilinishi hisobiga qoplanadi. Bunday ortiqcha miqdorlar, odatda, zahiralarning amaldagi mavjudligini aniqlash uchun o'tkaziladigan inventarlashdan oldin, zahiralarning keyingi olinishi yoki tovarsiz hujjatlar yozilishi hisobiga olib qo'yiladi.
Moddiy zahiralar talon-toroj qilinishining oldini olish bo'yicha asosiy omillaridan biri korxonada nazorat-ruxsatnoma tizimi yetarli darajada tashkil etilganligiga bog'liqdir. Ruxsatnomalarni ro'yxatga olish, yuklarni avtomobil tarozlarida o'lchash daftarlari, ko'riqchi-nazoratchilar va militsiya idoralari xodimlarining korxona xududidan tegishli ravishda rasmiylashtirilmasdan olib chiqilgan moddiy zahiralar to'grisidagi xabarlari, aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan buyruqlar (farmoyishlar) tekshiruv manbalari bo'lib hisoblanadi. Tekshiruv oxirida tekshiruvchilarning o'zlari moddiy zahiralar kelib tushishi va tayyor mahsulotlarning chiqarilishi yuzasidan nazoratli tekshiruv o'tkazishlari, materiallar va tayyor mahsulotlarning ayrim turlari bo'yicha nazoratli inventarlash o'tkazishlari mumkin.
Ombor xo'jaligining holati va moddiy zahiralar saqlanishining ta'minlanishi bilan tanishish keyingi hujjatli tekshiruv bilan birgalikda moddiy zahiralarning saqlanishi to'g'risida asosli xulosalar chiqarish va xatolarni oldini olish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Korxonalarda mol-mulkning saqlanishini ta'minlash uchun moddiy javobgarligi bo'lgan lavozimlarga xodimlarni to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Ushbu lavozimlarga maxsus tayyorgarchilikka ega bo'lmagan va avval talon-torojlik va suiiste'molchiliklar uchun ishdan bo'shatilgan shaxslarni tayinlash mumkin emas. Shuning uchun, xodimning shaxsiy jildida mavjud bo'lgan hujjatlarni (mehnat daftarchalari, ma'lumoti to'g'risidagi hujjatlar, buyruqlardan ko'chirmalar) taftish qilishda moddiy javobgar shaxslarni tanlash bo'yicha yuqorida qayd etilgan talablarga rioya qilinishi tekshiriladi. Avval suiiste'molchiliklari uchun sudlangan shaxslarda, albatta, zahiralar bo'yicha inventarlash o'tkazilishi va ularga topshirilgan moddiy zahiralar harakati bo'yicha hujjatlar yoppasiga tekshirilishi lozim.
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi muvaffaqiyatli ijro etilishi u moddiy zahiralar bilan qay darajada ta'minlanganligiga bog'liqdir. Shuning uchun tekshiruv jarayonida ishlab chiqarish dasturi moddiy zahiralar bilan o'zaro bog'langanligiga e'tibor qaratiladi. Shu maqsadlarda moddiy zahiralarga bo'lgan ehtiyojlar bo'yicha hisob-kitoblar o'rganib chiqiladi. Bunda, materiallarga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash bo'yicha hisob-kitoblar xom asheqasosiy va yordamchi materiallarning sarf-xarajatlari amaldagi me'yorlarga muvofiq, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda tuzilganligi, ishlab chiqarish zahiralari esa belgilangan me'yorlarga muvofiq hisoblanganligi va tayyor mahsulotni to'xtovsiz ishlab chiqarish imkoniyatini berishligi tekshiriladi.
Agar tekshiruv dasturi bilan tovar zahiralarini chuqurroq tahlil qilish rejalashtirilgan bo'lsa, iqtisodiy tahlil uslubini qo'llash yo'li bilan moddiy zahiralar bilan ta'minlanganligiga va ulardan foydalanishga baho beriladi. Bunda istiqboldagi zahiralarni aniqlashga alohida e'tibor qaratiladi. Tezkor va xizmat yuzqsidan qo'llaniladigan ma'lumotlar auditorlik muolajalar jarayonida o'rganish ob'ekti bo'lib hisoblanadi.
Tezkor hisobda (odatda kelib tushgan yuklarni ro'yxatga olish daftari) har bir mol yetkazib beruvchi bo'yicha moddiy zahiralar turi va yetkazib berish muddatlari to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Avvalambor, tekshirilayotgan korxonada ushbu hisob qanday amalga oshirilayotganligi ya'ni, har bir mol yetkazib beruvchi bo'yicha shartnoma (kontrakt)larda materiallar turi va yetkazib berish muddatlari ko'rsatilganligi va haqiqatda yetkazib berilgan materiallar turlari bo'yicha va yetkazib berish muddatlari ko'rsatilganligi o'rganib chiqiladi. Buxgalteriya hisobida aks etilgan ma'lumotlarni solishtirish yo'li bilan tezkor hisobda keltirilgan ma'lumotlar ishonchliligini aniqlash muhim ahamiyatga egadir.
Shartnomada keltirilgan majburiyatlarni bajarilishi to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjudligi shartnoma (kontrakt) shartlarini buzgan mol yetkazib beruvchilarni aniqlash imkoniyatini beradi. Agar bunday kamchiliklar sodir etilgan bo'lsa, shartnomaviy intizomni buzganlarga nisbatan jarima yoki boshqa da'volar qo'llanilganligi va ular korxonaga ushbu jarimalar summasini to'langanligi aniqlanadi. Taqdim etilgan jarima va da'volarni qoniktirishga e'tiroz bildirilsa, da'vo qilish muddatlari o'tib ketganligi yoki da'vo hujjatlari xo'jalik sudlari orqali noto'g'ri va to'lixqsiz rasmiylashtirilganligi bilan bog'liqligi va bunga aybdor bo'lgan shaxslar aniqlanadi. Bunday ma'lumotlarni "Da'volar bo'yicha olinadigan hisobvarahlar" guruhiga oid buxgalteriya hisobi registrlari va ushbu registrlarda aks etilishiga asos bo'lgan hujjatlar hamda takdim etilgan da'volar bo'yicha xizmatga oid o'zaro xat yozishmalar materiallaridan olish mumkin. Moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligini tekshirish uchun ma'lumot manbalari bo'lib boyliklar mavjudligi va harakati to'g'risida ma'lumot to'planadigan hisobvaraqlarning ("Material-larni tayyorlash va sotib olish", "Materiallar qiymatidagi farqlar", "Materiallar hisobi bo'yicha hisobvaraqlar" va boshqalar) sintetik va tahliliy registrlari, dastlabki hujjatlar ilova qilingan moddiy javoogar shaxslar hisobotlari, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi bo'yicha sintetik va tahliliy hisob registrlari va boshqalar hisoblanadi.
Sotib olinadigan moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligi va to'g'ri baholanganligini tekshiruvi boshlanganda, avvalambor, moddiy zahiralar hisobi qaydnomalarida aks etilgan yakuniy summalar boshkqa hisob registrlari (jurnal-orderlar, mashinogram-malar) ma'lumotlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Shuning bilan bir qatorda, balans hisobvaraqlari bo'yicha sintetik va tahliliy hisobdagi yozuvlar uning bo'limlaridagi yozuvlarga mos kelishini tekshirish lozim.
Farqlar bo'lgan holda uning sabablari aniqlanadi. Bubuxgalterlar tomonidan o'z xizmat vazifalarini bajarishga beparvolik bilan qarash oqibatidan kelib chiqishi mumkin, bir qator holatlarda esa, bu boyliklarni to'liq kirim qilinmaslik natijasidir. Operatsiyalar hisobi chiziqli-pozitsiya usuli bilan olib boriladigan "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar to'lanadigan hisobvaraqlar" hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalar tekshiruviga alohida e'tibor berish lozim. Hisobvaraqning debetida mol yetkazib beruvchiga berilgan moddiy zahiralari bo'yicha qarzlar qoplanishi, kreditida esa ularning kelib tushishi (kirim hilinishi) aks etiladi. Oyning ohirida, odatda, ushbu hisobvaraqda debet qoldig'i bo'lmasligi kerak. Moddiy zahiralar olinishi uchun berilgan bo'naklar, qo'yilgan akkreditivlar, berilgan va aktsept qilingan veksellarga oid har biqsumma bo'yicha alohida moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligi, ayrim bo'naklar, akkreditivlar, veksellar bo'yicha mol yetkazib berish muddatlari o'tib ketmaganligi, materiallarni yetkazib berish muddatlari o'tib ketish sabablari aniqlanadi.
Moddiy zahiralarni kirim qilish uchun asosiy hujjatlar bo'lib moddiy-javobgar shaxslar hisobotlariga ilova qilingan, mol yetkazib beruvchilar tomonidan materiallarga ilova qilingan hujjatlar hisoblanadi, bular: tovar-transport yuk xatlari, hisobvaraq-fakturalar, spetsifikatsiyalar, qadoqlash yorliqlari, sifat guvohnomalari, kabul qilish hujjatlari, chiptalar hamda yukdan, uning qadoqlanganidan va yetkazib berish usulidan kelib chiqadigan boshqa hujjatlar. Kelib tushgan boyliklarni rasmiylashtirish uchun ichki hujjatlar bo'lib yuk oluvchining tamg'asi bosilgan mol yetkazib beruvchilarning ilova qilgan hujjatlari, qabul qilish dalolatnomalari, kirim qilish yuk xatlari va yukni qabul qilish bo'yicha belgilangan tartibdan kelib chiqadigan boshqa hujjatlar bo'lishi mumkin.
Moddiy zahiralarni to'liq kirim qilinishini tekshiruvi vaqtida ichki hujjatlar mol yetkazib beruvchining ilova qilgan hujjatlari bilan solishtiriladi. Tekshiruvchilar yetkazib berilgan moddiy zahiralarning miqdori va sifati bo'yicha aniqlangan farqlar yuzasidan dalolatnomalar to'g'ri tuzilganligini va mol yetkazib beruvchilar yoki temir yo'l (transport korxona)larga da'volar o'z vaqtida taqdim etilganligini o'rganib chiqadilar.
Bunga o'xshash farqlar asosan moddiy boyliklarni o'zlashtirish maqsadida moddiy zahiralar kamomadi yoki navlari almashganligini berkitish uchun soxta dalolatnomalarni rasmiylashtirish bilan bog'liqdir. Moddiy zahiralarni kirim qilishda yoki ularning iste'mol sifatlarida (navlari, rusumlari, artikullari, o'lchamlari, namligi va boshqalarda) mol yetkazib beruvchilar yuborgan hujjatlarida ham soxtaliklar uchrashi mumkin. Shu bois, boyliklarni kirim qilish bo'yicha hujjatlarni tekshirishni nihoyatda diqqat bilan amalga oshirish va hujjatlarni ekspert sifatida baholashni yaxshi bilish lozim.
Shubhali hujjatlarni moddiy javobgar xodimlar hisobotidagi yozuvlar bilan solishtirish kerak, hisobvaraqlar to'g'ri korrespondentlanganligi va shubhali hujjatlar asosida kirim qilingan boyliklar bo'yicha buxgalteriya hisobi registrlaridagi (jamlovchi qaydnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar) yozuvlari to'g'ri amalga oshirilganligini tekshirish lozim. Zaruriyat bo'lsa, moddiy zahiralarni yetkazib bergan mol yetkazib beruvchilarda saqlanayotgan hujjatlar bilan muqobil tekshiruvi amalga oshiriladi.
Moddiy zahiralarni to'g'ri baholash, avvalambor, ularning tahliliy va sintetik hisobi qanday tashkil etilganligi va yo'lga ko'yilganligiga bog'liq. Shuning uchun tekshirishda hisob tegishli hisobvaraqlar bo'yicha (xom ashyo va materiallar, sotib olinadigan yarim tayyor materiallar va jihozlash buyumlari, konstruktsiyalar va detallar, yonilg'i va boshqa bir xil turdagi guruhlar) 1000-sonli "Materiallar hisobi bo'yicha hisobvaraqlar" hisobvaraqlari guruhida va moddiy zahiralarning iste'mol qilish belgilaridan kelib chiqib har bir nomlanishi bo'yicha olib borilishi tekshiriladi. Undan keyin, moddiy boyliklarga ularning iste'mol qilish belgilaridan kelib chiqqan holda nomenklatura raqamlari qo'yilishi va ular ombordagi hisob bo'yicha dastlabki hujjatlarda aks etilishi tekshiriladi.
Umumiy tekshiruvdan keyin hisobda moddiy zahiralarning sotib olish qiymati va ularning sotib olish bo'yicha transport xarajatlari aks etilgan dastlabki hujjatlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirishga kirishiladi.
Agar kompaniya zahiralarni hisobga olish usulidan foydalansa, unda ishlab chiqarish xarajatlari to'g'risidagi axborot tovarlar va xizmatlarning sotib olinishi va ishlab chiqarish jarayonida ishlatilishiga qarab materiallar schyotlarida aks ettirib boriladi. materiallar schyotlarining sal`dosi uzluksiz ravishda aniqlab boriladi. Shuning uchun, bu schyotlarning qoldiqlarini xohlagan vaqtda bilish mumkin bo'ladi. Materiallarning olinishi «Materiallar zahiralari" schyotining debetida aks ettiriladi. Foydalanilgan Materiallarning qiymati, ishlab chiqarish ishchilariga to'langan ish haqi va umumzavod ustama xarajatlari "Tugallanmagan ishlab chiqarish" schyotida aks ettiriladi. Tayyorlangan buyumlarning tannarxi "Tayyor mahsulot zahiralari" schyotining debetida aks ettiriladi.
Moddiy ishlab chiqarish zahiralari korxona aktivlarining anchagina qismini o'z ichiga oladi. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish zahiralarining baholanishi va taqdim etilishi korxona moliyaviy holatini va u bajargan ish natijalarini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarishning ustama xarajatlari materiallar va ishchi kuchi kabi to'g'ri xarajatlardan farqli o'laroq ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan tashkil topadi. Bilvosita materiallar va ishchi kuchi, amortizatsiya, bino va jihozlarni ta'mirlash, korxonaning boshqarish bo'yicha xarajatlar misol bo'la oladi.
Ishlab chiqarishning ustama xarajatlari moddiy ishlab chiqarish qiymatliklarning joyini o'zgarishi bilan bog'liq ma'lum qismini tahlil qilishni talab qiladi. Bunda qiymatliklarning haqiqiy tannarxini aniqlashda ularning harakati bilan bog'liq xarajatlarni qo'shib qo'yishni hisobga oladi.
Ishlab chiqarish jarayoni davomida amalga oshirilgan muayyan va o'zgaruvchan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari harakati bilan bog'liq xarajatlari ham kiradi. Bunday tajriba bir vaqtning o'zida buyumlarning joylashgan joyi va bundan keyingi harakatiga taalluqligi haqidagi fikrlarga asoslangan bo'ladi. Muayyan ishlab chiqarishning ustama xarajatlariga ularning harakati bilan bog'liq xarajatlar kiradi. Muayyan ishlab chiqarish ustama xarajatlari ba'zan jami yoki qisman xarajati bilan bog'liq xarajatlaridan chiqarib tashlanadi, bunga ularning joylashtirilgan joyiga zahiralarning ko'chirilishi bo'yicha chiqimlariga bevosita taalluqli emasligi asos bo'ladi.
Ishlab chiqarish darajasining pasayishi yoki korxona turg'unligi davri davomida odatda muayyan ishlab chiqarish ustama xarajatlarning harakati bilan bog'liq xarajatlarni cheklaydi, bunda ularni ishlab chiqarish quvvati sifatiga ketgan chiqimlarga yuklatiladi. Ishlab chiqarish quvvatining sifati turlicha talqin etiladi, masalan, bir qancha hisobot davri orqali erishilishi lozim bo'lgan mahsulot kabi yoki eng ko'p darajada imkoniyatga ega bo'lgan mahsulot kabi. Bunday talqin oldindan aniqlanadi, asta-sekinlik bilan qo'llanadi va vaqtinchalik sharoitlar uchun o'zgarmaydi.
Xarajatlar so'mmasi: materiallar, ishchi kuchi, buyumlarni ular joylashgan joyga olib kelinishiga taalluqli bo'lmagan boshqa xarajatlar harakati bilan bog'liq xarajatlardan chiqarib tashlanadi.
Moliyaviy hisobotda ishlab chiqarish zahiralarini aks ettirish tartibi. Moliyaviy hisobotdagi qiymatliklarni turkumlash iste'molchilarga turli kategoriyalarga mansub summalar va hisobot davridagi o'zgarishlar hajmi haqida axborot beri ishga imkon tug'diradi. Materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, tovarlar ishlab chiqarishga yetkazib berish kabi turkumlanadi.
Balansda moddiy ishlab chiqarish qiymatliklari alohida moddaga kiritiladi. Ba'zi moddalar ayrim hollarda umumlashma tarzida ko'rsatiladi, masalan, «Moddiy ishlab chiqarish qiymatliklari», «Ishlab chiqarishdan tashqari yetkazib berish», «Tadqiqot va rivojlanish uchun yetkazib berish» nomlari bilan.
Hisobot davridagi foyda va zararlar sotilgan yoki foydalanilgan qiymatliklar qiymatiga qo'shish va sof sotish qiymati bo'yicha hisobot davridagi har qanday hisobga olingan summa qo'shib yuborilishi lozim (agar aktivlarning boshqa hisoblariga taalluqli bo'lmasa).Moddiy ishlab chiqarish qiymatliklari balans va moliyaviy hisobot ilovalarida shunday turkumlanishi kerakki, ular korxona faoliyatining ma'lum turiga muvofiq aks ettirilgan va har bir qiymatlik turi bo'yicha so'mmalar ko'rsatilishi lozim.
Moddiy ishlab chiqarish buyumlarini baholash uchun qabul qilingan hisob yechimlari, bahoning foydalaniladigan usullari bilan birgalikda hisobotda aks ettirilishi lozim. qiymatliklarga taalluqli hisob siyosatidagi joriy davrda, moddiy samaraga ega va keyingi hisobot davrlarida shunday samara berishi mumkin bo'lgan o'zgarish uni vujudga keltirgan sabablar bilan birgalikda aks ettirilishi lozim. Agar ular muhim bo'lsa, o'zgarish samarasi aks ettirilishi va miqdorda baholanishi lozim.