II. AMALIY QISM
2.1.Byudjet tashkilotlarida ichki audit tekshiruv jarayonida dalillar bilan ishlash, ularni yig’ish
Audit maqsadlari tegishli audit jarayonlarida qo'lga kiritilishi ko'zda tutilgan audit dalillari orqali ifodalanadi va shu sababli audit ish jarayonlarining maqsadini belgilanadi. Har bir audit jarayoni audit maqsadiga ega. Aksincha, audit maqsadlariga bog'liq bo'lmagan audit jarayonlari biror foydali maqsadga hizmat qilmaydi, ya'ni agar IAMNB audit jarayonini audit maqsadlariga bog'lab bera olmasa, u holda jarayon maqsadi savol ostida qoladi.
Masalan, ishdan ketganlar auditining audit maqsadi bu, barcha ishdan ketganlarning ish xaqi bayonnomasidan o'chirilgani haqida audit dalilini qo'lga kiritishdir va audit jarayoni mehnat resurslari qaydidan ishdan ketganlar bir nechta nushalarini tanlab, ular ish xaqi bayonnomasidan o'chirilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlash hisoblanadi.
IAMNB xar bir audit maqsadiga erishish uchun yetarli va mos audit dalillarni taqdim etishi kerak.
Yetarlilik - audit dalillarining miqdoriy o'lchamini ifodalaydi. Kerakli audit dalillarning miqdori auditorning xatolar yoki nomutanosibliklar xavflarini baxolash (baxolangan xavflar qancha yuqori bo'lsa, shuncha ko'p audit dalillar kerak bo'ladi) va audit dalillarining sifatiga (dalillarning sifati qancha yuqori bo'lsa, shuncha kam miqdorda dalillar talab etilishi mumkin) bog'liq. Audit dalillarining ko'p bo'lishi, ularning sifati xam yuqoriligini ta'minlamaydi.
Muvofiqlik - audit dalillarining sifati o'lchamini ifodalaydi; ya'ni auditor natijalari asoslangan xulosalarni asoslashda dalillarning bir-biriga mosligi va ishonchliligini ifodalaydi. Dalillarning ishonchliligiga uning manbasi va tabiatiga ta'sir qiladi va u dalil olingan individual sharoitga bog'liq.
Audit jarayonlarini rajalashtirayotganda, IAMNB belgilangan audit usulidan qo'lga kiritilishi kutilayotgan audit dalillarining ahamiyatini hisobga oladi. Bu sub'ektiv tushuncha bo'lib, audit dalillari odatda kuchli (kuchliroq) yoki kuchsiz (kuchsizroq) kabi tasniflanadi. Ba'zi audit usullari odatda, kuchliroq bo'lgan audit dalillarini taqdim etadi; ba'zilari esa kuchsizroq dalillarni beradi; ba'zi usullar ba'zi audit maqsadlari bo'yicha kuchli dalil taqdim etsa boshqa audit maqsadlari yuzasidan kuchsiz bo'lgan dalillarni keltirishi mumkin.
Masalan, moddiy aktivlar tekshiruvi aktiv mavjudligi haqida kuchli dalil taqdim etadi, lekin aktivlar bosh tashkilotga tegishli ekani yoki to'g'ri baholangani haqida kuchsiz dalil taqdim etadi; hujjatlar tekshiruvi hisob-kitob qaydlari to'g'riligi haqida kuchli dalillar beradi, biroq qaydlar to'liqligi haqida kuchsiz dalil bilan ta'minlaydi.
Masalan, quyidagi usullar ushbu bosqichda qo'lga kiritilgan ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va hujjatlashtirish uchun qo'llanilishi mumkin:
Ma'lumot to'plash uchun bir qator savollardan tarkib topgan «Mijozlar faoliyatini tushinish» jadvali kabi so'rovnomalar.
Mijoz doirasida jarayon va amaliyotlarni tushinishga yordam berishi uchun ishlatiladigan blok-sxemalar.
IAQning keyingi bandida izohlanganidek, ichki nazoratni baholash so'rovnomalari.
Mijoz doirasida jarayon va amaliyotlarni tushinishga yordam berishi uchun ishlatiladigan o'tish testlari.
Sinchiklab tekshirilishi, aks holda audit tekshiruvining xususiyati va ko'lamiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan holatlarni aniqlash uchun moliyaviy va operatsion ma'lumotlarni turli to'plamlarini qiyoslashni o'z ichiga oluvchi oldindan tahliliy ko'rib chiqish amaliyotlari.
Ma'lumotlarni tahlil qilish.
Jismoniy tekshiruv.
Dostları ilə paylaş: |