Toshkent moliya instituti



Yüklə 125,71 Kb.
səhifə1/11
tarix24.02.2023
ölçüsü125,71 Kb.
#123604
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bhn 50 Jumanova F BTIA Kurs ishi tek


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI


BYUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT” FANIDAN
KURS ISHI




Tayyorladi:

BHN-50 guruhi talabasi
Jumanova Farangiz




Ilmiy rahbar:

Katta o’qituvchi Achilov U.

RO‘YXATGA OLINDI
___________________'>____” _______2023 y.
__________________







Kurs ishi himoya qilingan sana
____” _______2023 y.


Baho “_____” _________

___________


___________


___________



Komissiya a’zolari:


_________________________


_________________________


_________________________
MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARI ICHKI AUDIT TEKSHIRUV JARAYONIDA MA’LUMOTLARNI YIG’ISH, UMUMLASHTIRISH, TAHLIL QILISH

TOSHKENT – 2023


Mavzu: Byudjet tashkilotlari ichki audit tekshiruv jarayonida ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, tahlil qilish




R E J A:

bet










KIRISH

3










I

NAZARIY QISM

5

1.1

Byudjet tashkilotlarida ichki audit nazoratining o’rni va ahamiyati

5

1.2

O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlarida ichki audit tekshiruv jarayoning me’yoriy huquqiy asoslari

11










II

AMALIY QISM

18

2.1

Byudjet tashkilotlarida ichki audit tekshiruv jarayonida dalillar bilan ishlash, ularni yig’ish

18

2.2

Byudjet tashkilotlarida ichki audit tekshiruv jarayonida ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish metodlari

22













XULOSA

29













FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

31






K I R I SH
Iqtisodiyot jadallik bilan o‘zgarib borayotgan bu davrda kundan-kunga rivojlanayotgan texnologiyalar bilan ishlash, tartibga soluvchi talablar va tekshiruvlarni kuchaytirish, operatsion va innovatsion muhitda o‘zgarishlarga moslashish uchun tezkor bo‘lish va o‘z ustida tinimsiz ishlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018 yildagi PQ-3946 sonli “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorga asosan mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi1.
Ichki audit o‘tkazishning samarali tizimini ishlab chiqish jamiyatdagi mavjud qonunlar asosida amalga oshiriladi. Tashkilotni boshqaruvchi xodimlari va ichki auditorlar ichki nazorat tizimining samaradorligini kuzatish va baholashda qaror qabul qiladilar. Ichki audit xizmatini tuzilishidan qat’iy nazar har qanday turdagi korxona va tashkilotga qo‘llash mumkin. Faqat byudjet tashkilotlarida ichki audit o‘z faoliyat usullarini o‘zgartirishni taqozo qiladi va samarali ichki nazoratni tashkil etish uchun o‘z oldiga bir nechta talablarni qo‘yadi.
Avvalo byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini samarali tashkil etish uchun uning maqsadini aniq belgilab olishimiz lozim. Byudjet tashkilotlarida ichki auditni samarali tashkil etish uchun quyidagi maqsadlarni belgilab olishimiz mumkin:
- risklarni kamaytirishda minimal qiymatni ta’minlash;
- tashkilotning samaradorligini oshirish;
- tashkilot aktivlarini ishlatilishini va zararlardan himoya qilinishini ta’minlash;
- ichki va tashqi moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini ta’minlash;
- davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish;
- byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash;
- qonun va qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash. Ushbu maqsadlardan ichki auditning vazifalari shakllanadi. Vazifalarning aniqligi, to‘g‘ri yo‘nalishda ishlab chiqilganligi va bugungi kundagi talablarga javob berishi ishning samaradorligini oshirishning asosiy shartlaridan biridir. Ichki audit funksiyasi boshqaruvni operatsiyalar, hisobot va muvofiqlik bo‘yicha ichki nazoratni takomillashtirishga yordam beradi. Ko‘pgina izlanishlar va moliyaviy hisobotlarni ichki nazorat o‘rtasidagi munosabatni o‘rganib chiqsada, operatsiyalar va muvofiqlikni nazorat qilish borasida juda kam narsa ma’lum.


Yüklə 125,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin