Toshkent moliya instituti


Yuqori risk ko’rsatkichlari



Yüklə 125,71 Kb.
səhifə8/11
tarix24.02.2023
ölçüsü125,71 Kb.
#123604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bhn 50 Jumanova F BTIA Kurs ishi tek

Yuqori risk ko’rsatkichlari

Riskni baholash
1 (quyi)-5 (yuqori)

Тasdiqlash/ Аsoaiy risklar

Nazorat muhiti

Tashkilot rahbariyati ichki nazoratga bo‘lgan talabni yaxshi tushunmaydilar yoki ichki nazoratni tegishli standartlarga binoan qo‘llamaganlar yoki amalga oshirmaganlar.
Tashkilot rahbariyati tomonidan barcha xodimlar uchun yo‘riqnoma ishlab chiqilgan, ammo yo‘riqnomada vazifalar to‘liq belgilanmagan, qayta ishlab chiqishga muhtoj. Ichki audit xizmati samarali tashkil qilinmagan.

4

Tasdiqlandi.
Asosiy risklar mavjud. Risklarni bartaraf etish darajasi past.

Muhimlilik

Tashkilot muhim moliyaviy ahamiyatga (salmoqli byudjetga) ega.
Tashkilotning muhim moddiy aktivlari mavjud.
Tashkilotning muhim moliyaviy aktiv va passivlari mavjud.

3

Tasdiqlandi.
Asosiy risklar deyarli pastrok. To‘liq bartaraf etish mumkin.

Tashkilot faoliyati

Tashkilot xodimlari soni ko‘p.
Tashkilotning moliyaviy operatsiyalari hajmi katta.
Tashkilotning talabalari soni ko‘p.
Tashkilotning moliyaviy operatsiyalari soni va miqdori katta.

4

Tasdiqlandi.
Asosiy risklar mavjud.

Kadrlar siyosati

Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi yaxshi belgilanmagan.
Xodimlar vazifalari muvofiq ravishda taqsimlanmagan.
Xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha rejalar to‘g‘ri tuzilgan.
Xodimlar o‘z vazifalarini yaxshi tushunadilar. Lekin istisno holatlar uchraydi.
Xodimlar ish haqlari ularning faoliyatiga mos.
Xodimlar ish faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi kuzatiladi.

5

Tasdiqlandi.
Asosiy risklar mavjud. To‘liq bartaraf etish qiyin.

Rejalashtirish bosqichi yakuangandan so‘ng, keyingi bosqichga o‘tiladi. Bu bosqich tashkilot faoliyati haqida axborot beruvchi barcha turdagi moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan ma’lumotlardan tashkil topadi. Tekshiruv o‘tkaziladigan joylarda ma’lumotlar yig‘ish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



  • dastlabki yig‘ilishni o‘tkazish;

  • audit tekshiruvi dasturini ishlab chiqilishini yakunlash va tegishli audit ish hujjalarini tayyorlash;

  • olingan audit ma’lumotlarini tahlil qilish va baholash;

  • dastlabki natijalar va tavsiyalarni qayd qilish;

  • so‘nggi yig‘ilishni o‘tkazish.

Dastlabki yig‘ilishda barcha vazifalar va ularning ketma-ketligi belgilab olinadi. 2-bosqich asosan dalillarni to‘plash hisoblanadi. Bu haqida ichki audit xalqaro standartlarining - 2310 – “Ma’lumotlarni aniqlash” bo‘limida: “Ichki auditorlar berilgan vazifaning maqsadlariga erishish uchun yetarli, ishonchli, tegishli hamda foydali bo‘lgan ma’lumotni aniqlashi kerak” deb aytib o‘tilgan.
Auditorlik dalillar bir nechta turlarga bo‘linadi: jismoniy dalillar, hujjat dalillari, guvohlik beruvchi dalillar, tahliliy dalillar va hokazolar. Tahliliy dalillar quyidagi rasmda aks etgan munosabatlarga e’tibor qaratadigan tahliliy tekshirish usulini qo‘llashni ifodalaydi.


Yüklə 125,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin