Germaniyada auditorlik faoliyati «Auditorlarning professional ustavi to’grisidagi qonun»ga (24.07.1961 y) muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq, auditor deb, mazkur kasbni jamoatchilik oldida oshkora bajara oladigan va tegishli imtihonni topshirish orqali o’zining shaxsiy va professional layoqatini tasdiqlagan shaxs tan olinadi.
Auditor professional faoliyatining mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirish; soliq masalalari bo’yicha konsalting xizmati ko’rsatish; ishlab chiqarishni boshqa-rish sohasida ekspert sifatida ishlashi va vasiylik faoliyatidan iborat.
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish bilan bog’liq savollar majmui puxta ishlab chiqilgan. Malaka imtihonlarini o’tkazish uchun Federal erlar oliy ma’muriyatining vakillaridan rais tayinlanadi. Barcha komissiya a’zolari tomonidan e’tiroz bildirilmasa, da’vogarlarni imtihonga qo’yish haqida rais tomonidan qaror qabul qilinadi.
Auditorlik faoliyatini professional boshqarish uchun Auditorlar Palatasi tashkil etilgan. Auditorlar faoliyatini nazorat qilish Palata va sud organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Frantsiyada auditorlik faoliyati 12 avgust 1969 yilda qabul qilingan dekret va 24 yanvar 1994 yildagi hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu yo’nalishdagi asosiy ishlar professional tashkilot – schetlar bo’yicha komissarlarning milliy kompaniyasi tomonidan bajariladi.
Kompaniyaning asosiy maqsadi – auditorlarning o’z pro-fessional faoliyatini amalga oshirishlari ustidan nazorat o’rnatish, a’zolarining obro’-e’tiborini va mustaqilligini himoya qilishdan iborat. Kompaniya auditorlarni ikki darajada birlashtiradi. Mintaqaviy darajada professionallik faoliyatini tashkil etish va tartibga solish bilan mintaqaviy kompaniyalar shug’ullanadilar. Ular auditorlarni ro’yxatga oladigan mintaqaviy komissiyalar va mintaqaviy sud-intizom Palatalari bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Milliy darajada esa, Kompaniya Ro’yxatga olish bo’yicha Milliy Komissiya va Milliy intizom Palatasi bilan hamkorlik qiladi.
Bizning mamlakatimizdan ancha oldin bozor iqtisodiyo-tiga o’tib boshlagan Xitoyda esa 1982 yillarda auditorlik ma’muriyati yaratilgan. Bundan tashqari auditni rivojlantirish dasturi asosida Xitoy 180 mln. dollar olgan va o’zlash-tirgan 33. Bu borada professor Saidkarim Qodirxonov fikriga qo’shilish mumkin: «Xitoyda 1983 yildagi auditorlik ma’muriyatiga asos solingan vaqtdan boshlab mahalliy va markaziy darajada 3000 dan ortiq davlat auditorlik tashkilotlari yaratilgan. Ularda 30000 ga yaqin xizmatchilar band. Davlat muassasalari tarmoqlari va korxonalari chegarasida 10000 dan ortiq ichki auditorlik xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar tashkil qilingan. Xitoyda buxgalterlikka ixtisoslanayotgan 70 dan ortiq firmalar mavjud. U erda auditorlik tezlik bilan takomillashtirilmoqda» 34.
Xorijda mustaqil auditorlar yakka holda faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Ammo ular ko’p hollarda firmalar va tashkilotlarga birlashib (bu samaraliroq bo’lganligi uchun), ular har xil nomlanadi. Masalan, xalqaro amaliyotda va zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda diplomli buxgalterlar firmalari (Angliyada CA firms) yoki diplomli jamoatchi buxgalterlarning firmalari (AQShda CPA firms) va boshqalar to’g’risida ma’lumotlar uchraydi.
Јarb mamlakatlarida o’n minglab auditorlik firmalari (faqat AQShning o’zida qirq besh mingdan ko’p 6.19) faoliyat ko’rsatadilar. Bular xilma-xil bo’lib, bir kishidan yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar 90-95%). Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va xalqaro audit amaliyotida hal qiluvchi rol o’ynaydigan, yirik auditorlik firmalari ham mavjud. Јarbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan auditorlik xizmati bozorida hukm-ronlik o’rnatilishi va o’tgan XX asrda kapitalning baynalminallashishi ham auditorlik firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi transmilliy auditorlik korporatsiyalari, monopolistlar vu-judga keldi va kuchli mavqega ega bo’ldilar (asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin). Bunga misol «katta sakkizlik» bo’-lib, u keyinchalik tegishli o’zgarish (transformatsiya)lardan so’ng, avval «oltilik»ka aylangan va 1998 yildan boshlab esa «katta beshlik» deb atalmoqda. Ko’plab mamlakatlarning obro’li professional va ishchan nashrlari vaqti-vaqti bilan etakchi auditorlik-konsul-tatsion firmalarning (milliy hamda transmilliy) ro’yxatini e’lon qilib turadilar. Ushbu ro’yxatlarning ko’pchiligi ularning faoliyati to’g’risidagi har xil statistik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi.
Bunday nashrlar ko’p hollarda ularning mualliflariga auditorlik-konsultatsion firmalarni ma’lum ko’rsatkichlar bo’yicha tabaqalashtirishga imkon beradi. Ko’pincha auditorlik firmalarini bunday tabaqalashtirish yillik daromad hajmi yoki auditorlar soni va h.k. bo’yicha amalga oshiriladi. Hozirda etakchi auditorlik-konsultatsion firmalarga aylangan, transmilliy korporatsiyalar bo’yicha, bunday ro’yxat-larda, odatda, ular faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlar soni ham ko’rsatiladi. Albatta, ushbu ko’rsatkichlar ko’pincha nafa-qat statikani, balki shunga o’xshash reyting ko’rsatkichlarida keltiriladigan dinamikani ham tavsiflaydi.
Shunday qilib, auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy firmalarning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik firmalari ichida eng yiriklari quyidagilar:
«Prais Uoterxaus Kupers (Price Waterhous Coopers) – Angliya-Amerika
«Deloit va Tush» (Deloitte and Touch) – Amerika–Yaponiya
Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro’ qozongan monopo-listlar bo’lib, sanab o’tilgan to’rtta firma jamlangan holda – xalqaro auditorlik-konsultatsion biznesning tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan firmalarning har biri turli mamlakatlarda ko’plab ofislarga ega bo’lib, ularning barchasi qasamyod qilgan buxgalterlar institutining a’zosi hisobla-nadi. «Katta beshlik» yirik mijozlarning taxminan 90% iga xizmat ko’rsatadi. Bu firmalar yirik xalqaro loyihalarni bajarish imkoniga ega bo’lib, deyarli barcha turdagi konsultatsiya-auditorlik xizmatlarini ko’rsatadi. Agar o’z xodimlari etishmasa, boshqa firmalardan zarur mutaxassislari, shu jumladan bunday loyihalarni bajarishda ishtirok etish uchun iqtisodiy-huquqiy xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo’lgan tadbirkorlar yoki, u yoki bu mamlakatning hokimiyat xodimlari ham jalb qilinadi.
Ammo ular ham Јarb mamlakatlarida butun auditorlik bozorini qamrab ololmaydi. Bunday yirik, jahon auditorlik faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydigan va transmilliy korporatsiyalar hisoblangan firmalardan tashqari, deyarli hamma mamlakatlarda o’rta firmalar, hamda auditdan ajralib chiqqan autsayderlar mavjud. Bunday uncha katta bo’lmagan auditorlik firmalari davlat tomonidan qo’llab-quvvatlansa ular yaxshi faoliyat ko’rsatadilar.