auditni yakunlash bosqichida aniqlangan chalkashliklar va xato-kamchiliklarning buxgalteriya hisoboti ko’rsatkich-lari ishonch-liligiga ta’sirini baholashda.
Auditor tomonidan belgilab qo’yilgan ayrim kamchiliklar o’z-o’zidan muhim tavsifga ega bo’lmasligi mumkin. Aniqlangan kamchiliklar to’plami, hamda taxmin qilinayot-ganlari bilan birga qo’shib olingan belgilab qo’yilganlari esa muhim bo’lishi mumkin. (butun ma’lumotlar to’plami uchun xatolarni tanlab tekshirish oqibatida belgilab qo’yil-gan kamchiliklar tarqalib ketishi natijasida)
Auditorlik faoliyatida kuzatiladigan bir necha holat-larni ko’rib chiqamiz:
1. Auditor tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining barcha muhim jihatlari ishonchliligi haqida, agar bir vaqtning o’zida quyidagilar ta’minlansa, xulosa qilishga haqli-dir:
audit jarayonida belgilab qo’yilgan tafovutlar va taxmin qilinayotgan chalkashliklar summalarining yig’indisi muhimlik darajasidan ancha kam bo’lsa;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishdagi tegishli me’yoriy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlari auditorning professional fikriga ko’ra muhim hisoblanmaganda.
2. Agar quyidagi ikkita shartning bittasi bajarilganida auditor tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti muhim munosabatlarda ishonchli deb tan olinmasligi to’g’risida xulosa qilishi lozim:
audit o’tkazish jarayonida belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar summasi muhimlik darajasidan ancha ko’p bo’lganida;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritishi va moliyaviy hisobotni tuzishda tegishli me’yoriy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlari auditorning professional fikriga ko’ra muhim hisoblanganda.
3. O’zining professional fikr-mulohazalaridan foydalanib, auditor mazkur vaziyatda tekshirilayotgan moliyaviy hisobotda muhim xato – kamchiliklar mavjudligi to’g’risida xulosa qilish yoki qilmaslik haqida bir qarorga kelishi, yoxud agar quyidagi shartlardan bittasi bajarilsa, tegishli izohlarni auditorlik xulosasiga kiritish zarurligi haqida xulosa qilishi va mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi lozim:
audit o’tkazish chog’ida moliyaviy hisobotdagi belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar muhimlik darajasidan yuqori yoki past, ammo umumiy miqdori bo’yicha unga yaqin bo’lganda;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibida tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan tafovutlar mavjud bo’lib, ammo bu tafovutlar muhim hisoblanmasligi muqarrar bo’lganda.
Bunda vaziyatni aniqlashtirish maqsadida auditordan qo’-shimcha auditorlik amallarini bajarish talab qilinishi mumkin.
Auditor ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha mijoz-korxona rahbariyatiga tuzatish yozuv(provodka)larini taklif etishi mumkin. Agar audit jarayonida moliyaviy hisobotda belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar muhim bo’lsa, mijoz-korxona rahbariyati ularni tuzatishga rozi bo’lmasligi auditor uchun salbiy xulosa tuzishga asos bo’lishi mumkin.