Toshkent moliya instituti


Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk)



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə40/87
tarix12.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#126824
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
Audit Oquv qollanma I qism Dosmuratov R Fayziyev Sh Qoziyev

Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda muhim ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.
Ichki nazorat tizimini tekshirishning ahamiyati shundan iboratki, auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddatlari va qiymati aynan mana shunga bog’liq. Shu boisdan, ushbu masalani batafsilroq ko’rib chiqish zarur.
Mijoz-korxona ma’muriyati samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim: korxona mulklari va hujjatlarining saqlanishi; bosh-qaruv uchun ishonarli ma’lumot olish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; qonun hujjatlari talablari va hisob siyosatining qoidalariga rioya qilinishi.
Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi quyidagi qoidaga asoslaniladi: ichki nazorat tizimi uchun qilinadigan jami xarajatlar uning bo’shligi sababli mazkur davrda kutilayotgan zararlar miqdoridan oshmasligi lozim.
Ichki nazorat tizimini o’rganishda quyidagi 4 ta asosiy tamoyilga tayaniladi:
1. Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi uchun ma’muriyat javobgarligi;
2. Ichki nazorat tizimi to’liq bo’lmasayam moliyaviy hisobotning etarli darajadagi haqqoniyligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilishi.
3. Mavjud cheklashlar: agar ichki nazorat tizimi, uning ishlab chiqarish va amalda qo’llanish hususiyatlari hisobga olinmasa, uni samarali deb tan olish mumkin emas;
4. Axborotni ishlash uslubi: ichki nazorat tizimi axborotlar qo’lda ishlanganida ham, kompyuterda ishlanganida ham, samarali ishlov berishni ta’minlashi lozim.
Nazorat muhiti, hisob tizimi va nazorat amallari ichki nazorat tizimining muhim elementlari hisoblanadi. (Bular 3 bob 3.5-mavzuda batafsil bayon qilingan).

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin