Toshkent shahar uchtepa tumani 238-umumiy o‘rta ta’lim maktabining navbatdagi 1-sonli pedagogik kengash bayonnomasi


Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi



Yüklə 122,62 Kb.
səhifə11/13
tarix11.12.2022
ölçüsü122,62 Kb.
#120818
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Pedkengash 28.08.2021-y shablon 238 (2)

Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi:
1. 2021-2022–o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Muddat 29 avgust. Mas’ul O‘IBDO‘ D.M.Oymatova.
2. 2021-2022–o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja ma’qullansin hamda tuman XTB bilan kelishilgan holda Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasiga tasdiqlash uchun taqdim qilinsin. Muddat 29 avgust. Mas’ul O‘IBDO‘ D.M.Oymatova
3. O‘quv rejasini bajarilishi nazorati O‘IBDO‘ D.M.Oymatova zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibiga kiritilgan 3-masala yuzasidan maktabning MMIBDO‘ B.X.Amanova so‘zga chiqib Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyunda “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1 5-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi 509-son qarori va kiritilgan o‘zgarishlar bilan pedagogik kengash a’zolarini tanishtirdi.
-Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish hamda ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1 5-avgustdagi 666-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 33-son, 679-modda) 3-bandidagi va 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “2019/2020 o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari “2024/2025 o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ushbu Qaror asosida maktab o‘quvchilarining yagona maktab formasi bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratishimiz va o‘quvchilarning kiyinish madaniyatiga to‘liq amal qilishlarini nafaqat sinf rahbarlari, qolaversa barcha sinf rahbarlari talab qilishlari lozimligini aytdi.
Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi:
1. Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 18-iyundagi 509–sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Barcha sinf rahbarlariga o‘quvchilarining yagona maktab formasi bilan ta’minlanishi va ularning kiyinish madaniyatiga to‘liq amal qilishlarini nazorat qilish vazifasi topshirilsin.

Kun tartibiga kiritilgan 4-masala Xalq ta’limi tizimiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuritilayotgan o‘quv–pedagogik hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilishi munosabati bilan bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotgan hujjatlar sonini qisqartirish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagogik jamoasiga qulaylik yaratish hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 205–sonli buyruq bilan tanishtiriSh.


Ushbu masala bo‘yicha maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. R.Aliyeva so‘zga chiqdi va Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 205–sonli buyruqni o‘qib eshittirdi.
- Xalq ta’limi tizimiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuritilayotgan o‘quv-pedagogik hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilishi munosabati bilan bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotgan hujjatlar sonini qisqartirish hamda umumiy o‘rta ta’lim -muassasalari pedagogik jamoasiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida tasdiqlangan ushbu buyruq ilovasida Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 1-bob Umumiy qoidalar, 2-bob Maktabning pedagogik kengash bayonnomalari, 3-bob Buyruqlar, 4-bob Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari, 5-bob Shahodatnoma va sertifikatlarni hisobga olish hamda tarqatish daftari, 6-bob Sinf jurnallari, 7-bob O‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari, 8-bob Yakuniy qoidalardan iborat.

Yüklə 122,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin