Toshkent shahar uchtepa tumani 238-umumiy o‘rta ta’lim maktabining navbatdagi 1-sonli pedagogik kengash bayonnomasi


ESHITILDI Maktab direktori pedagogik kengash raisi S.T.Malikova



Yüklə 122,62 Kb.
səhifə2/13
tarix11.12.2022
ölçüsü122,62 Kb.
#120818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Pedkengash 28.08.2021-y shablon 238 (2)

ESHITILDI
Maktab direktori pedagogik kengash raisi S.T.Malikova so‘zga chiqib, pedagogik jamoani kun tartibi bilan tanishtirdi va kun tartibidagi 1-masala 2021-2022 – o‘quv yili hisoboti (tanqidiy-tahliliy ma’lumot) va yangi 2022-2023– o‘quv yili maqsad va vazifalari (“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida maktab yillik rejasining tasdiqlanishi) haqida bayon qildi.
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Ana shu haqiqatni xalqimiz har tomonnlama to‘g‘ri tushunib, tanlagan taraqqiyot yo‘limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo‘llab-quvvatlayotgani oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbai va garovi ekanini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat`iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q.
238-maktab binosi 1969-yilda qurilgan bo‘lib, loyiha quvvatiga ko‘ra 960 o‘ringa mo‘ljallangan.2019-yil Maktab qayta to’liq rekonstursiya qilinib 2100 o’ringa mo’ljallangan zamonaviy maktab holiga keltirildi. Uchtepa tumani 21-mavze “Birlik” MFY joylashgan.
Sinflar soni 91 ta, ta’lim rus va o‘zbek tilida II navbatda olib boriladi.
2022-2023–o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140–sonli qarori ijrosi yuzasidan 1-sinfga 306 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, mikrohudud va mikrohududlardan tashqari 306 nafar maktab yoshidagi bolalar qabul qilindi.
“2017-2021 – yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq 2022-2023–o‘quv yilining maqsad va vazifalari maktabning 2022-2023–o‘quv yili rejasiga kiritilgan va ta’lim jarayonida belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra tashkiliy–pedagogik vazifalar, ta’lim–tarbiya sifatini ta’minlash bo‘yicha vazifalar, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘qituvchilarning darsga tayyorgarlik tizimini rivojlantirish borasidagi vazifalar, o‘quvchi–yoshlarni vatanparvarlik, faol fuqarolik tuyg‘usi, qonunlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash borasidagi vazifalar, moddiy–texnika bazani yanada rivojlantirish borasidagi vazifalar, xalq ta’limi boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro inttasviriy san’atmini mustahkamlash borasidagi vazifalar maktab ma’muriyati a’zolari hamda pedagog xodimlarga yuklatilgan.
Ta’lim maskanida ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda o‘quvchilarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratilmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda ta’lim sifatini ta’minlash, moddiy-texnika bazani mustahkamlash, sinf va fan xonalarini zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlashga erishish ishlari amalga oshirildi. Hamma o‘quv honalarida jihozlar (o‘quvchi partasi, stul, o‘qutuvchi stoli, stuli va sinf doskasi) bilan jihozlandi.
Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash borasida uzviylik, uzluksizlik hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlarini va darsliklarning yangi avlodini pedagoglarga va o‘quvchilarga yetkazilmoqda. Pedagoglar tomonidan dars jarayonida elektron darsliklar, virtual laboratoriya ishlari, ta’limga oid o‘yinlar, boshqa qo‘shimcha elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ta’lim berishning yangi zamonaviy usullari bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quvlar, seminarlar, konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish, videodarslar, internetdagi ta’lim portaliga metodik materiallar berib borish orqali pedagoglarni uslubiy jihatdan qurollantirish ishlari boshlab yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i ijrosini amalga oshirish maqsadida barcha fan Metodbirlashmalari “Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risida”gi Nizom asosida faoliyat yuritdilar. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan nazoratga olingan. Barcha fan Metodbirlashma yig‘ilishgali har oyning belgilangan sanasida o‘z muddatida o‘tkaziladi. O‘RQ, PQ, PF, VMQ, yuqori tashkilotlardan kelgan qarorlar, xat, buyruq bilan ishlash va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha har bir Metodbirlashma yig‘ilishlarida muhokama qilindi.
Ta’lim sifatini oshirishda ijobiy natija beradigan metodlar haqida amaliy mashg‘ulotlar Metodbirlashma a’zolari ishtirokida amalga oshirildi.
Har bir malaka oshirish kurslarida jalb qilingan pedagoglarning o‘quv kursi davomida o‘zlashtirgan yangiliklari va texnologiyalari yuzasidan axboroti tinglanadi, amaliyotga joriy qilish yuzasidan muhokamasi o‘tkaziladi
Metodbirlashma a’zolari tomonidan tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilgan ochiq darslar “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida erishilgan yutuq va yo‘l qoyilgan kamchiliklar to‘g‘risida tahlil etildi.
Metodbirlashma yig‘ilishlarida maktab ma’muriyati a’zolari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari muntazam ishtirok etishadi.
2022-2023–o‘quv yilida ham yutuqlarimiz davomiyligini ta’minlash va “Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz ” shiori ostida ta’lim samaradorligini oshirish yuzasidan maktab yillik rejasining tasdiqlanishi hamda ushbu o‘quv yilidagi maqsad va vazifalarimizni belgilab olishimiz zarur.
Maktab direktori S.T.Malikova pedagogik kengash a’zolariga maktab yillik rejasini o‘qib eshittirdi.

Yüklə 122,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin