29.08.2022-yil Toshkent shahri Pedagogik kengash raisi: S.T.Malikova Kotiba: G.Q.Shukurova Ishtirok etdi: 141 nafar pedagog xodimlar
KUN TARTIBI: “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti va yangi “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” 2022–2023–o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash:
-Rahbar va xodimlarning ish taqsimoti;
-Sinf rahbarlar tarkibini tasdiqlash;
-Mikrohudud bo‘yicha mas’ullarni belgilash:
-Metodbirlashma rahlarini tasdiqlash;
-Fan o‘qituvchilariga dars taqsimoti;
-Maxsus komissiya tarkibini tasdiqlash;
-Malaka oshirish istiqbol rejasini tasdiqlash;
-Brokeraj komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
-my.mehnat.uz, kundalik.com, attestat.uzedu.uz, xt.uzedu.uz, erp.maktab.uz, adm.maktab.uz, pka.tdi.uz veb–saytlariga alohida xodim biriktiriSh.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-yanvardagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari hamda davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida 2021-2022–o‘quv yili uchun namunaviy o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1 5-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida 2019-yil 18-iyundagi 509-sonli Qarori ijrosi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2021-yil 1-iyul sanasida “Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quv-pedagogik hujjatlar yuritilishini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi 205-sonli buyrug'i.
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 831-sonli qarori ijrosi yuzasidan Maxsus komissiya tarkibini tuzish (tanishtirish), xodimlarning rag'batlantirilganligi (ustama haq foizlarini e'lon qilish)
1-sing va 10-sinfga o‘quvchilarning qabul qilinishi.
Kam ta’minlangan oila farzandlari va yakka tartibda o‘qitish masalalari (asosli hujjatlarning mavjudligi, kitob va kiyim – kechak bilan ta’minlash) to‘g‘risida.
Maktab kutubxonasining o‘quv va badiiy kitoblar bilan ta’minlanganligi.