Yakunlovchi savol Mantiqiy
Nima deb o`ylaysiz ,nega o`simliklar olami kamayib bormoqda?
A.Inson ehtiyoji tufayli keyingi yillarda tabiiy maydonlar o`zlashtirilmoqda
B.Qizil kitobga kiritilgan o`simliklar haqida ma`lumot yetarli emas
C.Tirik organizmlarning asosiy ozuqaviy ehtiyoji o`simliklar hisoblanadi
D. Inson qadimdan o`z ehtiyojini yovvoyi o`simliklardan foydalanib kelgan,tabiiy O`qituvchi variant bu savolda hamma javob qisman to`g`ri,faqat umumiy javob borligi tushuntiriladi o`simlik zahiralari buzilishiga sabab bo`lgan,lekin ekologik muhit buzilmasdan,Qizil kitob tatbiq etilmasdan, aholi soni oshib bormasdan ilgaridanoq qadimgi ibtidoiy odamlar o`simlikldan foydalanishini ilkm davrlaridanoq o`simliklar olami soni keskin kamaygan.
Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi bugungi mavzu nomini doskaga yozadi yoki proyektor orqali ko`rsatib
O`quvchilar zamburug`lar dunyosi deganda ,ko`z oldimizda kundalik hayotimizda foydalanib kelinadigan qo`ziqorinlar keladi. Aslida qo`ziqorinlar dunyosi juda xilma xil bo`lib, keying ma`lumotlarga ko`ra ularning 120000 dan ortiq turi aniqlangan.
1-tajriba Buning uchun idishlarni biriga sovuq, ikkinchisiga iliq suv quyamiz.Oziq modda sifatida shakar , bir qoshiqdan achitqi zamburug`I solamiz.
Bu tajriba orqali zamburug`larga haroratning o`rni haqida bilib olamiz
2-tajriba Buning uchun idishlarni har ikkalasiga iliq suv quyamiz.Oziq modda sifatida shakar , bir qoshiqdan achitqi zamburug`I solamiz.Farqi birini yorug` joyga ,ikkinchisini qorong`u joyga qoyamiz
B u tajriba orqali zamburug`larga yorug`likning o`rni haqida bilib olamiz
.
Zamburug`lar plastidalari yo`q geterotrof organizmlar bo`lib,parazit va saprofit holda
hayot kechiradi.Suv o`tlaridan xlorofili yo`qligi,bakteriyalardan yadroga ega bo`lishi bilan farq qiladi.
Asosan quruqlikda ,ba`zan suvda yshaydi. Oziqlanishi jihatidan geterotrof organizmlar 1.Parazit holda oziqlanish 2.Saprofit holda oziqlanishZamburug`larda xlorofill donachasi bo`lmaganligi sababli,o`zi uchun ozuqa sintez qila olmaydi,shuning uchun ham tirik organizm hisobiga yashasa parazit,o`lik organizm hisobiga yashasa saprofitlar deyiladi.
Zamburug`lar olamini o`ganuvchi bo`lim mikologiya deb atali hozirda 5ta sinfga bo`lib o`rganiladi Zamburug`lar 5ta sinfga bo`lib o`rganiladi
1.Qadimgi zamburug`lar-Arximycetes
2.Suv o`tlariga o`xshash zamburug`-Phycomycetes
3.Xaltachali zamburug- Ascomycetes
4.Murakkab bazidial zamburug- Bazidiomycetes
3.Aniqlanmagan zamburug- Fungi imperfect
Hujayra devori 0,2 mkn,to`liq tashqi shakllanmagan va ichki tomoni g`adir budir qismi,80-90% polisaxariddan iborat Oqsil va lipid bilan bog`langan.Sitoplazmada ribosoma, mitoxondriy, goldji kompleksi,lizosoma, yadro mavjud.Yadrolari 20-30 tagacha bo`lib kattaligi 2-3 mkn
Y uksak zamburug`lar qalpoqch va oyoqchadan iborat bo`lib, tanasi gif deb ataladi. giflarning eni 1-1,5 mm, bo`yi esa bir necha metrgacha bo`lishi mumkin, ularning hujayra po`sti xitin moddasidan tuzilgan. Zamburug`larda qoplovchi, o`tkazuvchi to`qimalari bo`lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi to`qima, ba`zilarda sutli naylar bo`ladi. Chiqaruvchi to`qimada oshlovchi modda dubil hamda smolaga o`xshash modda chiqarilib turadi. Sutli naylarda zaxarli modda chiqarilib turadi.
Vegetativ ko`payish oddiy kurtaklanish va Xlamdosporalar yordamida bo`ladi.Ba`zi turlarida vegetativ ko`payishda kurtaklanib ko`payadi(achitqi zamburug`i)
Jinssiz ko`payish sporalar yoki zoosporalar yordamida hosil bo`ladi.Suvda yashovchi zamburug`lar zoospora tuzib,quruqlikda yashovchilari spora hosil qilib ko`payadi.Masalan: Shampion zamburug`I 2 sutkada 2 mlrd spora hosil qiladi.
Yong`oqning tanasida uchraydigan Po`kak parazit zamburug`ida bir yilda 10 mlrd spora tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |