Toshkent shahar


Kishilar bir-birlari bilan uchrashganlarida salomlashuv jarayonida qisqa qilib Salom



Yüklə 155,5 Kb.
səhifə10/10
tarix26.11.2023
ölçüsü155,5 Kb.
#135885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi

. Kishilar bir-birlari bilan uchrashganlarida salomlashuv jarayonida qisqa qilib Salom deyishlar kamaydi va uning o‘rnini Assalomu alayкит egalladi. Hol-ahvol so‘rashish jarayonida Alloh va tinga aloqador bo‘lgan so‘zlar bemalol ishlatiladigan bo‘ldi. O‘rtoq falonchiyev deyishlar kam eshitiladigan bo‘ldi. Muhtaram, hurmatli, birodar so‘zlari faollashdi. Bu holatlar yana asta-sekinlik bilan muloqot jarayonida sharqona urf-odatlarga qaytish istagining ustunlik qilayotganligidan dalolat beradi. Mana shu istakni amalga oshirish jarayonida ayrim er-xotinlar o‘rtasidagi bir-birlarining ismlarini aytib yoki ba’zi farzandlarning o‘z ota-onalarini ruslarga taqlid qilib, sensirab murojaat qilishlari yo‘qolib ketishidan umid qilish mumkin.
Qayerda nima haqda gaplashishni bilish ham nutq odobining eng zarur shartlaridan sanaladi. Masalan, to‘yda o‘limdan va azadan gapirish ma’qul bo‘lmaganidek, azada ham to‘yu tantanadan so‘zlash yoki kulib o‘tirish, bo‘lar-bo‘lmasga yonma-yon o‘tirganlarni gapga tortish ma’qul ish emas. Atrofdagilarning kayfiyatini, mavqei va yoshini hisobga olmasdan turib hazil qilish yoki latifa aytish ham (arosatli kishining ishi emas. Maqtov va xushomad ham hammaga yoqadi, ammo u nosamimiy bo‘lsa, hurmat sanalmaydi.

Xulosa
Suhbat jarayoni turli paytlarda, turli joylarda yuz berishi mumkin. Наr bir vaziyat o‘z odob qoidalariga ega. Ammo ularning barchasi uchun umumiy holat shuki, so‘zlashdan ko‘ra tinglashga ko‘proq ahamiyat berish lozim bo‘ladi. Yoshi kattalarning gapirishiga ko‘proq imkoniyat berish lozim. Suhbatdoshning gapini mumkin qadar ma’qullab turish, agar bildirayotgan fikrlari ma’qul bo‘lmasa, buni yotig‘i bilan tushuntirish, hech imkoni bo‘lmasa, suhbat mavzusini boshqa tomonga burish lozim topiladi.


Xullas, nutq odobi muloqot jarayonida nihoyatda zarur bo‘lib, u insonda an’anaviy urf-odatlarni o‘zlashtirish, ota-ona, ta’lim muassasalari, atrof-muhit, badiiy va ilmiy adabiyotlarni o‘qish davomida o‘zlashtiritib boriladi.
Harqalay, bugunga kelib nutq madaniyatiga bo‘lgan talab tubdan o‘zgardi. Chunki mustaqil O‘zbekiston kelajakda o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu yo‘lda adashmay borish uchun miliiy istiqiol g‘oyasini ishlab chiqdi. Ana shu milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda nutqiy ta’sirchanlik ham alohida mavqega ega. «O‘rnida ishlatilgan so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, bama’ni fikr har doim odamlarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Muloqot jarayonida fikrga, sog‘lom g‘oyaga ega bo‘lish masalaning bir jihati. Uning boshqa bir muhim jihati ana shu fikrlarni bayon eta olish qobiliyatidir». O‘zbek xalqi dunyoda o‘z ma’naviyati va madaniyati mavjud bo‘lgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy an’analari, odat va ko‘nikmalariga ega. Zero, ana shu ana’ana va odatlar har bir xalqning o‘zligini ko‘rsata oladigan belgilar sanaladi. Ona tilimizning bu ijtimoiy jihatlari tadqiqotchilarimizning ham e’tiborini tortgan. Ammo keyingi o‘n yillikda ushbu mavzuga bag‘ishlangan ikkita yirik tadqiqot – S. Mo‘minov va Sh. Iskandarovalarning monografik ishlari maydonga keldiki, biz mazkur mavzuni yoritishda bevosita ana shu kuzatishlar natijalariga asoslanamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:





  1. Karimov I.A. «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», T., 1998-yil. 

  2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr busag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O’zbekiston.1997-yil. 

  3. Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang’ich ta’lim, «Sharq» 1999-yil, 7-maxsus son. 

  4. Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. – Toshkent: O’qituvchi. 1985-yil. 

  5. Yangi tahrirdagi DTS - 2005-yil. Boshlang’ich ta’lim jo’rnali, 5-son. 

  6. Sh.Rahmatullayev, A.Xojiyev. O'zbek tilining imlo lug'ati, 1995-yil 

  7. Y.Abdullayev. Hamrohim Toshkent. 1996-yil. 

  8. Abdullaeva K va boshqalar. Savod o'rgatish darslari.T.,«O'qituvchi».1996 -yil. 

  9. Abdullaeva Q. Raxmonbekova S. 2-sinfda. O'qish darslari. (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. O'qituvchi, 2004-yil. 

  10. Abdullaeva Q. va boshqalar. O'qish kitobi. 2-sinf Toshkent. O'zbekiston, 2003-yil. 

  11. G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdieva G. «Alifbe»-(«Savod»); «Ona tili», T., «O'qituvchi», 1999- yil. 

  12. G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. Sharq. 2003 -yil. 

  13. Shojalilov A. va boshqalar.«O'qish kitobi»,«O'qituvchi», 2004-yil. 

  14. Umarova M. «O'qish kitobi» 3- sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003- yil. 

  15. Umarova M. 3-sinfda O'qish darslari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent «Ijod dunyosi» 2003-yil. 

  16. Shojalilov A. va boshqalar. «O'qish kitobi», «O'qituvchi», 2004-yil. 

  17. Qosimova K., Fuzailov S. «Ona tili», 2-sinf uchun, T., «O'qituvchi», 2003- yil. 

  18. Fuzalov S., Xudoyberganova M. «Ona tili» 3-sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003 -yil. 

  19. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T., «O'qituvchi», 2003- yil. 

  20. 2-sinfda o'qitish. Tuzuvchi Mavlonova R.A.T., «O'qituvchi», 1977- yil. 

  21. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T., «O'qituvchi», 1993 -yil. 

  22. Ma'qulova B. va boshqalar. Boshlang'ich sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari. T., «O'qituvchi», 1996- yil. 

  23. Mirzaev I. Dars tahlili. T., «O'qituvchi», 1985- yil. 

  24. Oripov K., Obidova M. Ifodali o'qish. T., «O'qituvchi», 1982- yil. 

  25. To'rt yillik boshlang'ich sinflar dasturi. T., «O'qituvchi», 1999- yil. 

  26. Umarova M, Xudoyberganov M. Bayonlar to'plami.T."O'qituvchi",1992-yil. 

  27. Qosimova K. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodiicasi. T., O'qituvchi, 1985- yil. 

  28. Qosimova K., Ubaydullaeva.2-sinfda ona tili darslari.T. "O'qituvchi", 1987- yil. 

  29. G'ulomov M. Husnixat metodikasi. T., "O'qituvchi", 1976 -yil. 

30. Elektron ta’lim resurslari


1. www.ziyonet.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.tdpu.uz



Yüklə 155,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin