diniy qadriyatlar (iymon, e’tiqod, vijdon. Savob).
SHu bilan birga, qadriyatlarning milliy va umuminsoniy turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan. Milliy qadriyatlar ma’lurn bir millat, xalq va elatlarning o’z tarixiy taraqqiyotida yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari yig’indisidan iboratdir.
To’garak ishlari, yig’in va majlislar, suxbat va ma’ruzalar munozara va siyosiy o’qish – axborot kabi ish shakllaridan xaftaning o’rta kunlarida foydalanish ayni muddaodir. Taqvim rejada an’ana bo’lib qolgan ishlarga keng o’rin beriladi. Odatda esa ularning xamisha bir xilda o’taverishi xollariga duch kelamiz. Bu tadbirlar shu darajada ommalashib ketganki, ular ko’pincha bolalarda xafsalasizlik kayfiyatini uyg’otadi va qiziqishlarni sovitadi. Masalan, «Mustaqillik kuni» bayram qilinishi, «Bilimlar kuni» o’tkazilishi bularning barchasi tantanali, badiiy va ommaviy qismdan tashkil topadi. Ammo bu ishlarni uyushtirish shakli bir xilligi tufayli xam uning ta’siri kam bo’lib qoladi va ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. SHuning uchun sinf rahbari, aytaylik, armiya kuni uchun o’tadigan ishlarni xar yili yangi mazmunda uyushtirsa va yildan, yilga o’zgartirib borsa, u xolda o’quvchilarning faolligi ortadi, ulardan tashabbus ko’rsatish, manfaatdorlik o’sadi. Masalan, aytaylik, birinchi yili «Vatan ximoyachilar kuni»ga atab bayram kechasi, ikkinchi yili «Motamsaro ona» xaykaliga gulchambar qo’yish, keyingi yili otish, mo’ljalga olish, to’siqni yongish bo’yicha musobaqa uyushtirish rejaga kiritilsa va o’tkazilsa bu mazmuniy jixatidan rang-barang bo’ladi. Bu ishlarga tayyorgarlik davrida armiyamiz tarixiga oid badiiy va ommabop kinofilmlarni tomosha qilish va muxokama etish, mo’yqalam ixlosmandlari tanlovini e’lon qilish kabilar xam rejadan o’rin olish kerak. Agar xar yili ana shu ishlardan biri tanlanib taqvim rejaga kiritilsa, natija yaxshi bo’ladi. Sinf rahbarining rejasidagi sinfning faoliyatiga oid ishlar bir necha parallel sinf qatnashuvida kuchlarning birlashtirib o’tkazilishi vaqtni va kuchni tejaydi. Sinf rahbari tanlaydigan sinf faoliyati ma’lum bir aniq maqsadga bo’ysindirilsa, samarali bo’ladi. Masalan, «Kamolot» tashkilotining tashkil topishi sinf rahbarining yangi a’zolarining yetakchilik, tashkilotchilik imkoniyatini ta’minlashga, umumjamoa tashkilotida yoshlarning biror ishni bajarish va boshqalarga erishishni uyushtirishga xamda ularni sinfning an’analarini yaratishga g’amxo’rlik qilish maxoratiga bog’liq. Rejada ana shu maqsadga xizmat etadigan aniq ish shakllari aks ettirilishi zarur.