Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 53,01 Kb.
səhifə4/14
tarix09.02.2022
ölçüsü53,01 Kb.
#114294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Dilya 2

Sh.M.Mirziyoyev

Mavzuning dolzarbligi: Musiqa tarbiyasida ritmik harakatlarn haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqadagi ridmik haakatlani ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma'naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san'atsevar xalqimiz hayotida musiqa san'ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz. Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo`lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san'atning, xususan, musiqa san'atining tutgan o`rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo`lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin:

a.) Musiqa — o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi,



b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,

d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma'naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita. Musiqaning ana shu o`tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san'at vositasida yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta'lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo`lgan 4 vazifalardan biridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat — yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta'sir ko`rsatmoqda”, - deb musiqa san'atining yosh avlodning ma'naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta'kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g` risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustivor deb e'lon qilinishi musiqa madaniyati, musiqiy pedagogika zimmasiga juda katta, ulug`vor vazifalarni yuklash bilan bir vaqtda zarur bo`lgan barcha imkoniyatlarni ham yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizga, ayniqsa ko`p asrlik milliy musiqiy merosimizga, uni o`rganishga va bu boradagi tadqiqotlarga hukumatimiz tomonidan juda katta e'tibor berildi. Porloq kelajak sari intilayotgan har bir xalq o`z tarixini, milliy an'analarini va madaniyatini e'zozlab, undagi boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozimligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bolalar ritmik harakatlar madaniyatini puxta egallashlari, ularning ichidan o`zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to`g`ri idrok eta olish malakasiga ega bo`lishlari ularning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasiga o`ta kuchli ta'sir ko`rsatuvchi vosita bo`lib xizmat qiladi. Turli san'at turlarini tahlil etib ko`radigan bo`lsak, musiqa san'ati boshqa san'at turlaridan o`ziga xos idrok etilishi bilan farq qiladi. Masalan, tasviriy san'at? haykaltaroshlik, arxitektura kabi san'at turlarida asar ko`rish vositasi bilan idrok etiladi. Shu tufayli unda asarning shaklini va mazmunini istalgan biron bir vaqt mobaynida ham bir butun holda, ham ayrim detallarga bo`lingan holda idrok etish mumkin. Musiqa san'atida esa asarni ko`z bilan ko`rib, idrok etib bo`lmaydi. Uni aniq bir vaqt mobaynida eshitish orqaligina idrok etish mumkin. Shuning uchun bizning ongimizda musiqa asarlari birdaniga bir butun holda gavdalanmay, balki asta-sekin asarning bo`laklari biri ikkinchisining ortidan kelib, xotiramiz yordamida belgilanib, ma'lum vaqt mobaynida yaxlit bir asarga aylanadi. Aynan shu xususiyat musiqa asarining idrok etilishini belgilaydi. Demak musiqa shakli boshqa san'at turlaridagi shakllardan o`zining idrok etilishi, ya'ni eshitish va vaqt bilan bog'liqligi jihatidan farq qiladi. U doim muayyan bir jarayondan iborat bo`lib, ko`pincha o`zgaruvchan intensivlikda rivojlanib boradi.


Yüklə 53,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin