‘’Amaliyotning o’zini ko’rmasdan va kimyoviy operatsiyalarni bajarmasdan turib,kimyoni o’rganishning iloji yo’q’’! (M.V.Lomonosov)
2.O’tilgan mavzuni so’rash: 5 daqiqa
Savol-javob uchun topshiriqlar:
Kalsiy va magniyning biologik ahamiyatini aytib bering.
Magniy va kalsiy tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi?
Nima uchun kalsiy oksid tabiatda uchramaydi?
So‘ndirilmagan ohak tarkibida 90 % kalsiy oksid bor bo‘lsa, 2 t 20 % li ohak suti olish uchun qancha so‘ndirilmagan ohak olish kerak?
Suvning qattiqligi - tarkibida Kalsiy (Ca)+ va Magniy (mg)+ ionlari boʻlgan suvning xossasi. Suvning qattiqligi 2 xil: nokarbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy sulfatlar erishidan kelib chiqadi; karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy bikarbonatlar erishidan hosil boʻladi.

Suvning umumiy qattiqligi shu qattikliklar yigʻindisiga teng. Umumiy qagtiklik 1 l suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligrammekvivalentlari yigindisi (mgekvGʻl) bilan oʻlchanadi.
3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa
Qattiq va yumshoq suv
Qattiqligi 1-1.5 mgekv/ litr bo'lgan suv o'ta yumshoq, 1.5-3 mgekv/l dan kam boʻlgan suv yumshoq, 3—6 mgekv/l boʻlgan suv oʻrtacha, 6-10 mgekv/l o'rtacha qattiq, 10 mgekv/l dan ortiq boʻlgan suv esa juda qattiq suv hisoblanadi.
Qattiq suv — tarkibida Ca2+ va Mg2+ ionlari ko‘p bo‘l- gan suv. Yumshoq suv — tarkibida Ca2+ va Mg2+ ionlari bo‘lmagan yoki juda kam bo‘lgan suv.