Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti “Fizika va kimyo” fakulteti “Kimyo” yo’nalishi


Ichki energiya ekstensiv xossa, yani U kattalik tizimdagi massa



Yüklə 348,81 Kb.
səhifə8/8
tarix31.12.2021
ölçüsü348,81 Kb.
#112688
1   2   3   4   5   6   7   8
Ichki energiya.

Ichki energiya ekstensiv xossa, yani U kattalik tizimdagi massa
miqdori m ga proportsionaldir. Solishtirma ichki energiya deb aytiladigan



kattalik modda massasi birligining ichki energiyasidan iborat





Entalpiya va ichki energiya
Kimyoviy reaksiyalar odatda o‘zgarmas bosimda (masalan, ochiq kolbada) yoki o‘zgarmas hajmida (masalan, avtoklavda) boradi. O‘zgarmas bosimda boradigan jarayonlar izobarik, o‘zgarmas hajmida boradigan jarayonlar izoxorik jarayon deyiladi. Izobarik jarayonda sarf kilingan issiqlik Q sistemaning ichki energiyasini ∆U ga qadar o‘zgartirish va tashqi kuch A ga qarshi ish bajarish uchun kyetadi:
Q=∆U+A yoki ∆U=Q-A

Tashqi kuchga qarshi ish sistema hajmini ∆ע ga o‘zgartirish uchun tashqi bosimga qarshi bajarilgan ishdir.

A=P(v2-v1)=P∆v
Demak, izobar jarayonning issiqlik efekti

p=∆u+P∆v ga teng


Agar ∆u+R∆v yig‘indini ∆N bilan ifodalasak.
p=H– H1=∆H kelib chiqadi
∆N ning qiymati entalpiya o‘zgarishi (issiq tutum) deyiladi . Shunday qilib, izobar jarayonda issiqlik effekti sistema entalpiyasining o‘zgarishiga teng. Izoxorik jarayonda sistemaning hajmi o‘zgarmaydi va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarilmaydi. Shuning uchun A=Q. U vaqtda;
Q=U– U1=∆U
Demak, kimyoviy reaksiya o‘zgarmas hajmida borsa, ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik Q sistema ichki energiyasining o‘zgarishiga teng bo‘ladi.
Ichki energiya. Texnikaviy termodinamikaning vazifalaridan kelib chiqib, modda mikrostrukturasi nuqtai nazaridan moddaning ichki energiyasi nimalardan iborat degan masalani ko‘rib chiqishning zaruriyati yo‘q. Hozirgi zamon fizikaviy dunyoqarashlarga ko‘ra moddaning ichki energiyasini shu modda molekulalarining (atomlar, ionlar, elektronlarning) kinetik va potentsial energiyalari yig‘indisidan iborat deb tasavvur etishimiz mumkin. Ichki energiya tushunchasini fanga 1850 yili V. Tomson kiritgan.

Moddaning ichki energiyasi quyidagiga teng: U=Ukin+Upot+Uo (4.1) bu yerda Ukin – molekulalarning ichki kinetik energiyasi; Upot – molekulalarning ichki potentsial energiyasi; Uo – nolp energiya yoki absolyut nol temperaturadagi ichki energiya. Ma’lumki T=0 da atom va molekulalarning issiqlik harakati to‘xtaydi, lekin atomlar ichidagi zarralarning harakati davom etadi. Ichki energiyaning absolyut qiymati kimyoviy termodinamikada, kimyoviy reaktsiyalarni hisoblashda muhim rolp o‘ynaydi. Termodinamikaning ko‘pchilik texnikaviy tadbiqlarida ichki energiya U ning absolyut qiymati emas, balki bu kattalikning turli termodinamikaviy jarayonlarda o‘zgarishi muhimdir. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, ichki energiya hisobini yuritishni ixtiyoriy tanlash mumkin. Masalan, ideal gazlar uchun t0=0S temperaturada ichki energiya nolga teng deb qabul qilingan.

Aytib o‘tilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, jism ichki energiyasining biror jarayonda o‘zgarishi jarayonning tavsifiga bog‘liq emas va oxirgi holati bilan bir qiymatda aniqlanadi. U1-2 = U2 –U1 (4.2) Ichki energiya ekstensiv xossa, yani U kattalik tizimdagi massa miqdori m ga proportsionaldir. Solishtirma ichki energiya deb aytiladigan kattalik modda massasi birligining ichki energiyasidan iborat.

Qisqa bo‘lish uchun, bundan keyin u kattalikni –solishtirma ichki energiyani –oddiygina ichki energiya deb, U kattalikni esa butun tizimning to‘la ichki energiyasi deb ataymiz. Yuqorida keltirilgan fikrlardan moddaning ichki energiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin: ichki energiya bevosita modda holatining funktsiyasidir:

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Nurmatov J. va boshqalar. Issiqlik texnikasi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.–T.: «O‘qituvchi», 1998,- 256 b.

  2. Arxiv.uz.

  3. Aim.uz.

  4. Ziyonet.uz.

Yüklə 348,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin