Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning predmeti



Yüklə 459,5 Kb.
səhifə4/16
tarix17.06.2022
ölçüsü459,5 Kb.
#117015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BMI TAYYOR Dildora (2)bbbb

Bitiruv malakaviy ishning predmeti. O‘zbekistonda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hujjatlar, siyosiy partiyalarning dasturlari, nizomlari, ularning maqsad vazifalari tashkiliy mafkuraviy tuzilishidagi dasturlari bilan bog‘liq qoidalar.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad. Insonlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan qarashlarini shakllantirish omillarini tahlil etish, bu jarayonda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etish, ular oldidagi turgan vazifalarni aniqlab berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari. Shu bilan bir qatorda ushbu bayon etilayotgan mavzu o‘zining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni belgilab oladi:

  • Insonlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan qarashlarini shakllantirish omillarini o’rganish va unda siyosiy partiyalar rolini tahlil etish;

  • Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi va ularning boshqa jamoat birlashmalaridan farqini ko‘rsatib berish;

  • Siyosiy partiyalarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalarini tahlil etish;

  • “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga binoan siyosiy partiyalarning markazda va joylarda ijro hokimiyati tizimini shakllantirishdagi imkoniyatlarini tahlil etish,

  • Xalq deputatlari viloyat tuman shahar Kengashlaridagi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qori Kengesidagi partiya guruhlarining faoliyat mexanzimlarini tahlil etish va siyosiy partiyalarning hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir masalalarni o‘rganish,

  • Siyosiy partiyalarning jamoatchilik funksiyasini o‘rganish va amaliyotdagi kamchiliklarini ko‘rib chiqishdan iborat.

Amaliy ahamiyati. Mazkur Bitiruv malakaviy ishi natijalaridan yurtimizda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan islohotlar negizini o’rganish, siyosiy partiyalarni tashkil etish asoslari ularning avvalgi va hozirgi faoliyatini o’rganish hamda ular tomonidan ilgari surilayotgan dasturlardagi mafkuralarni anglashda yordamchi manba bo’lib xizmat qiladi. Ushbu materiallarini Oliy ta’lim, o’rta maxsus va professional ta’lim, umumiy ta’lim ijtimoiy fanlari kesimida qo’shimcha manba sifatida, falsafa, sotsiologiya, ma’naviyat sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlarda foydalanilishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Mazkur BMI o`rganilishi jarayonida olingan ma’lumotlar asosida quyidagi maqola va tezislar nashr qilingan:

Yüklə 459,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin