Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 459,5 Kb.
səhifə3/16
tarix17.06.2022
ölçüsü459,5 Kb.
#117015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BMI TAYYOR Dildora (2)bbbb

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida siyosiy partiyalarga doir qator qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ularda siyosiy partiyalarni to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi va shu sohaga bevosita aloqador o‘nlab normativ-huquqiy hujjatlarda aksini topgan. Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan, siyosiy partiyalarning faoliyati borasida bir qancha huquqshunos, siyosatshunos olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Jumladan, o‘zbek olimlaridan I.R.Bekov1, D.Q.Axmedov2, E.X.Halilov3, S.A.Abbosxo‘jaev4, M.Qirg‘izboev5, O.T.Husanov6, xorijiy olimlar qatorida yu.A.Yudin7, V.V.Lapaeva8, M.Dyuverji9, S.E.Zaslavskiy10 va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Bu olimlar o‘z tadqiqodlarida siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berib, ularning turli qirralarini o‘rganganlar.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti. O‘zbekistonda ma’naviyat, ma’rifat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, shaxs ma’naviyatini shakllantirishning asosiy mezonlari, bu boradagi asosiy vazifalar, ushbu vazifalarning yechimida siyosiy partiyalarning tutgan o‘rni va ularni shakllantirishda ilgari surayotgan qarashlari, g’oyalar, ishlab chiqqan mafkuralari va ular oldidagi asosiy vazifalar tadqiqot ob’ektini tashkil etadi.

Yüklə 459,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin